151
ko‘taradi,
muvofiqlashtiradi, ommalashtiradi. Nazariya insonning kundalik
hayotida turli sohalarda namoyon bo‘la borsa, ilmiy nazariya ilmiy ijod
jarayoni asosida yuzaga keladi. Demak, nazariya
ilmiy nazariyadan qisman
farq qiladi. Chunki ilmiy nazariya ko‘pgina tadqiqotlar ta’sirida izlanish va
amaliy faoliyatni ham qamrab oladi. Ilmiy nazariya ko‘p qirrali faoliyat
natijasida paydo bo‘ladi. Ilmiy nazariya ham ob’yektiv voqelikni o‘zida
mujassamlashtiradi.
Unda tarixiylik va mantiqiylik, dalil va g‘oyalar,
tushunchalar, ta’rif va farazlar, qonun hamda turli tomonlar aks etadi. Ilmiy
nazariya ana shu jarayonlarni o‘zaro aloqadorligi va munosabatlarini ham
ifodalaydi. Ana shu xususiyatlar ta’sirida paydo bo‘lgan nazariyalar ilmiy
nazariyalardir. Ilmiy bilishda ilmiy nazariyalarni ma’lum tiplarga bo‘lish
mumkin:
a)
iqtisodiy fanlarning ilmiy nazariyalari;
b)
biologiya
fanlari ilmiy nazariyalari;
c)
matematika fanlari ilmiy nazariyalari;
d)
falsafa fanlari nazariyalari va boshqalar.
Ilmiy nazariya ilmiy izlanishlarning natijasidir. U ilmiy izlanishlarni
tartibga soladi. Ilmiy nazariyada voqelikni aynan holati
va kelajagi haqida
fikrlar bildiriladi. Bunga misol qilib, Shmidning planetlarning paydo
bo‘lishi, I. P. Pavlovning oliy nerv sistemasi faoliyati haqidagi, A.
Eynshteynning
nisbiylik, Ch. Darvinning evolyutsion, N. Borning kvant
nazariyalarini olish mumkin. Ilmiy ijodning nazariy darajasi mohiyatiga
ko‘ra
tafakkur, aql-zakovat, mushohada bilan yanada chuqurroq kirib
borishni talab etadi. Natijada ob’yektiv
voqelik haqida mujassamlashgan,
ixcham falsafiy nuqtai nazari paydo qilinadi. Ilmiy nazariyada ilmiy ijoddagi
xulosalar aniqroq aks etadi. Ularni inkor etish yoki qabul qilish murakkab
kechadi. Shunday bo‘lsa-da ilmiy nazariya haqiqatga eltuvchi vositadir.
Ilmiy nazariyada tartibsizlikdan tartiblilikka o‘tish aks etadi. Unda barcha
aloqadorliklar, munosabatlar, bog‘lanishlar aniqlanib xulosalar chiqariladi.
Qonuniyatlar aniqlanadi va yangi qonunlar ochiladi.