O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202



Yüklə 7,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə410/425
tarix07.01.2024
ölçüsü7,21 Mb.
#204744
1   ...   406   407   408   409   410   411   412   413   ...   425
Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

Nazorat savollar 
1.
Sanoat transportini texnik jixozlari 
2.
Sanoat korxonalariga tegishli transportlarning o‘ziga xos xususyatlari. 
3.
Ochiq usulda ishlanadigan tog‘ konlarining chuqur joylarida ishlashyaydiga 
transport vositalari 
4.
Sanoat yuklariga qanday yuklar kiradi?
5.
Sanoat transporti tarkibiga nimalar kiradi?
6.
Sanoat transporti tushunchasi. 
7.
Sanoat trasnportini rivojlantirish 
 


743
49-mavzu. Turli xil xalq xo‘jaligi yuklarini tashishni tashkil qilish, 
qurilish, qishloq xo‘jaligi yuklarini tashishni tashkil qilish 
Reja: 
1. Qurilish yuklarini tashish 
2. Qishloq xo‘jaligi yuklarini tashish 
3. Savdo tarmoqlari yuklarini tashish 
Tayanch so‘z va iboralar: 
uyib tashiluvchi yuklar, suyuq va yarim suyuq 
yuklar, temir-beton buyumlar, qishloq xo‘jalik yuklari, savdo yuklari, sanoat yuklari 
Hozirgi kunda qurilish yuklarini tashishda konteyner, paket va boshqa ilg‘or 
usullarni qo‘llash keng tarqalgan. 
Qurilishyuklari quyidagi guruhlarga ajratiladi: 
1. Uyilib tashiluvchiva sochiluvchan yuklar (tuproq, qum, shag‘al va hokazo). 
2. Suyuq va yarim suyuq yuklar (bitum, sement, gips, sement qorishmasi, suyuq, 
beton va hokazo). 
3. Tara va tarasiz turli massali va gabaritli o‘lchamdagi yuklar (g‘isht, bochka, 
qop va yashiklarga joylanganmateriallar, santextika buyumlari va qurilish buyumlari 
va hokazo). 
4. Uzun o‘lchamdagi yuklar, temir-beton buyumlar va konstruksiyalar (panel, 
balka, ferma, plita, ustun, kolonna va hokazo). 
Uyib tashiladigan va sochiluvchanyuklar — qurilish yuklarini tashish hajmining 
75—80 % ini tashkil qiladi. Bunday turdagi yuklar samosval kuzovli avtomobil va 
avtopoezdlarda tashiladi. 
Suyuq va yarim suyuq yuklarni tashishda sisterna kuzovli avtomobillardan keng 
foydalaniladi. Ayrim holatlarda sisternali konteynerlar va yumshoq konteynerlardan 
ham foydalaniladi. 
Sement maxsus idishlarda tashilganda 5—10 % mahsulot isrof bo‘ladi. Sement 
tashilganda changiydi va inson salomatligiga xavf tug‘diradi. Shuning uchun ham 
maxsus sisterna kuzovli avtomobildan yoki yumshoq konteynerlardan foydalanish 
yaxshi natija beradi. 
Beton qorishmasi (suyuq beton) samosval kuzovli avtomobillarda konteynerlar 
yordamida tashiladi. Manfiyharoratdaavtomobil kuzovi va konteyner maxsus issiq 
saqlovchi materiallar bilan yoki dvigateldan ishlatib chiqayotgan gaz bilan isitiladi. 
Uzoq masofalarga beton va beton qorishmalarni tashishda maxsus 
avtomobillardan foydalaniladi. 
Qurilish qorishmalari (sement, ohak qorishmalari va hoqazo) kuzovi germetik 
berksamosval avtomobillarda yoki maxsus qorishma tashiydigan avtomobillarda 
tashiladi. Bu avtomobillar kuzovlari qish oyida issiq saqlovchi materiallar bilan 
jihozlanadi yoki ishlatib chiqayotgan gazlar bilan isitiladi. 


744
Donaliyuklar (g‘isht, bochka, qop, yashikdagi materiallar, santexnika buyumlari 
va hokazo) bortli avtomobil va avtopoezdlarda tashiladi. Qurilish yuklari ichida 
ko‘pincha g‘isht tashiladi. G‘isht 1—2 t • m
3
ko‘b hajmda yoki maxsus 
konteynerlarda tashiladi. 
Paket usulida g‘ishtlar “archa" shaklida taglikka joylashtiriladi. Silikat g‘ishtlar 
tagliklarda va tagliklarsiz tashiladi. Silikat g‘ishtlar tagliklarga„piramida" shaklida 
joylashtiriladi va tasma o‘rab mahkamlanadi. 
Uzun o‘lchamdagi yuklar, temir-beton buyumlar konstruksiyasiga maxsus 
transport vositalari: panel tashuvchi avtopoezd; blok tashuvchi past ramali yarim 
tirkama va avtomobil-tyagach; balka va ferma tashuvchi avtomobillarda tashiladi. 
Qurilish yuklarini tashishda quyidagilar ilg‘or usulda hisoblanadi: 
1. „g‘ildirakdan-montajga" usuli. Bu usulning xalq xo‘jaligidagi samaradorligi 
juda yuqoridir. Bunda binolarni montaj qilish muddati qisqaradi, qurilishdatushirish 
ishlarining hajmi kamayadi, qurilish omborxonalari tashkil qilishga sarflanadigat 
xarajatlar qisqaradi va qurilish maydonlarida qurilish buyumlarining shikastlanishi 
deyarli yo‘qoladi. 
2. Tyagachni uchta yarim tirkama bilan birgatashish moki usuli. Bunda 
haydovchilarning mehnat unumi oshadi, ortish-tushirishda to‘xtab turish vaqtlari 
keskin qisqaradi. 
3. Smena-soat grafigi asosida yig‘ma elementlarni montaj qilish va tashish usuli. 
Bu usuldaish ishtirokchilar o‘rtasida kelishilgan tarzda tashkil qilinadi va muntazam 
operativ nazorat o‘rnatiladi. 
4. Taglik, konteyner va maxsus transport vositalaridankengfoydalanishusuli. 
Uyilib tashiladiganyuklarni (tuproq, qum, tosh, shag‘al va hokazo) tashishda 
avtomobilning muddatidan oldin eyilishi, ishdan chiqishi va nosozligining oldini 
olish maqsadida samosval avtomobil kuzovi hajmi ekskavator cho‘michidan3—5 
marta katta bo‘lishi kerak (cho‘mich hajmining kuzov hajmiga nisbati 1:3—1:5). 
Agar bu tenglik bajarilmasa, samosval avtomobili unga yuk ortish paytida ko‘p vaqt 
to‘xtab qoladi,ish unumi pasayadi. 
Avtomobil transportida 50 turga yaqip qishloq xo‘jaligi yuklari tashiladi. 
Qishloq xo‘jaligi yuklari tannarxda transport xarajatlarining 15—40 % ini tashkil 
qiladi. Qishloq xo‘jaligi yuklariga: bug‘doy, kartoshka, paxta, meva, xashak massasi, 
pichan, o‘g‘it va shunga o‘xshashlar kiradi. Bu yuklarni tashishning asosiy 
xususiyatlari quyidagilardat iborat: 
1. Hosil yig‘ish mavsumiy bo‘lgani uchun tashish hajmi va yuk oqimining 
o‘zgarib turishi. 
2. Turli yo‘l sharoitlarida yuk tashish ishlarining bajarilishi. 
3. Yuk tashishlar qa’tiy belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi. 
4. Tashiladiganyuklar hajm og‘irligining aniqligi (0,12—0,90 t/m
3
). 


745
5. Mavsumga qarab yukni qaytalab tashishkoeffitsientlariningyuqori bo‘lishi 
(masalan, bug‘doy 2,5; kartoshka 2,1; hashak massasi 1,7 va shunga o‘xshash 
mahsulotlar). 
Qishloq xo‘jaligi hosilini yig‘ishtirishda mahsulot turidan qat’iy tazar, ishni 
tashkil qilishning uchta usuli qo‘llantiladi. 
1.uzluksiz ish usuli. Bundamahsulotbevositayig‘ish agregatidantransport vositasi 
kuzoviga tushadi. 
2. Alohida ish usuli. Bunda o‘rib yig‘ilganmahsulot transport vositasining 
kuzoviga yuklanishiga qadar dalada alohida-alohida saqlanadi. 
3. Birga qo‘shilganish usuli. Bunda uzluksiz va alohida ish usullari 
birlashtiriladi. 
Qishloq xo‘jaligi mashitalari bilan birga ishlash uchun zarur bo‘lgantransport 
vositalari soni quyidagicha aniqlanadi: 
Bug‘doy hajmining 70% ga yaqini birinchi usulda tashiladi. Bug‘doy kuzovi 
zich yopilib, kengaytirilgan bortli va samosval avtomobillar ustiga brezent, sholcha 
yopib tashiladi. Bortning ko‘tarilishi natijasida kuzovga 0,40-0,83 t/m
3
hajmdagi 
bug‘doy qo‘shimcha yuklanadi. Bug‘doy hajmi 0,7-0,8 t/m
3
ni tashkil qiladi. Bortli 
avtomobillardan bug‘doyni tushirishda avtomobil ag‘dargichlaridan foydalaniladi. 
Sholi tashishda bortli va maxsus sisterna kuzovli samosval avtomobilladan 
foydalaniladi. Bortli avtomobil va tirkamalar kuzovlari zich yopiladi va kuzovdagi 
sholi ustiga brezent, sholcha yopib qo‘yiladi. Yuklash ishlari kombayn va maxsus 
kurakli transporterlarda bajariladi. Sholi tashuvchi maxsus sisterna kuzovli samosval 
avtomobilda kuzovi zich yopiladigan va yuqoridan engil ochiladigan sisterna 
qopqog‘i bor. Bunda sholi isrof bo‘lishining oldi olinadi va yuk ortish-tushirish 
ishlari mexanizasiyalashadi. Sholi bortli avtomobillardan avtomobil-ag‘dargichlarda 
tushiriladi. 
Kartoshka mashina kuzoviga uyib, idishlarga solib va kontey-nerlarda tashiladi. 
Idish va konteynerlardan foydalanilganda tashish va saqlash jarayonida kartoshka 
yaxshi saqlanadi, ortish-tushirish ishlari mexatizasiyalashadi. 
Kartoshka yuk ortish va tushirish jarayonida tez lat eyishi mumkin. Shuning 
uchun kartoshka tugunaklarini 0,5 metrdan baland qattiq yuzaga bir metrdan ortiq 
qalinlikda qatlam tarzida joylashga ruxsat etilmaydi. 
Kartoshka kovlovchi kombaynesa dalada kartoshka tugunaklaridan uyum hosil 
qiladi. Uyumdagi kartoshka plastinkali transportyor yoki savatda qo‘lda transport 
vositasi kuzoviga ortiladi. Kartoshka uyub tashilganda 40—50% gacha hosil isrof 
bo‘lishi mumkin. —50°c haroratda tashilganda avtomobil va tirkama kuzovi sovuq 
o‘tqazmaydigan materiallar bilan o‘raladi, kartoshka usti esa yopib qo‘yiladi. 
Konteynerlar hajmi 500—900 kg bo‘lib, taxta qoplangan metall karkasdan 
tayyorlanadi. Konteynerlarda kartoshkani savdo tarmoqlari va umumovqatlanish 
tashkilotlariga to‘g‘ri etkazib berish mumkin. 


746
Konteynerlarda kartoshkani ma’lum muddatga saqlashni ham tashkil qilish 
mumkin. Konteynerlardan foydalanganda transport vositalarining samarali ishi 
ta’minlanadi.
Paxta terish mashinalarida paxta paykal oxirida bunkerdantransport vositasi 
kuzoviga tushiriladi. Xirmondagi paxtani yuk ortishda metall va sanchqili 
yuklagichlardan foydalaniladi. Paxta transportvositalarida qabul qilish punktlari va 
qayta ishlash zavodlariga etkazib beriladi. Chigitli paxta uyib, tarasiz usulda bortli 
metallto‘r bilan qoplangan, hajmi 25 m
3
bo‘lgansamosval kuzovli yarim tirkamali 
transport vositalarida tashiladi. 
Paxta qabul qilish punktlarida chigitli paxta transport vositasi kuzoviga 
konveyer yordamida yuklanadi va o‘ziga o‘rnatilgan gidravlik mexanizm bilan 
kuzovni o‘ng tomonga egib tushiriladi. Paxta tashishda transport vositasi 
dvigatelining ovozini pasaytirgichga maxsus moslama o‘rnatiladi va yong‘inga qarshi 
jihozlantiriladi. Tashish jarayonida paxta usti brezent sholcha bilan yopib qo‘yiladi. 
Paxta toyini tashishda bortli avtomobil, tirkama va yarim tirkamalardan foydalaniladi. 
Yuk ortish-tushirish ishlari elektr yuklagichlar yordamida bajariladi. 
Sabzavot va mevalar dala maydonidan tashqarida paykal chetida avtomobillarga 
ortiladi. Sovuq ob-havo sharoitida haroratni bir xilda tutib turadigan kuzovli, kuzov 
ichki qismi isitiladigan yoki sovitiladigantransport vositalarida tashiladi. 
Sut sisterna va bidonlarda tashiladi. Sut sisternada tashilganda yuk ortish-
tushirish ishlari, idish va sanitar qayta ishlov berish xarajatlari kamayadi, tashish 
sifati yaxshilanadi. 
Tirik chorva mollari va parrandalar maxsus transport vositalarida tashiladi. 
Chorva mollarini tashuvchi transport vositasi shatakchi avtomobil va yarim 
tirkamadan tashkil topgan. Yarim tirkama kuzovi ustki qismi panjara qilinib, yon 
tomonlari taxta material bilan qoplanadi. Kuzov yon tomonining ichki qismida 
chorva mollari arqonini bog‘lab qo‘yish uchun halqachalar o‘rnatiladi. Chorva 
mollari transport vositasining yon tomonidaneshik-narvon orqali ortib-tushiriladi. 
Kuzov ichi metallpardevor bilan to‘rtta bo‘lmaga ajratiladi. 
Savdo tarmoqlari yuklarini to‘rtta guruhga ajratish mumkin. 
1-guruh yuklarga go‘sht va go‘sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, pivo va 
alkogolsiz chanqovbosti ichimliklar, non kiradi. Bu mahsulotlar tayyorlovchi 
korxonalardan bevosita savdo tarmoqlari va umumovqatlanish tashkilotlariga 
tashiladi. 
2-guruh yuklarga shakar, tuz, aroq-vino ichimliklari, sovun, gugurt va shunga 
o‘xshash tovarlar bevosita mahalliy sanoat korxonalaridan yoki temiryo‘l bosh 
bekatlaridan tashiladi. 
3-guruh yuklarga qandolat mahsulotlari, tayyor ustki va oyoq kiyimlar, gazlama, 
attorlik va madaniy tovarlar kiradi. 
4-guruh yuklarga ulgurji savdo bazalaridan yoki turli savdo tashkilotlari 
omborxonalaridan tashiladigan va boshqa turdagi tovarlar kiradi. 


747
Savdo-sotiq 
yuklarining 
xususiyatiga 
qarab 
yuklarni 
tashishda 
foydalaniladigantransport vositalari yuklarning ishonchli saqlanishini, kuzov 
hajmining kengayishini, yuk ortish-tushirish ishlarini mexanizasiyalashni, yuklarga 
tamg‘a bosib, zarurbo‘lganda seksiyalarda tashishni ta’minlashi kerak. 
Transport vositasining turi va yuk ko‘taruvchanligini tanlashda tovarning 
xususiyatiti, jo‘natilayotgat yuk massasini, tashish vaqtini, muhit haroratini, savdo 
tarmoqlariga tez etkazib berilishini e’tiborga olish kerak. 
Oziq-ovqat mahsulotlarini tashishda foydalanilayotgantransport vositasida 
mahalliy sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan berilgan sanitar pasporti, haydovchi 
tibbiyot daftarchasi bo‘lishi kerak. Transport vositasi har kuni yaxshilab tozalanishi 
va grafik asosida dezinfeksiya qilinishi shart. 
Non mahsulotlari lotok yoki konteynerlarda maxsus transport vositalarida 
tashiladi. Lotok va konteynerlar qo‘lda yuklanadi va tushiriladi. Umumiy tashish 
hajmining 18-20 foizini tara massasi tashkil qiladi. Savdo do‘konlariga non qat’iy 
belgilangan grafik asosida tashiladi. 
Un qopga solinib, bortli avtomobil va tirkamalarida, kuzovda harorati bir xilda 
turuvchi maxsus furgon avtomobillar, shuningdek, qopda paket usulini qo‘llagan 
holda yassi tagliklarga joylab ham tashiladi. Bunda yuklab-tushirish ishlari 
mexatizasiyalashadi.Qopda un tashish quyidagi kamchiliklarga ega: har bir qopga 
to‘g‘ri keluvchi un isrofi 300 g ni tashkil qiladi, unning sifati yomonlashadi, qon 
tayyorlash uchun material xarajati ortadi.Maxsus transport vositasidan foydalanib, 
tarasiz usulda un tashilganda yuk ortishdagi kamchiliklar tugatiladi. Bu transport 
vositasi kuzovi vertikal joylashgan sisterna shaklida bo‘lib, unni o‘zida o‘rnatilgan 
kompressor yordamida siqilgan havo yordamida 25 metr balandlikka va 50 metr 
uzunlikka uzata oladi. Elevator va non zavodlarida un sisternaga un minorasidan 
kompressor yordamida trubalar orqali yuklanadi. Bunday transport vositasining un 
tashishda qo‘llanilishi un isrofini tugatadi va yuk ortish-tushirish ishlarida mehnat 
sarfi kamayib, xalq xo‘jaligiga katta foyda keltiradi. 
Tez ayniydigan mahsulotlar haroratni bir xilda saqlab turuvchi va sovutgichli 
berk furgon kuzovli avtomobil va yarim tirkamalarda tashiladi. Haroratni bir xilda 
saqlab turuvchi transport vositalarida tez ayniydigan mahsulotlar sovutilgan va 
muzlatilgan holatda tashish ta’minlanadi. 
Sanoat savdo yuklari paket holida va konteynerlarda furgon kuzovli maxsus 
transport vositalarida tashiladi.Tashishda konteyner va paket usuli qo‘llanilganda 
orqa borti ko‘tariladigan va krani bor o‘zi yuklovchi (tushiravchi) avtomobillardan 
foydalaniladi. 
Savdo va umum ovqatlanish tashkilotlari yuklarini tashishda ilg‘or qo‘llash 
usullari tufayli maxsus transport vositalaridan foydalaniladi, tashishning konteyner va 
paket usuli qo‘llaniladi, yuk ko‘taruvchanligiga qarab avtomobil saroyi tarkibi 
takomillashadi, tashishni operativ rejalashtirish va tarqatuvchi marshratlarni 


748
tanlashda ehmni qo‘llash, dispetcher orqali boshqarish ishlarini yaxshilash imkoni 
tug‘iladi. 

Yüklə 7,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   406   407   408   409   410   411   412   413   ...   425




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin