149
X bob. Nazariya ijodiy izlanish jarayoni va natijasi
sifatida
Nazariya tushunchasi. Nazariya va ilmiy ijod
Nazariya so‘zi grek tilidan olingan bo‘lib,
kuzatish, qarab chiqish va
tadqiqot ma’nolarini anglatadi. Aslida uning keng ma’nosida quyidagi
mulohaza yotadi.
Nazariya bu – narsa va hodisalar to‘g‘risidagi
qarashlarning inson tafakkurida umumlashgan holda aks etishidir.
U
fan, bilim ma’nolarida ham ishlatiladi. Nazariya insonlarning amaliy
faoliyati asosida paydo bo‘ladi. Faqat amaliy faoliyatida paydo bo‘lmasdan,
balki tajriba yoki amaliyotdan oldinroq ketib, voqelikni alohida, yangi
tomonlarini aloqa hamda bog‘lanishlarini ham ochib beradi.
Bu xususiyati
bilan amaliy faoliyatni sermahsul bo‘lishiga yordam beradi. Bu uning keng
ma’noda ishlatilishi bo‘lsa, tor ma’noda esa ma’lum bir chegaralangan va
shaklga ega bo‘lgan bilim tushuniladi. Ijodkor narsa va hodisalarni bilganida
uning tashqi tomonini tasvirlashdan ish boshlaydi, uning maxsus, ayrim
tomonlari xossalarini qayd qiladi. Undan so‘ng,
shu narsa va hodisalarni
ichki holatlarini o‘rganishga kirishadi. Natijada uning rivojlanish
qonuniyatlarini ochadi va narsa holda voqealarning xossalarini izohlay
boshlaydi. Ularning ayrim tomonlari haqidagi bilimlarning bir butun, yaxlit
tizim qilib bog‘lashga o‘tishni maqsad qiladi. Ana shunda narsa va hodisa
haqida hosil qilinadigan har tomonlama chuqur bilim –
xuddi muayyan ichki
mantiqiy tuzilishiga ega bo‘lgan nazariyaning o‘zidir.
Har qanday fan nazariyalarining o‘zi ham nazariya ob’yekti bo‘lishi
mumkin. Mazkur holatda nazariya haqidagi nazariya meta nazariya, deb
ataladi. Tuzilishi yoki holatiga qarab nazariyalar induktiv yoki deduktiv
bo‘lishi mumkin.
Deduktiv nazariyalar ayni nazariyada isbotlab bo‘lmaydigan
aksiomlarning ba’zi sonlariga asoslanib tuziladi.
Induktiv nazariyalar esa shunday dalillar yig‘indisiga asoslanib
tuziladiki, bu dalillar ularni bir qadar izohlaydigan, odatda faraz xarakteriga
ega bo‘lgan qoidaga olib borib taqaladi.
Binobarin, har qanday nazariya u
150
qanchalik jiddiy va ob’yektiv bo‘lmasin, narsa va hodisalar haqida mutlaq,
tugallangan uzil-kesil bilimni bera olmaydi. Taraqqiy etib borayotgan bilim
jarayoni yangi dalillarni, qonun-qoidalarni kashf etib boraveradi. U
uzliksizdir. Bu yangiliklar esa yaxlit bir nazariyaga sig‘maydi. Natijada
nazariya ham o‘zgarib boraveradi. Yangisi paydo bo‘ladi. Nazariyalarning
bir pog‘onadan ikkinchi pog‘onaga o‘tishi qonuniy jarayondir. Zero,
ob’yektiv olamda qotib qolgan narsa va hodisaning o‘zi yo‘q.
Nazariyalarda
ham vorislik tamoyili amal qiladi, ya’ni eski nazariya asosida yangisi paydo
bo‘lib, vaqt o‘tishi, narsa va hodisaning o‘zgarishi natijasida yana yangisi
uchun asos bo‘lib qolaveradi. Masalan, N’yuton mexanikasi hozirgi zamon
fizika nazariyasining asosi edi. Demak, nazariya barcha fanlarda,
jumladan,
iqtisodiy fanlarda ham asosiy negizni tashkil qiladi.
Ilmiy ijod jarayonida nazariy daraja muhim ahamiyatga ega. Chunki,
nazariy daraja orqali voqelikni qay holatda, qay vaziyatda turganligi
baholanadi. Chunki nazariy darajada avvalo, tadqiqotchi o‘z tafakkuri orqali
olingan amaliy bilimlar asosida o‘sha ob’yekti haqida ma’lum bir farazlar,
taxminlarni ilgari suradi. Nazariy daraja izlanishning boshlanish nuqtasidir.
Nazariy bilish yangi farazlarni keltirib chiqarishga yordam beradi. Farazlarni
tasdiqlash yoki inkor etish jarayonida yangi ilmiy nazariya paydo bo‘ladi. Bu
esa ilmiy ijodning yuqori nuqtasi hisoblanadi. “Ilmiy nazariya tuzish – bu
teran va sermazmun ilmiy abstraksiyalarni aniqlash va ularni o‘rganish bilan
bog‘liq murakkab dialektik jihatdan
ziddiyatli jarayon, ilmiy bilishning
nazariy darajasida abstraksiyalashtirish jarayoni”
1
dir. Abstraksiyalarga misol
qilib, matematikada “moddiy nuqta”, mexanikada “mutlaqo tekis yuza”
fizikada “ideal gaz”, “mutlaqo qora jism”, iqtisodiyotda: “tovar”,
“ayirboshlash”, “iste’mol qiymati”, “bozor” kabilarni olish mumkin.
Nazariya haqida yuqorida keltirilgan ta’rifni kengaytirib endi shunday
izohni berish mumkin.
Dostları ilə paylaş: