758
Express-testlar
Exspress-testlar ma'lum tushunchalar ketma-ketligidan so‘ng (1-2 mavzu) shu
mavzularda o‘quvchilarning o‘rgangan bilimlarini nazorat qilish va uni
mustahkamlash uchun o‘tkazish maqsadga muvofiq. Exspress-testlar adatda shu
mavzularga oid 3-4 ta kichik va yengil mashg‘ulot topshiriqlardan
yoki testlardan
iborat bo‘ladi. Exspress-testlarni darsnung ichida qisqa vaqtlarda (5-10 min)
o‘tkazish mumkin. Topshiriqlar ko‘p variantli tizimda kartochkalarda tarqatiladi. Bu
testni
o‘tkazishdan asosiy maqsad o‘quvchilar dts minimal talablarini
o‘zlashtirganliklari tezkor ravishda aniqlab olishdan iborat.
O‘quvchilarning o‘zlashtirganlik darajalarini nazorat qilish va baholash
topshiriqlarining namunalari turli xil manbalardan yig‘ilgan bo‘lib,
ular haqida
ma’lumotga ega bo‘lish va amaliyotda qo‘llash o‘qituvchilar uchun foydadan holi
bo‘lmaydi.
Topshiriqlar quyidagi bandlardan iborat bo‘lishi mumkin:
1. Bo‘sh qoldirilgan joylarni zarur so‘zlar bilan to‘ldiring
2. Jumlaning ma’nosidan kelib chiqib, qavslar ichida keltirilgan so‘zlardan
mosini
tanlang va tagiga chizing
3. To‘g‘ri javobni toping
4. Ikki tasdiqdan to‘g‘risini ajrating
5. Ta’rifdagi (jumladagi)
xatoni toping
6. Quyida keltirilgan so‘zlarning ma’nosidan kelib chiqib, mantiqiy juftliklarni tuzing
7. Matematik tushuncha va atamalar talqiniga ko‘ra
jumlani davom ettiring
8. Quyida keltirilgan formulalar qaysi matematik tushuncha xossalariga tegishli
ekanligiga qarab, jufti-jufti bilan mos guruhlarga ajrating
9. A ustunda berilgan atamaga b ustundagi tegishli talqinni mos qo‘ying
10. Andazaga ko‘ra masala tuzing va
uni yeching
11. Sonli yozma ish (diktant)
O‘qituvchi o‘quv taxtasiga bir nechta atamaning nomlarini yozib nomerlab
chiqadi. So‘ng esa, bu atamalarning (tushunchalarning) nomini aytmasdan ta’rifini
ixtiyoriy tartibda o‘qiydi. O‘quvchilar esa bu atama (tushuncha) qaysi raqam ostida
yozilganligini topishlari so‘raladi. Natijada 5, 6, 10, 1, 7, 2, 3, 12, 4, 9, 8
ko‘rinishdagi sonli satrdan iborat javob hosil bo‘ladi. .
12. Biror mavzuga
oid masala yoki savol tuzish
Dostları ilə paylaş: