Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


mexanizmlar va muassasaviy tuzilmalardir



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

mexanizmlar va muassasaviy tuzilmalardir. 


90 
Bozor ishlab chiqaruvchi va iste‘molchilar, (sotuvchi va xaridorlar) o‘rtasida 
pul orqali ayriboshlash (oldi-sotdi) jarayonida bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar 
yig‘indisidir. Bunda bozorning moddiy asosini joy emas, balki tovar va pulning 
harakati tashkil etadi.
Oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari do‘koni, avtomobilga servis 
xizmat ko‘rsatish va yoqilg‘i quyish tarmog‘i, sanoat tovarlari do‘koni, 
tijoratchilarning savdo shaxobchalari, turli xil supermarketlar, yirik savdo 
markazlar va savdo yarmarkalari, umumiy ovqatlanish korxonalari, auktsionlar, 
birjalar bularning barchasi bozorning odatdagi ko‘rinishlari hisoblanadi. Fond, don 
birjalari, chet el valyutalari bozori, auktsionlar yuqori darajada rivojlangan 
bozorlar bo‘lib, ularda sotuvchi va xaridorlar bir-biri bilan aktsiya, obligatsiya
milliy valyuta va qishloq xo‘jalik mahsulotlari orqali bog‘lanadi. Bozorning ayrim 
turlari sotuvchi va xaridorlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa bilan farqlansa, boshqalarida 
ular hech qachon bir-birini ko‘rmaydi yoki bilmaydi. Shunga muvofiq bozor 
aloqalari bevosita va bilvosita aloqalarga bo‘linadi. Bozorning har qanday turidan 
qat‘iy nazar uning ishtirokchilari uy xo‘jaliklari, turli xil korxonalar va davlat tash-
kilotlaridir. Bozor sub‘ektlari ikki toifaga – sotuvchi va xaridorlarga bo‘linib, ular 
bozorda turlicha mavqega ega bo‘ladi. Sotuvchilar bozorga tovar va xizmatlarni 
taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozor o‘z sub‘ektlari manfaatini 
bir-biriga bog‘lab, ularni muvofiqlashtiradi. 
Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan tovar va 
xizmatlarni iste‘molchilarga, iqtisodiy resurslarni ishlab chiqaruvchilarga 
yetkazib 
berishdan
iboratdir. Bu erda bozor ishlab chiqarish bilan iste‘molni bir-biriga 
bog‘laydi, ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmat o‘z iste‘molchisini topadi. Bunda 
bozor vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Bozorda qiymat shakllari almashadi. U 
qiymatni tovar shaklidan pul shakliga aylantiradi.
Bozor ishlab chiqarishning uzluksiz 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin