O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent – 202



Yüklə 7,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə418/425
tarix07.01.2024
ölçüsü7,21 Mb.
#204744
1   ...   414   415   416   417   418   419   420   421   ...   425
Avtomobil transportlarida yuklarni tashish NiDiSYm

 


759
“kungaboqar”. 
talabalar 4-5 kishidan iborat guruhlarga boʻlinadi. Oʻqituvchi fanning 
mavzusidan kelib chiqib, oʻrtaga bitta muammoni tashlaydi. Har bir guruh 
kungaboqar yasab, uning markaziga doira joylashtirib, barglar yopishtiradi. Mavzuga 
qarab, doiraga har bir guruhga yoki umumiy bitta muammo yozilib, doskaga 
yopishtiriladi ajratilgan vaqt ichida guruhlar birgalikda fikrlarini bargga yozib, uni 
oʻsha guruh muammosi yozilgan gulga joylashtirib qoʻyadilar. Bu uslubdan oʻtilgan 
mavzuni tushuntirish, uni mustahkamlash va takrorlash hamda talabalar egallagan 
bilimlarni aniqlashda foydalanish mumkin. 
«insert» metodi 
sinf oʻquvchilari guruhlarga boʻlinadilar, guruhlar nomlanadi. Oʻqituvchi yangi 
mavzuni eʼlon qiladi va har bir guruhdan yangi mavzuga oid ikkitadan fikr 
bildirishlarini soʻraydi. Guruhlar navbati bilan (ushbu jarayonda guruhningbarcha 
aʼzolari faol ishtirok etishlarini taʼminlash maqsadga muvofiq) fikr bildiradilar. 
Bayon etilgan fikrlar yozuv taxtasigayozib boriladi. Faoliyat yakunlangach, 
oʻqituvchi yangi mavzu mazmuni yoritilgan matnni oʻquvchilarga tarqatadi. Soʻngra 
shunday topshiriq beriladi. 
topshiriq. 
A) matn bilan tanishib chiqing;
B) matnning har bir qatoriga quyidagi belgilarni qoʻyib chiqing: 
Z - matnda guruhlar tomonidan bildirilgan fikr oʻz aksini topgan boʻlsa; s - matnda 
guruxlar tomonidan bildirilmagan fikr yuritilgan boʻlsa;d - matnda bildirilgan 
fikrlarga zid fikrlar mavjud boʻlsa; ? - matn bilan tanishish jarayonida 
tushunmovchiliklar yuzaga kelsa. 
soʻngra guruh aʼzolarishaxsiy qarashlarini oʻzaro oʻrtoqlashadilar, guruh 
boʻyicha belgilar soni umumlashtiriladi. Liderlar vositasida har bir belgining miqdori 
bayon etiladi va izohlanadi. Oʻqituvchi guruhlar tomonidan qayd etilgan 
sonlarniularning nomlari yozilgan ustunga yozib boradi. 
oʻqituvchi har bir guruh lideri fikrini tugatgach, yuzaga kelgan qarama 
qarshilik va tushunmovchiliklarni oʻquvchilar toʻgʻri xal etishlariga va tushunib 
olishlariga yordam beradi. 
shundan soʻng guruhlar darslikda berilgan matn bilan tanishib chiqib, asosiy 
tushunchalarni ajratidalar ular oʻrtasidagi mantiqiy munosabatlarni ochib berishga 
harakat qiladilar (modellashtiradilar). Guruhlar tomonidan ilgari surilganfikrlar 
umumlashtirilib, liderlar tomonidan sinf jamoasida yetkaziladi. 

Yüklə 7,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   414   415   416   417   418   419   420   421   ...   425




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin