Ko‘proq suv ichishni qanday o‘rganish mumkin? Buning uchun quyidagilarga
odatlaning:
Doim o‘zingiz bilan birga suv olib yuring;
Har bir taom iste'molida bir stakandan suv ichishga odatlaning;
Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishdan oldin, ularning davomida va
keyin suv iching;
Ishlar orasidagi tanaffuslarda choy yoki qahva emas, suv iching;
Suv ta'mini yaxshilash uchun uni filtrlang
va limon sharbatidan
qo‘shing.
Qanday holatlarda suv ichish zarar?
Tunda suv ichish zarardir. Tunda uxlash oldidan emas, ertalab uyg‘ongandan
keyin bir stakan suv ichish zarur.
Aks holda, buyraklarga
ortiqcha yuk tushadi,
ertalab esa yuz, oyoq va qo‘l barmoqlarida shishlar paydo bo‘ladi.
Krandan suv ichish. Krandan suv ichish mumkin emas.
Suv tarkibida xlor
bo‘lgan antibakterial kimyoviy moddalar bilan qayta ishlanadi, bu esa - zaxar. Shu
bilan birga, suv eski quvurlar orqali oqib, o‘z sifatini yo‘qotadi. Kran suvini albatta
qaynatish yoki filtrlash kerak.
Ochiq suv havzasidan suv ichish mumkin emas. Ko‘pchilik buloq suvi mazali
va foydali hamda uni qo‘rqmasdan
ichish mumkin, deb hisoblaydi.
Shuni
unutmaslik kerakki, ochiq suv havzalarida turli mikroorganizmlar ko‘payadi.
Shuning uchun yaxshisi, undan voz kechgan ma'qul.