759
“kungaboqar”.
talabalar 4-5 kishidan iborat guruhlarga boʻlinadi. Oʻqituvchi fanning
mavzusidan kelib chiqib, oʻrtaga bitta muammoni tashlaydi. Har bir guruh
kungaboqar yasab, uning markaziga doira joylashtirib, barglar yopishtiradi. Mavzuga
qarab, doiraga har bir guruhga yoki umumiy bitta muammo yozilib, doskaga
yopishtiriladi ajratilgan vaqt ichida guruhlar birgalikda fikrlarini bargga yozib, uni
oʻsha guruh muammosi yozilgan gulga joylashtirib qoʻyadilar. Bu uslubdan oʻtilgan
mavzuni tushuntirish, uni mustahkamlash va takrorlash hamda talabalar egallagan
bilimlarni aniqlashda foydalanish mumkin.
«insert» metodi
sinf oʻquvchilari guruhlarga boʻlinadilar, guruhlar nomlanadi. Oʻqituvchi yangi
mavzuni eʼlon qiladi va har bir guruhdan yangi mavzuga oid ikkitadan fikr
bildirishlarini soʻraydi. Guruhlar navbati bilan (ushbu jarayonda guruhningbarcha
aʼzolari faol ishtirok etishlarini taʼminlash maqsadga muvofiq) fikr bildiradilar.
Bayon etilgan fikrlar yozuv taxtasigayozib boriladi. Faoliyat yakunlangach,
oʻqituvchi yangi mavzu mazmuni yoritilgan matnni oʻquvchilarga tarqatadi. Soʻngra
shunday topshiriq beriladi.
topshiriq.
A) matn bilan tanishib chiqing;
B) matnning har bir qatoriga quyidagi belgilarni qoʻyib chiqing:
Z - matnda guruhlar tomonidan bildirilgan fikr oʻz aksini topgan boʻlsa; s - matnda
guruxlar tomonidan bildirilmagan fikr yuritilgan boʻlsa;d - matnda bildirilgan
fikrlarga zid fikrlar mavjud boʻlsa; ? - matn bilan tanishish jarayonida
tushunmovchiliklar yuzaga kelsa.
soʻngra guruh aʼzolarishaxsiy qarashlarini oʻzaro oʻrtoqlashadilar, guruh
boʻyicha belgilar soni umumlashtiriladi. Liderlar vositasida har bir belgining miqdori
bayon etiladi va izohlanadi. Oʻqituvchi guruhlar tomonidan qayd etilgan
sonlarniularning nomlari yozilgan ustunga yozib boradi.
oʻqituvchi har bir guruh lideri fikrini tugatgach, yuzaga kelgan qarama
qarshilik va tushunmovchiliklarni oʻquvchilar toʻgʻri xal etishlariga va tushunib
olishlariga yordam beradi.
shundan soʻng guruhlar darslikda berilgan matn bilan tanishib chiqib, asosiy
tushunchalarni ajratidalar ular oʻrtasidagi mantiqiy munosabatlarni ochib berishga
harakat qiladilar (modellashtiradilar). Guruhlar tomonidan ilgari surilganfikrlar
umumlashtirilib, liderlar tomonidan sinf jamoasida yetkaziladi.
Dostları ilə paylaş: