56
Zardushtiylik diniga oid Chilpiq
qal’a (Amudaryo tumani,
Qoraqalpog‘iston)
Mamlakatimiz hududida yashagan
xalqlar
tangrichilik, zardushtiylik, bud
-
daviylik, xristianlik va boshqa dinlarga
e’tiqod qilishganliklarini yuqoridagi mavzulardan
bilib oldingiz. Mazkur dinlarning ibodatxonalarida
maxsus maktablar bo‘lib, ta’lim
oluvchilarga din
-
ning asoslari o‘rgatilgan. Xat-savodi chiqarilgan.
Xususan, buddaviylik ta’limoti bilan bog‘liq an’a
-
nalar o‘rganilganida, har bir ibodatxonada rohib
-
lar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari bo‘lganligi
aniqlangan. Misol uchun buddaviy o‘quv maskan
-
lari – viharalarda asosiy fan sifatida Daxarma, ya’ni
diniy qonun-qoidalar va Xudoning mohiyati hamda
irodasi (xudojo‘ylik) haqida ta’lim berilgan.
Yahudiylar Ossuriya quvg‘inlaridan Eronga, Sa
-
marqand va Buxoroga ko‘chib keladilar. Yahudiy ja
-
moalari bilan birga qadimgi Mesopotamiyaning ma
-
daniyati ham kirib keladi. Yahudiylar ibodatxonalari
qoshida diniy ta’lim o‘rgatiladigan maktablar tashkil
qilingan. Turon hududidan o‘tgan savdo yo‘llarida
eng qimmatbaho tovar bu yozuv materiallari va ki
-
toblar hisoblangan.
Mulohaza uchun
Marv shahrining
xarobalari
V asrda Samarqand va Buxoroda xristian
-
lik tarqalib, diniy muassasalar tashkil qilingan.
Xristian dini ta’lim masalalarida: «Farzandla
-
ringiz Masihiyning tarbiyasini olsin; ular Xudo
oldida qanchalik kamtarlik, Xudo oldida kuchli
sevgi
nimani anglatishini, Xudodan qo‘rqish
qanchalik go‘zal va buyuk ekanini va unda sof
aql bilan yurganlarni qutqarishni o‘rgansinlar»,
– degan tamoyiliga amal qilib, mazkur hudud
-
lardagi ibodatxonalarda maktablar tash kil etil
-
gan. Sug‘ddagi katta nestoriyan jamoalarining
hujjatlari sug‘d tilida yozilgan.
1. Guruhlarga bo‘lining va yangicha alifbo tuzib
ko‘ring. Uni taqdimot qiling. Taqdimotingizni tuz-
gan alifboda yozishga harakat qiling.
2. Qanday muammolar yuzaga keldi?
Guruhda
ishlash
jarayonida
Matn yozish
jarayonida
Taqdimot jarayonida
3. Nima deb o‘ylaysiz, yangi alifboni
butun jamiyatga joriy etish
uchun qancha vaqt kerak bo‘ladi, qanday tadbirlarni amalga
oshirish kerak? Bu alifboni keyingi avlodlar ham bilishi uchun
nimalarga e’tibor qaratish kerak?
4. Turkiy hukmdorlar davlat ishlarini olib borishda sug‘diy til
va yozuvdan foydalanganligining ijobiy
va salbiy tomonlarini
aniqlang.
Dostları ilə paylaş: