5 VARIANT
Kimyoviy bogʻ
yoki
kimyoviy bogʻlanish
— ikki yoki undan ko'p atomlarning oʻzaro taʼsiri natijasida kimyoviy barqaror
sistemalar (molekulalar, radikallar, molekulyar ionlar, komplekslar, kristallar va b.) hosil boʻlishi. Asosan, 2 xil boʻladi:
Atom (kovalent) bogʻ
— kimyoviy xossalari jihatidan bir-biriga oʻxshash yoki xossalari bir-biriga yaqin boʻlgan atomlar
oʻrtasidagi bogʻ. Bu bogʻ har qaysi atomdan bittadan elektron oʻzaro taʼsir etib, shu atomlarga tegishli
birlashtiruvchi elektron
juftligini hosil qilishi natijasida yuzaga keladi. Bu bogʻ oddiy moddalarning (H
2
, O
2
va b.), murakkab moddalarning (CH
4
, H
2
O,
NH
4
Cl va b.) va organik birikmalarning molekulalariga xos. Kovalent bogʻlar 2 atom uchun umumiy boʻlgan elektronlarning 2
jufti bilan yuzaga kelsa — qoʻshaloq, 3 jufti bilan yuzaga kelsa — uchlik kovalent bogʻ deb ataladi;
Struktura formulalarda ular
2 ta yoki 3 ta chiziqcha bilan koʻrsatiladi. Masalan, H
2
C=CH
2
— etilen, HC≡CH — atsetilen, H—C≡N — vodorod sianid va
hokazo.
Dostları ilə paylaş: