Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

3.
 
Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki u iqtisodiy faollikni 
rag‘batlantiradi. Bunda har bir subekt tinimsiz harakatda va iqtisodiy faol 
bo‘lishini taqozo etadi. Raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda olishni 
ta‘minlash uchun kurash iqtisodiyot sub‘ektlarini harakatga soladi, ularni 
boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi.
Bozor iqtisodiyotining kamchiligi shundaki, u o‘zining bosh nazorat 
mexanizmi – raqobatning kuchsizlanishiga yo‘l qo‘yadi va hatto buni 
rag‘batlantiradi 
Bozor iqtisodiyotidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib va o‘z 
iqtisodiy mavqeini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan yo‘lidan ozod 
bo‘lishga harakat qiladilar. Firmalarning qo‘shilib ketishi, kompaniyalarning 
xufyona kelishuvi, shafqatsiz raqobat – bularning hammasi raqobatning 
kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik ta‘sirining pasayib borishiga olib 
keladi. 
Bozor tizimi rag‘batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning 
zaiflashishiga olib keladi. Boshqacha aytganda, eng yangi texnologiyani qo‘llash 
asosida ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishish, ko‘pincha ko‘p 
miqdordagi mayda firmalar emas, balki uncha ko‘p bo‘lmagan yirik ishlab 
chiqaruvchilar mavjud bo‘lishini taqozo etadi. 
Bozor 
iqtisodiyotining 
navbatdagi 
kamchiligi 
jamiyat 
a‘zolari 
daromadlaridagi tengsizlikning kuchayib borishi va aholining tabaqalanishi bilan 
bog‘liq. Bunday iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin, daromadlar 
tengsizligini bartaraf qila olmaydi, faqat uni ma‘lum darajada yumshatishi 
mumkin. 
Bozor iqtisodiyotining umumiy e‘tirof etilgan kamchiliklaridan biri shundan 
iboratki, u ijtimoiy iste‘mol qilinadigan ne‘matlar va xizmatlarni ishlab chiqarib, 
bozorga taklif qilishga qodir emas. Shu sababli jamiyat a‘zolarini bunday ne‘matlar 
va xizmatlar bilan ta‘minlash davlat zimmasida bo‘ladi. 


89 
Tovarlar hajmi bilan pul massasi o‘rtasidagi ro‘y berib turadigan 
nomuvofiqlikni bartaraf eta olmasligi ham bozor iqtisodiyotining kamchiligi 
hisoblanadi va bu – pulning qadrsizlanishi – inflyatsiya bilan birga boradi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin