28-jadval
Sanoat temir yo‘l transportidagi lokomotivlar texnik tavsifi
Lokomot
ivlar
Seriyasi
Ishlab
chiqarilgan
Joyi
Dvigatelining
quvvati
Og‘irligi,
tk
Har bir o‘qdan
izlarga
tushuvchi
Og‘irlik, tk
Tortish
kuchi,
Kgk
Kvt soat Ot kuchi
Elektrovozlar
1 upk
Rossiya
840
80
20
12000
21e1
Chexiya
1560
150
25
19800
26 e
Chexiya
2550
180
30
31700
El-1
Germaniya
2100
150
25
24900
D 94
Rossiya
2550
94
28,5
24000
Teplovozlar
Tem-1
Bryansk
zavodi
1000
122,4
20,4
20000
Tgm-10
Bryansk
zavodi
1200
121,2
20,2
23000
Tgm-3
Lyudinovsk
zavodi
750
68
17,0
14000
Tgm-5
Lyudinovsk
zavodi
2x1200
160
20
46000
Tgm-1
Muromsk
400
48
16,0
12200
739
zavodi
Tgm-23
Muromsk
zavodi
500
48
16,0
14000
Tgk-2
Kalujsk zavodi
150
25
12,5
6250
Tgk-2
Kalujsk zavodi
220
30
15,0
7400
Tgk-6
Kalujsk zavodi
2x1200
2x86
22,0
2x1300
Shtatining“katerpillar” va shvetsiyaning “yuklid” modelli avtopoezdlari
qo‘llaniladi. Kelajakda esa avtopoezdlarning ko‘tarish qobiliyati 200 t va undan ortiq
ham bo‘lishini nazarda tutishlik lozim. Bundan tashqari amudaryo suv yo‘llari
yoqasidagi sanoat korxonalarida 100ga yaqin suv kemasi va boshqa transport
jihozlari ham mavjuddir.
29-jadval
Turli sanoat transportlarida umumiy yuk oborotining taqsimlanishi
Sanoat transporti
Turlari
Yuk oborotining taqsimlanishi, foizda
1965 yil
1970 yil
1980 yil
2000 yil
Temir yo‘l
46,8
45,1
42,2
50,8
Avtomobil
33,6
74,4
43,8
46,9
Boshqa transportlar
(konveyer, quvur orqali
yuborgich, osma kanat yo‘llari)
19,6
21,5
23,1
2,9
Izoh: 1965-1980 y. Sobiq sssr va 2000 y. O‘zbekiston Respublikasi
statistikako‘rsatkichi
Ekspertlarbaholarigako‘ra,biryilmobaynida sanoattransporti barcha turlarida2,5
mlrd. Tonna yuk tashilgan. Ular o‘rtasidagi yuk tashish taqsimoti 29-jadvalda
berilgan.
2000 yilda O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l shaxob-chalarida 141,4 mln.
Tonna yuk o‘rtacha 9,5 kilometr masofaga tashildi. Sanoat temir yo‘l transportida
tashilgan yuklar umumiy hajmi magistral temir yo‘llarda tashilgan yuklar hajmidan
2,93 marta ko‘pdir.
Sanoat korxonalari yuklarini tashish
Sanoat yuklariga yog‘och, ruda, metall, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar, jihozlar va
shunga o‘xshash yuklar kiradi. Yog‘och va yog‘och materiallar maxsus jihozlangan
transport vositalarida tashiladi. Yog‘och uzunligiga qarab kichik (3 m), uzun (3 dan
12 m gacha) va juda uzun (12 m dan ortiq) yog‘ochlarga ajratiladi. Tashilgan
yog‘ochlar tonna yoki kubometrda hisobga olinadi. Taxta materiallar paket usulida
tashiladi. Metall prokatlar va quvurlarni tashishda bortli avtomobil va
740
avtopoezdlardan foydalaniladi. Uzun prokat (6-14 metr) va quvurlarni tashishda
maxsus avtopoezdlardan foydalaniladi.
5-6 va 10-12 metrli metall quvurlar avtomobil-tyagach va ajratiladigan tirkamali
avtopoezdlarda, uzunligi 24-48 metrli yig‘ma metalla quvurlar esa avtomobil-tyagach
va ikki tirkamali avtopoezdlarda tashiladi.
Xavfli yuklarni tashish jarayonida zarur qoida va ko‘rsatmalarga qat’iy rioya
qilish kerak.
Avtomobil transportida xavfli yuklar tashish ko‘rsatmalarida belgilangan
tartibda tashkil qilinadi. Tashish ishlari faqat maxsus jihozlangan transport
vositalarida bajariladi. Avtomobillarni boshqarish tibbiy ko‘rik va maxsus
tayyorgarlikdan o‘tgan, kamida 3 yillik mehnat malakasiga ega bo‘lgan xavfli
yuklarni tashishga ruxsatnomasi bo‘lgan haydovchilargagina ruxsat etiladi.
Xalq xo‘jaligida ballonlarda kislorod, vodorod, bo‘tan-propan va tabiiy gazni
tashish keng tarqalgan. Ballonlarda siqilgan va suyo‘ltirilgan gazlarni tashishda tara
koeffitsienti qiymati katta bo‘lib, yuk ortish-tushirish ishlarida juda ko‘p mehnat
sarflanadi.
Siqilgankislorodhajmi 40 litr bo‘lgan maxsus metall ballonlarda tashiladi.
Balloning sof og‘irligi 70 kg bo‘lib, undagi kislorod massasi 8 kg ni tashkil qiladi.
Ballonlar maxsus moslamalar yordamida bortli avtomobillarda tashiladi. Bunda
ballonlar kuzovga ventillari bir tomonga yo‘naltirilib, gorizontal holatda 3-4 qator
qilib joylashtiriladi. Yuklash-tushirish ishlari qo‘lda bajariladi.
Ballonlardagi bo‘tan-propapgazlarini tashishda shassisida maxsus kuzovi
bo‘lganavtomobillardan foydalaniladi. Kuzovga 48 ta ballon gorizontal holatda
joylashtiriladi. Ballondagi gazlarni tashishda konteynerlardan ham foydalaniladi.
Konteyterlarga 4-8 dona ballon vertikal holatda joylashtiriladi. Yuklash-tushirish
ishlari mexanizmlar yordamida bajariladi. Konteyterda ballonlarni tashishda krani bor
avtomobillardan foydalanish yaxshi samara beradi.
Neft mahsulotlaridanyoqilg‘i, moy va mazutlar, tarasiz usulda, sisterna kuzovli
avtomobillarda tashiladi. Neft mahsulotlarini temir bochka, flyaga va bidonlarga
quyib, bortli avtomobillarda tashish ham amalda keng qo‘llaniladi.
Avtomobil sisternasining ichki qismi seksiyalarga ajratilgan bo‘lib, u erga
to‘lqinso‘ndiruvchi moslamalar joylashtiriladi. Sisternaning yuqori qismida
suyuqlikni quyish joyi bo‘lib, pastki qismiga tushirish moslamasi (nasos qurilmasi)
o‘rnatiladi.
Neft omborxonalarida maxsus rezervuar (idishlar)dan nasoslar yordamida
sisternalarga yoqilg‘i quyiladi.
Ruda tashishda belaz, yuklid va katerfillar rusumli samosval avtomobillardan
foydalaniladi. Bu avtomobillarning yuk ko‘taruvchanligi 12 dan 150 tonnagacha.
Kuzovi urilish kuchlariga qarshilik ko‘rsata oladigan qilib ishlangan. Ruda tashishda
samosval kuzovli avtomobillarning karerdagi harakati qarama-qarshi, tupik va
halqasimon ravishda tashkil qilinadi.
741
Katta massali gabaritsiz yuklarga transformatorlar, turbinalar, reaktorlar,
dastgohlar, qozonlar va shunga o‘xshashlar kiradi. Bu yuklar balandligi 6-7 metr,
uzunligi 40-50 metr, eni 5-7 metrga yaqin bo‘ladi. Massasi 40 tonnagacha bo‘lgan
yuklarni tashish uchun avtomobil-tyagach va yuk ortish balandligi 800-1300 mm ni
tashkil
qiladigan
yarim
tirkamali
avtopoezdlardan
foydalaniladi.
Yuk
ko‘taruvchanligi 15 tonnadan katta bo‘lgan yarim tirkamalarda ikkita o‘q bo‘lib, har
bir o‘qda 8 tadan g‘ildirak bo‘ladi. Ayrimlari yarim tirkamalar, ko‘targich, ko‘prik va
chig‘irlar bilan jihozlanadi.
Katta massali gabaritsiz yuklarni tashish uchun transport vositasini tanlash, yuk
ortish-tushirish ishlarini tashkil qilish va shu kabi muhim ishlarni bajarish kerak.
Sanoat korxonalaridagi yuklarni tashishda sex, zavod ichidagi va tashqi
transportlardanfoydalaniladi. Sanoat yuklari markazlashgan usulda tashilsa, tashqi
transport xizmatidan foydalanilmaydi. Sanoatda yuk tashish ishlarida konteyner va
tagliklardan keng foydalaniladi.
Qurilish ashyolari, konstruksiyalar va materiallarni tashish jarayoni qurilish
sur’ati va samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Qurilishda avtomobil asosiy
transport turi bo‘lib hisoblanadi. Qurilish yuklarining turi ko‘pligidantashishda turli
rusumdagi transport vositalaridan foydalaniladi.
Sanoat korxonalariga tegishli transportlar bir qancha o‘ziga xos xususiyatlari
bilan magistral transportlardan ajralib turadi.
Sanoat korxonalariga tegishli transportlar tashqi va ichki tashishlarda ham, qisqa
masofalarga tashishlarda ham transportning turli xillaridan foydalanadilar. Ko‘p
hollar-da sanoat transporti vazifalarini temir yo‘l va avtomobil transportlari bajarib,
ular katta miqdorli yuklarni korxonalar ichida yoki temir yo‘l transporti
magistrallarida va korxonalar orasidagi tashqi aloqa yo‘llarida tashish bilan
shug‘ullanadilar. Masalan, sanoat temir yo‘l transporti shaxob-chalarida 2000 yilda
144,1 mln. Tonna yuk o‘rtacha 9,5 kilometr masofaga tashilganligi va bu magistral
temir yo‘llarda tashilgan yuklar umumiy miqdoridan 2,93 marta ko‘pligi qayd
qilingan. Temir yo‘llardagi ortish va tushirish ishlari umumiy hajmidan 80 foizi ham
sanoat temir yo‘l shaxobcha-larida bajarilgandir.
Yuqorida aytilganlarga ko‘ra, sanoat transportida ko‘p mingli ishlovchilar
bo‘lishi tufayli ishlab chiqarish mahsu-lotlari tannarxida ular uchun sarflangan
xarajatlar ulushi ham kattadir.
Sanoat korxonalari juda ko‘p tashiladigan yuklar turi va tavsifiga moslangan
yoki ixtisoslashtirilgan transport jihozlariga egadir.
Sanoat korxonalariga qarashli transportlarda yuk tashish tannarxi magistral
transportlar turlarida yuk tashish tannarxidan ancha yuqori (qimmat) bo‘ladi. Bu
boshlang‘ich va so‘nggi ishlar xarajatlari teng bo‘lgani holdaqisqa masofalarga yuk
tashish bir xil vaqtga to‘g‘ri keladigan yuk oborotlari kam bajarilishi bilan izohlanadi.
742
Sanoat temir yo‘l transporti umumiy tashqi aloqalardagi tashishlarning yarmiga
yaqinini bajaradi. Qolgan tashqi yuk tashish aloqalari sanoat korxonalaridagi
avtomobil, konveyer va boshqa transport turlari yordamida bajariladi.
Katta miqdorli yuklarni tashishda sanoat temir yo‘l transportning (ayniqsa,
elektrlashtirilgan) iqtisodiy sama-radorlik bilan kengroq rivojlantirish maqsadga
muvofiqdir.
Ayniqsa,
tog‘
konlari
ochiq
usulda
ishlanadigan
joylarda
elektrlashtirilgan temir yo‘llarni kengaytirishning iqtiso-diy ahamiyati kattadir.
Sanoat temir yo‘l transportining o‘ziga xos tomonlariga quyidagilarni kiritish
mumkin: poezdlar umumiy og‘irligi va harakat tezligining (15–40 km
soat)
kichikligi; yuk tashish zichligining ozligi; izlarning burilishjoylari kichik radi-uslarda
bo‘lib, nisbiy ko‘tarishlar kattaligi; bekatlararo masofalarning kichikligi; ko‘p erlarda
temir yo‘l izlariningavtomobil yo‘llari bilan kesishganligi; passajirlar tashil-masligi
va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |