1 varyant Radioaktiv elementlar



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/65
tarix07.01.2024
ölçüsü0,75 Mb.
#203388
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
30 variant Kimyo



1 varyant 
1. Radioaktiv elementlar
- barcha izotoplari radioaktiv boʻlgan kimyoviy elementlar. Tabiatda uchraydigan, tartib rakami 83 (vismut)dan katta 
boʻlgan barcha elementlar radioaktiv. Ularni ketmaket yuz beradigan radioaktiv oʻzgarishlar zanjirlarining alohida halqalari sifatida tasavvur qilish 
mumkin. Bir zanjir tarkibiga kiruvchi elementlar radioaktiv oila yoki radioaktiv qator hosil qiladi (qarang Radioaktiv qatorlar). Tartib raqami 83 
dan kichik boʻlgan Radioaktiv elementlar ham bor. Ular texnetsiy 43Te va prometiy 61Pm. Davriy sistemada joylashgan urandan keyingi 
elementlar sunʼiy usulda olingan transuran elementlardir. 
Tabiiy Radioaktiv elementlardan fakat uran (tartib raqami 92) va toriy (90) elementi izotoplarining yarim yemirilish davri Yerning yoshiga yaqin. 
238U(T,,2=4,51 mlrd.-yil), 235U(713 mln.y.), 232Th(14,l mlrd.-yil). Shuning uchun barcha tabiiy Radioaktiv elementlar ichida faqat uran bilan 
toriy birlamchi Radioaktiv elementlar hisoblanadi. Qolgan barcha Radioaktiv elementlar uzoq mavjud boʻluvchi izotoplarning parchalanishidan 
hosil boʻladi va ular ikkilamchi Radioaktiv elementlar hisoblanadi. 
Turgʻun izotoplaridan tashqari uzoq mavjud boʻluvchi tabiiy radioaktiv izotoplari boʻlgan 16 ta element ham mavjud (40K, 50V, 87Rb, ll5In, 
l38La, l42Ce, l44Nb, l47Sm, 152Gd, l76Lu, l74Hf, l80Ta, l80W, l87Re, "°Pt, l92Pt). Yadro energiyasi olishda uran va plutoniy amaliy ahamiyatga 
ega.
[1]
 
2.
Analitik kimyoning vujudga kelishi va rivojlanishi turli ishlab chiqarish sohalarining paydo boʻlishi va taraqqiy etishi bilan bogʻliq. Miqdoriy analiz 
rudalar va tayyor mahsulotlar tarkibidagi oltin, kumush va boshqa metallarning miqdorini aniqlashdan iborat boʻlgan edi; keyinroq borib, u ilmiy asosda 
yoʻlga qoʻyildi. Hozirgi zamon kimyosining tugʻilish davri (17-asr oʻrtasi — 18-asr oxiri)da analitik kimyo moddalarning kimyoviy tarkibini 
oʻrganadigan fan deb hisoblanardi. 17-asr oʻrtalarida Robert Boyl suvli eritmalardagi anorganik moddalarning miqdoriy analiziga asos soldi. 19-asr 
boshida Jozef Gey-Lussak hajmiy analizni, oʻsha asrning oʻrtasida esa R. Bunzen va R. Kirxgof spektral analiz asoslarini ishlab chiqishdi. 20-asrda 
Analitik kimyoga fizik va fizik-kimyoviy usullar (masalan, kolorimetriya, rentgen, lyuminessensiya, elektron mikroskopiya, elektr analiz usullari va 
boshqalar) tobora koʻproq joriy etildi. Shu bilan bir vaqtda analitik kimyo amaliy maqsadlarda keng qoʻllanila boshladi 
3
Organik kimyo fani. Organik kimyo –organik moddalarni tashkil qiluvchi uglerod birikmalarining kimyosini o`rganuvchi fandir. 
Organik moddalar kishilarga qadimdan ma`lum, ular organik bo`yoqlarni (alizarin, purpur, indigo), uzum sharbatini bijg`itib sirka hosil 
qilishni, o`simliklardan shakar, moy olishni, sovun pishirish bilganlar va bu moddalardan foydalanganlar. Ammo uzoq vaqtgacha organik moddalar 
aralashma holida ishlatilib kelingan. XIX asrga kelib arab alximiklari sirkadan sirka kislotani, musallas ichimligidan etil spirtini sof holda ajratib 
olishga muyassar bo`ldilar. XVI asrda etil spirtini sulfat kislota bilan ishlash natijasida etil efir olindi. Organik moddalarni sof holda olish va ularni 
o`rganish XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlariga kelib kuchaydi.
Atoqli shved ximigi I.Ya.Berselius (1779-1848) «o`simlik va hayvon organizmlarida hayot mavjud ekan, ularda moddalarning sintezi 
jonsiz tabiatdagiga qaraganda boshqacha bo`lib, qandaydir «hayotiy kuch» ning ta`sirida sodir bo`ladi» deydi. 
Shu davrda bir guruh ximiklar Berselius izidan borib fanda vitalistik (lotincha vita so’zi «hayot» lis «kuch» demakdir) oqim kelib chiqadi. 
Bu oqim tirik tabiatdagi moddalarni laboratoriya sharoitida sintez qilib bo`lmaydi, degan idealistik ta`limotni olg`a surib, kimyo fanining 
taraqqiyotiga to`sqinlik qildi.
1824 yilda Berseliusning shogirdi, nemis ximigi F.Vyoler laboratoriya sharoitida disiandan o`simlik organizmida uchraydigan oksalat 
kislotani oldi.
CN
CN
COOH
COOH
disian oksalat kislota 
Ayniqsa F.Vyolerning 1828 yili oddiy anorganik tuz-ammoniy sianitdan hayvon organizmida hosil bo`ladigan mochevinani sintez qilishi 
vitalistik ta`limotga juda katta zarba berdi. Buning uchun u avval kaliy sianatni hosil qilgan:
.4. Uch komponentli sistemalarda o’zgaruvchan parametr bo’lib bosim, harorat va ikki konstentrastiya bo’lishi mumkin. Odatda uch komponentli 
kondensirlangan sistemalarni o’rganish o’zgarmas bosimda olib boriladi. Sistemalar holatini uch o’zgaruvchan parametrga bog’likligini fazaviy 
diagramma ko’rinishida tasvirlash mumkin. Bu diagramma asosi tengtomonli uchburchak bo’lgan to’g’ri burchakli prizma ko’rinishda bo’ladi. 
Prizma asosi uchlama sistema tarkibini, balandligi esa haroratni belgilaydi. Sistema tarkibini teng tomonli uchburchak yuzasida tasvirlash 
geometriyaning quyidagi qoidasiga asoslangan: teng tomonli uchburchakning istalgan nuqtasidan uch tomonga tushirilgan tik chiziqlar 
(perpendikulyarlar) yig’indisi uchburchak balandligiga teng. Agar balandligi 100% deb qabul qilinsa, tik chiziqlarning yig’indisi ham 100% ga teng 
bo’ladi. Uchburchak ichidagi nuqtalar uch komponentli sistema tarkibini bildiradi. Tabiiyki, uchburchak uchlariga yaqin nuqta bilan belgilayotgan 
sistemaga shu komponent miqdori ko’p bo’ladi. Yuqoridagi prizmatik diagramma asosida tarkibini tasvirlash uchun ikki-Gibbs va Rozembum 
usullarini qo’llash mumkin. Gibbs usuli yuqoridagi geometriya qoidasiga asoslangan. Masalan, R nuqtadagi sistemada A-50%, B-20% va C-30% ni 
tashqil etadi. 
Rozebum usuli bo’yicha, bu uchburchak ichidagi uchlama sistema tarkibini ifodalovchi nuqtani topish teng tomonli uchburchakning quyidagi 
xossasiga asoslangan: teng tomonli uchburchak ichidagi har qanday nuqtadan uchburchak tomonlariga chizilgan parallel chiziqlar uzunliklarining 
yig’indisi uchburchak tomonining uzunligiga teng. Agar ma’lum tarkibni aks ettiradigan figurativ nuqtani topish kerak bo’lsa, uchburchakning 
qanday bo’lsin bir tomonidan, masalan AV tomonida A va V miqdorini ko’rsatgan nuqtalaridan uchburchakning kolgan ikki tomoniga parallel 
chiziqlar tortiladi, bu chiziqlar uchrashgan nuqtasi izlanayotgan figurativ nuqtani beradi. Agar R figurativ nuqta bilan harakterlangan sistema S va 
T tarkibli ikki fazaga ajralsa, bu uchchala sistemaning figurativ nuqtalari bir to’=ri chiziqda yotadi. Bu qoidani birlashtiruvchi to’g’ri chiziqlar qoidasi 
deyiladi. Bu sistemalarga richag qoidasini qo’llash mumukin. 


2 varyant 
Atomning 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin