154
nazariyalar to‘ldirila boriladi. Tanlangan sohalarga qarab u mutlaq
nazariyalarga aylanishi mumkin.
Ilmiy nazariyaning ilmiy ijodda yetakchilik xususiyati bor. Bu
yetakchilik vazifasi yangi sohalarni bashorat qilish jarayonida ko‘rinadi.
Chunki nazariya asosida jiddiy, turli bosqichlardan o‘tgan ilmiy bashorat
yaratiladi. Masalan, tabiatdagi oldin inson aqli bovar qilmagan turli voqea-
hodisalar avval nazariya orqali bashorat qilinib, so‘ng tajribadan o‘tkazilib
xulosalar olingan. A. Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasi fanda
buyuk o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Jumladan, neytron, yulduzlar,
pulsarlar, kvazarlar, katta massalarning gravitatsion siqilishi, koinotning
kengayishi, kosmologik model va hozirgi zamon gravitatsiyaning umumiy
nisbiylik nazariyasi kabilardir. Ayniqsa, 1903 yilda Berlinda nashr etilgan
“Fizika yilnomasi” jurnalida “Harakatlantiruvchi jismlar elektrodinamikasiga
doir” degan maqola bosilib chiqqandan so‘ng, jismlar tabiati haqida inson
bilimlarini tubdan o‘zgartirib nisbiylik nazariyasining keng qirrali ekanligi
haqida tasavvurlar rivojlanib ketdi. Shundan so‘ng, umumiy va xususiy
nisbiylik nazariyasi samarali rivojlandi. Tajribalar olib borilib tasdiqdan
o‘tkazildi. D. K. Maksvellning elektrodinamikasi elektromagnit
to‘lqinlarining mavjudligini bashorat qildi. So‘ng G.Gerts ularni tajribada
tasdiqladi. D.I.Mendeleyev bir qator noma’lum kimyoviy unsurlarning
mavjudligini bashorat qildi. Bu bashoratni hozirgi vaqtda kimyo fani
tasdiqlamoqda. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Bu misollar
ma’lum bo‘lmagan narsa va hodisalarni bashorat qilish ilmiy nazariyalarning
muhim vazifalari ekanligidan dalolatdir.
Dostları ilə paylaş: