17
genoseologiya, inson falsafasi, jamiyat falsafasi, fan falsafasi, qadriyatlar
falsafasi, ma’naviyat, iqtisodiyot falsafasi va boshqalar kiradi.
Hozirgi zamonda dunyoda 2000 dan ortiq fanlar o‘qitiladi, bu
fanlarning barchasi ijod bilan bog‘langan. Demak, inson faoliyatini fan
taraqqiyotisiz tasavvur qilish qiyin. Odamlar fan yordamida maqsadlariga
erishadilar.
Bilim fan orqali olinadi. Bilim kuch va ma’rifatdir. Fan bor ekan
nodonlik va bid’at, toqatsizlik va tartibsizlik va turli to‘siqlar rivojlanish
yo‘lidan olib tashlanadi. Ularga barham berish fan va ijodning vazifasidir.
Inson qancha ma’rifatli bo‘lsa, u jiddiylashib boradi, axloqliroq,
madaniyatliroq bo‘ladi. Zero insonlarning ma’rifatli bo‘lishi, olg‘a qarab
harakat qilishi demakdir. Ma’rifatli kishi o‘z
manfaatiga axloqiy jihatdan
yondashadi. Ijod qilishda turli uslub va nazariyalardan foydalanadi. Shu
jarayonning o‘zida yangi fanlar ham paydo bo‘ladi. Fanlarni ham uquvli,
talantli, buyuk shaxslar yaratadi. Fanning yana bir xususiyati shundaki, u
tabiatning rivojlanishi va jamiyatning moslashishi, yashab turmush tarzini
o‘tkazishning himoya vositasi hamdir.
Himoya esa turli metodlardan
foydalanish asosida boradi. Bunday metodlarga abstraktlashtirish, tajriba
o‘tkazish, kuzatish, shakllantirish, (modellashtirish) matematiklashtirish,
tahlil
va sintez qilish, tarixiylik-mantiqiylikdan foydalanish, induksiyalash-
deduksiyalash va boshqalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: