O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202



Yüklə 7,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə407/425
tarix07.01.2024
ölçüsü7,21 Mb.
#204744
1   ...   403   404   405   406   407   408   409   410   ...   425
Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

Nazorat savollari 
1.
Bojxona yuk deklarasiyasining nusxalari qanday taqsimlanadi 
2.
Transport vositalariga qo‘yilgan talablar 
3.
Tovar va transport vositalariningbojxona rasmiylashtiruvi 
4.
Bojxona rejimi deganda 


733
5.
Bojxona faoliyatini amalga oshirishda bojxona hizmatlari organlari va maxsus 
operasiyalar ishlatiladi 
6.
Xalqaro tashishlarni bajarayotgan va xaydovchilar mehnatini tashkil 
7.
Transport-ekspeditorlik hizmatlari 


734
47-mavzu. Turli xil xalq xo‘jaligi yuklarini tashishni tashkil 
qilishsanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi yuklarini tashishni tashkil 
qilish 
Reja: 
1.
Tashkilot va muassasalarga transport- ekspeditsiya xizmatiniko‘rsatish 
2.
Transport uzellarito‘g‘risida tushuncha 
3.
Tez ayniydigan va alangalanuvchi xavfli yuklar yuk 
Tashkilot va muassasalarga transport- ekspeditsiya xizmatini ko‘rsatish. 
Avtomobil transportida bajariladigan transport-ekspe- ditsiya xizmatining asosiy 
jarayonlari yuklarni tashishga, qabul qilish, yo‘lda uni saqlab kuzatib borish va 
topshirishdan iborat bo‘ladi. Transport-ekspeditsiya xizmat ish tarkibiga yuk tashish 
transport ishlari, ortish-tushirish ishlari, yuklarni qabul qilish, kuzatib borish va uni 
yo‘lda saqlash, har xil to‘lov va hujjatlarni rasmiylashtirish kabi ekspeditsiya 
ishlarikiradi, 
Transport-ekspeditsiya xizmati ishlari yuk jo‘natuvchi, yuk qabul qiluvchi 
avtotransport korxonalari va transport ekspeditsiya tashkilotlari bilan birgalikda 
tuzilgantashish va xizmat ko‘rsatish sharnomasi asosida bajariladi. Sharnomada 
bajariladigan transport-ekspeditsiya xizmati ishlarining turi va hajmi, tomonlarning 
o‘zaro kelishilgan vazifalari, hisob-kitob va munozarali masalalarni hal qilish tartibi, 
sharnoma muddati, tomonlarning huquqiy manzili ko‘rsatiladi, 
Yuk tashishlar markazlashgan usulda amalga oshiriladi. Yuk tashish va xizmat 
ko‘rsatish ishlarini bajarishga xavfli va gabaritsiz yuklardan tashqari barcha turdagi 
yuklar qabulqilinadi. 
Transport-ekspeditsiya xizmati ishlarini ko‘rsatish maq- sadida respublikada 
transport ekspeditsiyasi boshqarmasi tashkil qilingan, viloyatlardagi tashkilotlarning 
transport- ekspeditsiya xizmati ishlarini yuk avtoboshbekatlari va maxsus transport 
ekspeditsiya korxonalari bajaradi. Bu korxonalarning yo‘nalish dispetcher punktlari 
yordamida avtomobil transportilarning yukli yurish masofalari oshi riladi. Transport-
ekspeditsiya korxonalarida omborxonalar, yukni ochiqda saqlash maydonlari, 
tarozilar, ortish-tushirish mexanizmlari, tara va yuklarni materiallar bilan o‘rab joy- 
lashtirish bo‘limi, agentlik binosi va haydovchilardamolish xonalaribo‘ladi. 
Yuk punktlarida tasdiqlangan texnologikjarayonasosida yuklarni qabul qilish va 
topshirish hujjatlarini ras- miylashtirish va boshqa ishlar bajariladi. Bu texnologik 
jarayon transport-ekspeditsiya xizmati ishlarini ko‘rsatish- da ishtirok qiladigan 
barcha tomonlar bilan kelishilganholdatuziladi. 
Texnologik jarayonda ishning maqsadi va bajarish sharoitlari, hujjatlarni 
tayyorlash, tashishni rejalashtirish, dispetcherlik ishini tashkil qilish va shunga 
o‘xshash masa- lalar yuritiladi, shuningdek, unda yuk tushiriladiganhovli va hujjatlar 
aylanishi tasviri hamko‘rsatiladi. 


735
Transport-ekspeditsiya 
xizmati 
ishlari 
avtomobil 
transportida 
transportekspeditsiya xizmati ishlari tarifi asosida o‘stirish koeffitsientlarini 
kelishilgan holda qo‘llab hisob- lanadi. 
Transport uzellarito‘g‘risida tushuncha 
Yuk tashish jarayonida ikki va undan ortiq turdagi transport tarmoqlari 
to‘tashadigan joyga transport uzeli (tuguni) deyiladi. 
Transport uzellari katta shaharlarda, sanoat markazlari, avtomobil va temiryo‘l 
bekatlarida bo‘ladi. Transport tugunlarida quyidagi ishlar bajariladi: Tranzit yuklarni 
bir yo‘nalishdan ikkinchi yo‘nalishga o‘tkazish; Yuklarni birt ransportturidan 
ikkinchi transport turiga O‘tkazish; Sanoat korxonalarini va aholiga transportlarbilan 
Xizmat ko‘rsatish; 
Moddiy tovarlar ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi korxonalarning 
yuklarini uzoq masofalargatashish; 
Temiryo‘l va avtomobil boshbekatlaridan ta’minot bazalari va yirik korxonalar 
yuk ortish-tushirish punktlariga tashish vaaksincha; 
Avtomobil transportilarga texnik xizmatko‘rsatish 
Va ta’mirlash ishlarini bajarish. 
Transport tarkibi quyidagilardan tashkil topadi: 
Temiryo‘luzeli; 
Avtomobil yo‘llariuzeli; 
Aeroport; 
Sanoat korxonalari ichkiyo‘llari. 
Transport uzeli katta magistrallar kesishgan joylarda tashkil etiladi. Bunday 
uzellarda tranzit va mahalliy yuk tashish ishlari bajariladi. 
To‘g‘riva aralash usuldayuk tashish 
Mahalliy yuk tashishda transport jarayonlari bitta trans- port korxonasi 
avtomobil transportii yordamida bajari- ladi. 
Yuk tashishda bir necha avtokorxona qatnashadi, bir xil avtomobil transportidan 
foydalaniladi. Aralash yuk tashishda bir necha transport turi ishtirok etadi. Aralash 
yuk tashishda yuklar bir transportdan ikkinchisiga o‘tkazilganda ortish-tushirish 
jarayonlari soni ko‘- payadi va bu holat tashish tannarxining oshishiga sababchi 
bo‘ladi.
Aralash 
yuk 
tashishda 
transport 
turlari 
tarkiblariningyukortish-
tushirishpunktlaridato‘xtab turish vaqtlari- ni qisqartirish maqsadida konteynerlardan 
va tagliklardan foydalaniladi. 
To‘g‘ri va aralash usulda uyum, donali, tarali va kon 
Teynerda joylashgan yuklar tashiladi. Tashishda massasi 10 kg dan kam 
bo‘lgan, portlovchi, tez ta’sir qiluvchi zaharli moddalar qo‘yilib tashiladigan yuklar 
qabul qilinmaydi. 
Tez ayniydigan va alangalanuvchi xavfli yuklar yuk 
Qabul qiluvchi tashkilot vakili kuzatuvi ostida tashiladi. 


736
Yuklarni konteyner usulidatashish 
Aralash usulda konteynerlarda yuk tashish bir qancha afzalliklarga ega. 
Konteyner va tagliklar yordamida yuk tashilganda yuk ortish-tushirish ishlarida 
mehnat sarfi anchaga qisqaradi. Yuk tashish rejalari (choraklik, yillik), yuk tashish 
qoidalari va tariflari, konteyner maydonlaridagi ishlarni bajarish, texnologik 
jarayonlar ko‘rsatmalari, konteynerlarda yuk tashishda asosiy hujjatlar bo‘lib hisob- 
lanadi. 
Konteyner maydonlari tarkibiga quyidagilar kiradi: 
Konteynerlarni joylashtirish va saqlash uchun may- don; 
Temiryo‘l va avtomobilyo‘llari; 
Avtomobil va avtopoyezdlar to‘xtab turishi uchun maydon; 
Yuk ortish-tushirishmexanizmlari; 
Xizmatxonalari; 
O‘lchashqurilmalari. 
Konteynerlar 
turadigan 
maydonlarda 
bajariladigan 
jara- 
yonlar 
quyidagilardaniborat: 
Temiryo‘l va avtomobil transportiga konteynerlarni ortish yokitushirish; 
Konteynerlarni qisqa muddatgasaqlash
Tranzit konteynerlarni guruhlargaajratish; 
Konteynerlarni yuk ortiladigan transport turibo‘yicha 
Guruhlash; 
Yuk tashish hujjatlarinirasmiylashtirish; 
Konteynerlarning yetib kelganligi to‘g‘risida mijozlarga xabarberish; 
Konteynerlarning tashib keltirilishi va jo‘natilishini rejalashtirish; 
Konteynerlarga texnik xizmat ko‘rsatish vata’mirlash. 

Yüklə 7,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   403   404   405   406   407   408   409   410   ...   425




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin