istaklari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda o‘zgartirish borasidagi
bunyodkor faolligi tushuniladi”
.
Berilgan ta’rif ancha uzoq bo‘lsa-da, unda ijod tushunchasini
izohlashga jiddiy e’tibor berilgan. Ta’rif ijod mohiyatini kengroq qamrab
olgan. Unda keng qamrovli: tabiiy, ijtimoiy, va ma’naviy olam haqida so‘z
boradi. Mualliflar ta’rifda davom etib:
«Ijod bu shakllangan stereotiplar,
odatlar, an’analar va shartliliklar doirasidan ongli ravishda chiqish
demakdir»
deydilar.
Bu ta’rifda ijod muammosi ancha konkretlashtirilgan va
ixchamlashtirilgan. Ijod bu sub’yekt va ob’yekt o‘rtasidagi munosabat
sifatida gavdalanadi. Ijod ikki holatda ko‘rinadi, psixologik va falsafiy.
Ijodning psixologik ko‘rinishida faoliyatning mexanik tarzdagi jarayoni
14
namoyon bo‘lsa, falsafiy jihatda esa ijodning mohiyati va mazmuni haqida
fikr yuritiladi.
Insonning faoliyati keng qamrovli bo‘lganligi sababli ijodning turlari
ham ko‘pdir.
Ijod turlari qatoriga
: badiiy, texnikaviy, ilmiy, siyosiy,
huquqiy, ma’naviy, iqtisodiy, arxitektura, haykaltaroshlik va boshqa
sohalardagi ijodlarni olish mumkin. Bu nomlari tilga olingan ijod turlari
ob’yektiv olamning turli sohalarini qamrab oladi. Insonlar turmush tarzi
uchun zarur bo‘lgan ushbu sohalar ijod ob’yektlaridir.
Ijodning tarixi antik dunyoga borib taqaladi. Antik dunyoda birinchilar
qatorida ijod jarayonining mohiyati ustida to‘xtalganlardan biri Aflotundir.
Uning fikricha, ijod bu insonning aqliy faoliyati borliqni oliy darajada his
etish nuqtasidir. Keyinroq faoliyat ko‘rsatgan faylasuflardan biri
Avgustinning fikricha, ijod Ollohgagina taalluqli bo‘lgan jarayondir. Ijod
masalasiga ko‘proq e’tibor O‘rta Osiyo mutafakkirlari (IX-XII asrlarda)
tomonidan berilgan. Ular ijod qilgan sohalarning har birida ijod orqali, misli
ko‘rinmas kashfiyotlar yaratilgan. Al-Xorazmiy, al-Forobiy, al-Beruniy, Abu
Ali ibn Sino, Umar Xayyom ta’limotlari, ijodlari bunga misol bo‘la oladi.
Ammo ijod muammosini hal etishda ba’zi faylasuflar notirik tabiatda ham
ijod elementlari bor, deb tushuntiradilar. Bularga misol qilib gilozoizm,
vulgar (sodda) materialistlar ta’limotlarini olish mumkin. Ularning fikricha,
jonsiz tabiatdagi o‘zgarishlar taraqqiyot yoki rivojlanishning natijasi
ekanligini tushunmaslikdandir.
Umuman, ijodni tor va keng ma’noda tushunmoq lozim. Ijodni tor
ma’noda tushunganda, uni nafaqat olimlar faoliyatida, balki har bir inson
faoliyatida ham mavjud bo‘lishini unutmaslik kerak. Masalan, dalada
faoliyat ko‘rsatadigan dehqon yoki cho‘pon o‘z sohasini mukammal bilish
uchun izlanadi. O‘z sohasiga taalluqli yangiliklar yaratishga harakat qiladi,
bunga erishadi ham. Demak, ijod oddiy, kundalik, ilmiy, murakkab,
ziddiyatli bo‘lishi mumkin.
Ilmiy ijod sistemali bo‘lib, unda inson faoliyatining ko‘p qirralari:
bilimi, malakasi, tajribasi, asbob-uskunalar bilan qurollanganligi,
15
adabiyotlarga boyligi, ish-joy sharoitlarining maxsusligi va boshqalar bilan
ajralib turadi.
Xulosa qilish mumkinki,
Dostları ilə paylaş: |