106
To’rtinchi yo’nalish
– Respublikamizni xalqaro munosabatlarning teng
huquqli sub‘ekti sifatida ta‘riflovchi huquqiy normalar.
Beshinchi yo’nalish
– kishilarning konstitutsion
va yuridik huquqlarini,
ijtimoiy kafolatlarini va aholini ijtimoiy himoyalashni ta‘minlaydigan qonunlarni
ishlab chiqish.
Birinchi bosqichda kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini
boshqarish va uni mulkchilikning boshqa shakllariga
aylantirish uchun zarur
bo‘lgan muassasalar tizimi tuzildi.
Qishloq xo‘jaligida agrar islohot jarayonida bozor iqtisodiyoti talablariga mos
keladigan yangi xo‘jalik tizimi shakllandi va iqtisodiyotning davlatga qarashli
bo‘lmagan qismi keng rivojlandi.
Milliy xo‘jalik, tarmoqlar va hududlarni boshqarishning
eng maqbul va
mavjud sharoitlarga mos bo‘lgan tizimlari ishlab chiqildi. Narxlar to‘liq
erkinlashtirildi, bozor infratuzilmasining asosiy tarkibi shakllantirildi,
aholini
ijtimoiy himoyalash tizimi amalga oshirila boshlandi,
iqtisodiy va moliyaviy
barqarorlikka erishildi.
Ikkinchi bosqichda investitsiya faoliyatini kuchaytirish,
chuqur tarkibiy
o‘zgarishlarni amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o‘sishni ta‘minlab,
bozor munosabatlarini to‘liq joriy qilish maqsad qilib qo‘yildi. Shu maqsaddan
kelib chiqib bu bosqich uchun bir qator vazifalar belgilab olinadi
19
.
Dostları ilə paylaş: