Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ijodiy faoliyat
57
To‘nyuquq bitiktoshi, VIII asr. 
Janubiy Mo‘g‘uliston


«Men xoqon To‘nyuquq Chinda dunyoga keldim. Chunki u paytda turk millati Chinga tobe 
edi... Turk millati parishon bo‘ldi va birlashgan turk yurtida jamoa holidagi xalq qolma-
gandi... Dastlab Shod (Qutlug‘) yonida to‘qnashadi. Men ham ular bilan birga edim. Tangri 
menga sezgi berganligi sababli uning xoqon bo‘lishi uchun harakat qildim va o‘zini ham 
qistadim. U: «To‘nyuquq men bilan birga bo‘lganda men Eltarish (millatni to‘plagan) xoqon 
bo‘layin», — deydi. Chinliklarning bu toza kuchni yo‘q qilish payiga tushganini bilishim ha-
mon kunduz o‘tirmay, kecha uxlamay xoqonga arz qildim, dushmanlar birlashmasdan 
ustiga yuraylik, dedim. Tangrining yordami bilan yog‘iyni daf etdik. Xoqon va turk millati 
O‘tukanga joylashishi bilan Janub va Shimol, Sharq va G‘arbdagi barcha urug‘lar kelib, biz-
ga qo‘shildi».
To‘nyuquq bitigi
Mulohaza uchun
Turk xoqonligida madaniyat va san’at ham rivoj topgan. Xoqonlik
-
da o‘ziga xos yozuv ham mavjud bo‘lgan. Turk lar ning turkiy run (ko‘k -
turk) xati biri ikkinchisiga tu ta shib ketadigan 38–40 ta harfdan iborat edi. U tosh va 
yog‘och larga o‘yib yozishga nihoyatda qulay bo‘lgan. Qadimgi ko‘kturk (Kultegin 
va Bilga xoqon) bitiklari Oltoy va Sharqiy Turkistondan tash qari, Yettisuv, Farg‘ona 
va Zarafshon vodiylaridan topilgan qabrtoshlari, sopol va metall buyumlar, yog‘och 
hamda tanga pullarda saqlanib qolgan.
58
Surxon vohasida Bolaliktepa va Zarafshon vodiy sida 
Panjikent, Varaxsha va Afrosiyob, Far g‘ona vodiysida 
Quva xarobalaridan to pilgan yod gorlik lar – devoriy su-
ratlar, haykallar va ganch kor naqsh lar o‘sha davrning yuk
-
sak san’at namunalaridan hi sob lanadi. Ular insonlarning 
ha yoti, diniy e’tiqodi va turmush tarzi, bilimlari va qiziqish
-
lari haqida hikoya qiluvchi man badir.
Haykaltaroshlik rivojiga, ayniqsa, bud da viylik dini 
kuch li ta’sir ko‘rsatgan. 



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin