“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-7, Issue-1, April - 2022
616
almashinuvida ishtirok etish xususiyati esa kamayadi. Natijada yog‘ organizmda
to‘plana boshlab, insonning semirishga olib keladi. Shu
bois inson ortiqcha vazn
tashlashga harakat qilsa-yu,
bunga yetarli suv ichmasa, organizm yog‘ni normal
qayta ishlay olmaydi.
Shu bilan birga, tan olish kerakki, ba'zan organizmda suv yig‘ilishi natijasida
vazn to‘plash holatlari ham kuzatiladi. Masalan, tanasida suv yig‘ilishiga
moyil
bo‘lgan inson kamroq suv ichsa, muammo o‘z-o‘zidan hal bo‘ladi, deb hisoblaydi.
Biroq, aslida buning aksi bo‘ladi. Organizmga suv yetishmasa, u suyuqlikning har
bir tomchisini ushlab qolishga harakat qiladi va uni zaxira sifatida bilak va oyoq
tovonlarida zahiralaydi. Shuning uchun organizmni muntazam
ravishda yetarlicha
suv bilan ta'minlab turish tavsiya etiladi.
Shuni yodda tutish lozimki, inson qancha ko‘p tuz iste'mol qilsa, organizm uni
eritish uchun shuncha ko‘p suvni ushlab qoladi.
Qancha suv ichish kerak?
Har kuni o‘rtacha 2 litr suv organizmdan buyraklar, ichak, o‘pka va teri orqali
tashqariga chiqariladi. Taxminan 0,5 litr suyuqlik nafas chiqarilishi natijasida
yo‘qotiladi. Agar mana shu chiqarilayotgan suv o‘rni to‘ldirilmasa,
organizm
suvsizlanadi.
Dostları ilə paylaş: