Зиёдулла Давронов


Fan inson va jamiyat faoliyatining muhim mahsuli bo‘lib, narsa va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/104
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203142
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   104
Зиёдулла Давронов

Fan inson va jamiyat faoliyatining muhim mahsuli bo‘lib, narsa va
hodisalarning xossalari, munosabatlari hamda qonuniyatlarini
o‘rganishga qaratilgan tizimlar yig‘indisidir.
Shu bilan bir qatorda fan
ijtimoiy ong shakllarining biridir. Aytish lozimki, fan so‘zining aynan
ma’nosi – bilim demakdir. Lekin har qanday bilim ilmiy bo‘la olmaydi.
Odatdagi yoki turmush tajribasi deb atalgan har qanday soha, aniqrog‘i,
oddiy kuzatish va amaliy faoliyat asosida olingan dalillar va jarayonlarni
oddiygina tavsiflanishdan, ularning oddiy tomonlarini aniqlashdan nariga
o‘tmaydigan bilim fanni ifodalamaydi. Shu sababli fanning vazifalarini ham
to‘g‘ri tushunish talab etiladi. Bu vazifalar quyidagilar:


18
1. Fan inson faolligini oshirishga xizmat qiladi. Tevarak-atrofni
mukammalroq bilishga yordam beradi.
2. Insonlar faoliyati bilan ob’yektlarning o‘zaro aloqasini ifodalaydi va
moslashtiradi.
3. Narsa va hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini ochishga
ko‘maklashadi.
4. Fan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy - axloqiy
qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtiradi va avloddan-avlodga
yetkazishga xizmat qiladi.
5. Fan monitoring vazifani bajaradi. Tabiat va jamiyat hodisalarining
global holatlarini nazorat qilishga hamda turli yangi sohalarni barpo
qilishga o‘z hissasini qo‘shadi.
6. Axborotlar to‘playdi va axborotlar bilan insonlarni ta’minlaydi.
Fan oddiy dalillar va turli qonunlar haqidagi bilimlarning oddiy
yig‘indisidan iborat emas, balki tizimlarga solingan ilmiy bilimlar
yig‘indisidan iboratdir. Har bir fanda aks ettiriladigan muammolar o‘zaro
bog‘langandir. Ularni ajratish mumkin emas. Ammo har bir fan ma’lum bir
me’yorga yetib borganda o‘zidan ma’lum bir sohalarini ajratib mustaqil fan
bo‘lishga asos bo‘ladi. Buni biz yuqorida fan shajarasida ko‘rdik. Fanning
rivojlanishi dalillarni oddiy to‘plashdan, dalillar orqali maxsus
qonuniyatlarni o‘rganish va ochib berishgacha bo‘lgan qiyin, lekin sharafli
vazifani ham zimmasiga oladiki, bu jamiyat vakillarini har biriga taalluqli
bo‘ladi. Shu yo‘sinda nazariyalar yaratildi. Fan nazariyalarni amaliyotga
tatbiq etish yo‘llarini ham ko‘rsatib beradi. Fan insonga tabiat va jamiyatning
haqiqiy manzarasini yorqin ifodalab beradi. Ushbu manzara esa fan taraqqiy
qilgan sari tobora to‘laroq inson ongida aks etaveradi. Fan san’atdan tubdan
farq qiladi. San’atda fantaziya, badiiy siymolar, biror hodisani o‘ylab chiqish
kabilar mavjud. Fanda esa bunday holatlarga o‘rin yo‘q. Chunki fan borliqni
qonuniyatlar asosida aniq tizimlarga asoslangan holda ifodalaydi.
Fan ishlab chiqarishni rivojlantirishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.
O‘z navbatida ishlab chiqarishning rivojlanishi fan taraqqiyotiga turtki


19
beradi. Ishlab chiqarishda va jamiyat hayotida fanning rolini oshib borishi
tabiiy hol bo‘lib, u to‘xtovsiz rivojlanish xususiyatiga ega.
Demak, fan bo‘lmasa, dehqonchilik va chorvachilik, sanoat, transport
va energetika, informatsion jarayonlar va madaniy vositalar bo‘lmas edi.
Bundan tashqari fanning rivojlanishi analiz sohalarini boyitadi, kengaytiradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin