Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

takrorlanib turishiga
yordam beradi. 
Ishlab chiqarish yangidan boshlanishi uchun yaratilgan tovarlar sotilib pulga 
aylanishi, unga esa kerakli iqtisodiy resurslar xarid qilinishi zarur. Bozor vositasida 
tovarni sotishdan tushgan mablag‘lar hisobiga, ishlab chiqaruvchilar resurslar sotib 


91 
olish yo‘li bilan sarflangan resurslari o‘rnini qoplaydigan va ishlab chiqarishni 
kengaytirish uchun kerakli resurslariga ega bo‘ladilar. Bozor orqali resurslarning 
erkin harakati ta‘minlanadi va ularning tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishi ro‘y 
beradi. Iste‘molchilar bozorda u yoki bu tovarga bo‘lgan talabini namoyon qiladi. 
Bozor bu talabni ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilarga 
uzatadi. Resurslar talab bildirilgan tarmoqlar va sohalar o‘rtasida taqsimlanib 
turadi. 
Bozorning iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va 
narxlar yordamida bajariladi.
Bozor orqali mahsulot ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar hisobga olinadi. 
Aynan bozor jamiyat sotib olish mumkin bo‘lgan mahsulot xarajatlarini aniqlaydi 
va u narxi bilan qoplangandagina ishlab chiqariladi. 
Bozor 
tovarlarga 
narx 
shakllantirish 
va 
ishlab 
chiqaruvchilarni 
tabaqalashtirish vazifasini ham bajaradi. 
Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo‘lganligi sababli uni turkumlashga har 
xil mezonlar asos qilib olinadi. Bular bozorning etuklik darajasi, sotiladigan va 
sotib olinadigan mahsulot turi, bozor sub‘ektlari xususiyatlari, uning ko‘lami, 
iqtisodiy aloqalar xarakteri va boshqalar. Bozor yetuklik darajasiga qarab 
rivojlanmagan klassik (erkin) va hozirgi zamon rivojlangan turlarga bo‘linadi. 
Rivojlanmagan, yoki shakllanayotgan bozor ko‘proq, tasodifiy xarakterga ega 
bo‘lib, unda barter ayriboshlash usuli ko‘proq qo‘llaniladi. Bozorning bu turi 
tarixan hali pul kelib chiqmagan davrga to‘g‘ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham 
ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo‘qotgan, bozor 
iqtisodiyotiga o‘tayotgan davrlarda ham bu turdagi bozor amal qilishi mumkin. 
Erkin bozorda tovar va xizmatlarning har bir turi bo‘yicha juda ko‘p ishlab 
chiqaruvchilar va iste‘molchilar, mavjud bo‘lib, ayriboshlash jarayonida ular 
o‘rtasida erkin raqobat kelib chiqadi, narxlar talab va taklif o‘rtasidagi nisbatga 
qarab erkin shakllanadi, raqobatning turli usullari qo‘llaniladi, aholi va ishlab 
chiqaruvchilar keskin tabaqalashadi. Hozirgi zamon rivojlangan bozori — bunda 
davlat ham bozor ishtirokchisi bo‘lib, u ancha tartiblashtiriladi va boshqariladi, 


92 
turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar rivojlangan 
bo‘ladi, raqobat kurashlari, aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning 
daromadlari darajasi o‘rtasidagi farqlar kamayadi. Bozor hududiy jihatdan 
mahalliy, milliy, mintaqaviy va nihoyat jahon bozoriga ajratiladi. 
Sotiladigan va sotib olinadigan obekt turiga ko‘ra bozorlar quyidagi turlarga 
bo‘linadi: iste‘mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va 
ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiy texnik 
kashfiyot va ishlanmalar bozori. 
Muomalaga chiqadigan sub‘ektlarning xususiyatiga ko‘ra ulgurji va chakana 
savdo to‘g‘risida gap yuritiladi. Chakana savdoda asosan sotib oluvchilar fuqarolar 
hisoblanadi. Tashkilot va muassasalar esa sotuvchi hisoblanadi. Ulgurji savdoda 
davlat tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xarid qilish alohida o‘rin tutadi. 
Bunda asosiy xaridor davlat, sotuvchilar esa fermerlar, shaxsiy, kooperativ va 
davlat xo‘jaliklaridir. 
Shuningdek, mulk shakli bo‘yicha davlat va kooperativ savdo, dehqon bozori 
ham farqlanadi. Davlat savdosini davlat, kooperativ savdoni kooperatsiyalar 
amalga oshiradi. Dehqon bozorida savdoni alohida fuqarolar, jamoa va fermer 
xo‘jaliklari hamda boshqa kooperativlar amalga oshiradi. 
Tovar va xizmatlar bozori bozorning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu 
bozorda xo‘jalik sub‘ektlarining barcha uchta turi: fuqarolar (uy xo‘jaliklari) davlat 
va korxonalar qatnashadi. 
Iste‘mol tovarlari va xizmatlari bozorining alohida turi intellektual tovarlar 
bozoridir. Bu bozorda aqliy mehnat mahsuli bo‘lgan tovarlar - ilmiy g‘oyalar, 
texnikaviy yangiliklar, san‘at va adabiyot asarlari, har xil axborotlar oldi-sotdi 
qilinadi. Intellektual bozor tarkibida ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni ayriboshlash 
katta o‘rin tutadi. U amalda patent, litsenziya va nou-xau sotishdan iborat bo‘lib, 
bu bozorda asosan innovatsiya firmalari ish ko‘radi. Mazkur firmalar yangiliklarni 
topish, bozorda sotish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi. 
Ishlab chiqarish vositalari (resurslar) bozorida mashina, asbob-uskuna, 
xomashyo, yoqilg‘i va materiallar kabi ishlab chiqarish vositalari yirik hajmda 


93 
ulgurji sotiladi. Resurslar bozoridagi tovarlar shaxsiy iste‘molga emas, ishlab 
chiqarish iste‘moliga xizmat qiladi, ya‘ni ishlab chiqarish talabini qondiradi. 
Ishlab chiqarish tarmoqlari bo‘yicha don, avtomobil, yoqilg‘i va shu kabi 
bozorlar farqlanadi.
Bozorning barcha sub‘ektlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar iste‘mol tovarlari 
va resurslar bozori orqali ancha to‘liq va yorqin namoyon bo‘ladi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin