Volume-7, Issue-1, April 2022 614 ichimlik suvning inson hayotidagi ahamiyati



Yüklə 41,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü41,2 Kb.
#202638
1   2   3   4   5
614-617 (1)

Suvning ozish uchun foydasi
Yuqorida qayd etilgan barcha xususiyatlaridan tashqari, suv ortiqcha vazndan 
xalos bo‘lishga yordam beradi va hatto bu maqsad yo‘lidagi asosiy omil hisoblanadi. 
Suvda yog‘ va xolesterin, shu bilan birga, kaloriyalar yo‘q, suv ishtahani 
kamaytiradi va yog‘ zaxiralarini qayta ishlashda ishtirok etadi. Agar organizmdagi 
suv miqdori yetarli bo‘lmasa, u holda buyraklar o‘z vazifasini normal bajara 
olmaydi. Shunda jigar ularning vazifasini o‘z zimmasiga oladi, uning yog‘ 


“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 

Volume-7, Issue-1, April - 2022
 
616 
almashinuvida ishtirok etish xususiyati esa kamayadi. Natijada yog‘ organizmda 
to‘plana boshlab, insonning semirishga olib keladi. Shu bois inson ortiqcha vazn 
tashlashga harakat qilsa-yu, bunga yetarli suv ichmasa, organizm yog‘ni normal 
qayta ishlay olmaydi. 
Shu bilan birga, tan olish kerakki, ba'zan organizmda suv yig‘ilishi natijasida 
vazn to‘plash holatlari ham kuzatiladi. Masalan, tanasida suv yig‘ilishiga moyil 
bo‘lgan inson kamroq suv ichsa, muammo o‘z-o‘zidan hal bo‘ladi, deb hisoblaydi. 
Biroq, aslida buning aksi bo‘ladi. Organizmga suv yetishmasa, u suyuqlikning har 
bir tomchisini ushlab qolishga harakat qiladi va uni zaxira sifatida bilak va oyoq 
tovonlarida zahiralaydi. Shuning uchun organizmni muntazam ravishda yetarlicha 
suv bilan ta'minlab turish tavsiya etiladi.
Shuni yodda tutish lozimki, inson qancha ko‘p tuz iste'mol qilsa, organizm uni 
eritish uchun shuncha ko‘p suvni ushlab qoladi. 
Qancha suv ichish kerak?
Har kuni o‘rtacha 2 litr suv organizmdan buyraklar, ichak, o‘pka va teri orqali 
tashqariga chiqariladi. Taxminan 0,5 litr suyuqlik nafas chiqarilishi natijasida 
yo‘qotiladi. Agar mana shu chiqarilayotgan suv o‘rni to‘ldirilmasa, organizm 
suvsizlanadi.

Yüklə 41,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin