753
tarasiz usulda un tashilganda yuk ortishdagi kamchiliklar tugatiladi. Bu transport
vositasi kuzovi vertikal joylashgan sisterna shaklida bo‘lib, unni o‘zida o‘rnatilgan
kompressor yordamida siqilgan havo yordamida 25 metr balandlikka va 50 metr
uzunlikka uzata oladi. Elevator va non zavodlarida un sisternaga un minorasidan
kompressor yordamida trubalar orqali yuklanadi. Bunday transport vositasining un
tashishda qo‘llanilishi un isrofini tugatadi va yuk ortish-tushirish ishlarida mehnat
sarfi kamayib, xalq xo‘jaligiga katta foyda keltiradi.
Tez ayniydigan mahsulotlar haroratni bir xilda saqlab turuvchi va sovutgichli
berk furgon kuzovli avtomobil va yarim tirkamalarda tashiladi. Haroratni bir xilda
saqlab turuvchi transport vositalarida tez ayniydigan mahsulotlar sovutilgan va
muzlatilgan holatda tashish ta’minlanadi.
Sanoat savdo yuklari paket holida va konteynerlarda furgon kuzovli maxsus
transport vositalarida tashiladi.Tashishda konteyner va paket usuli qo‘llanilganda
orqa borti ko‘tariladigan va krani bor o‘zi yuklovchi (tushiravchi) avtomobillardan
foydalaniladi.
Savdo va umum ovqatlanish tashkilotlari yuklarini tashishda ilg‘or qo‘llash
usullari tufayli maxsus transport vositalaridan foydalaniladi, tashishning konteyner va
paket usuli qo‘llaniladi, yuk ko‘taruvchanligiga qarab avtomobil saroyi tarkibi
takomillashadi, tashishni operativ rejalashtirish va tarqatuvchi marshratlarni
tanlashda ehmni qo‘llash, dispetcher orqali boshqarish ishlarini yaxshilash imkoni
tug‘iladi.
Dostları ilə paylaş: