107
Tashkilotdagi qo’riqchilar boshlig’i.
Tashkilotdagi qo’riqchilar boshlig’i
qo’riqchilar harakatini kuzatish, talab etilgan vaqtda qo’riqchilarga ko’mak berish,
olamonni tarqatib yuborish, binodagi qulflarni, yoritish tizimlarini boshqarishga
javobgar.
Xavfsizlik xodimi
tashkilot atrofida xavfsizlikka aloqador jixozlarni o’rnatish,
boshqarish va ularni to’g’ri ishlayotganini kafolatlashi shart.
Axborot xavfsizligining bosh xodimi (Chief Information Security Officer).
O’tgan
davrlarda, axborot xavfsizligining bosh xodimi tashkilotdagi barcha
xavfsizlikka aloqador jarayonlarni nazoratlashi, hattoki, tarmoq va tizim
xavfsizligiga ham javobgar bo’lgan. Hozirda esa, ushbu
shaxslarga asosan texnik
tomondan bilim va ko’nikmalar talab etiladi.
Foydalanishlarni nazoratlash: autentifikasiya usullari.
Tashkilot hududida
shaxslarni autentifikasiyalash vazifasi o’rta to’siqlar vazifasini bajaruvchi
turniketlar tomonidan yoki qo’riqchilar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Shaxslarni autentifikasiyalash usullarini umumiy holda quyidagi guruhlarga ajratish
mumkin:
-
biror narsani bilishga asoslangan;
-
biror narsaga egalik qilishga asoslangan;
-
biometrik parametrlarga asoslangan.
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: fizik qulflar
ruxsatsiz fizik foydalanishlarni
cheklashda foydalaniladi. Har bir tashkilot o’zining xavfsizik talablaridan kelib
chiqqan holda ularni tanlashi shart. Quyidagi turdagi fizik qulflardan amalda keng
foydalanilmoqda:
Mexanik qulflar:
tashkilotda fizik foydalanishlarni cheklashning eng oson
usuli
hisoblanib, kalitli yoki kalitsiz bo’lishi mumkin. Mexanik qulflarning ikki turi
mavjud (38-rasm).
108
a) o’ralgan qulf
b) tumbler qulfi
38-rasm. Mexanik qulflar
Raqamli qulflar:
raqamli qulfli eshiklarni ochish uchun biror narsani (kalitni)
olib yurish talab etilmaydi, barmoq izi, smart karta yoki PIN koddan oson
foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: