141
Hanafiylik mazhabi
asoschisi Abu
Hanifa nomi bilan mashhur Nu’mon So-
bit Kufiy (699–767) hisoblanadi. Ushbu mazhab o‘z
mohiyati, ta’limoti va qo‘llagan uslubi bilan jamiyat-
da yuz berib turadigan har qanday savolga
javob
topish ga intilgan. Ya’ni hanafiy mazhabi yangi vu
-
judga kelgan diniy masalaning yechimini hal qilib
Ma’lumot uchun
Islom ta’limotiga ko‘ra,
Muhammad payg‘ambar
nomi
zikr etilganda unga
hurmat yuzasidan «sol-
lallohu alayhi vasallam»
(qisqacha: s.a.v.: «unga
Allohning rahmat va sa-
lomi bo‘lsin») yoki «alay-
his-salom» (qisqacha:
a.s.: «unga salom bo‘l-
sin») iborasini aytish lo-
zim
hisoblangani uchun
islom tarixiga oid ada-
biyotlarda s.a.v. yoki a.s.
qisqartmasi ishlatiladi.
1. «Qur’oni karim» va «Hadisi sharif» deganda ni-
mani tushundingiz?
2. Turon hududiga Islom dini qachon kirib keldi?
Ijodiy faoliyat
bergan. Abu Hanifa og‘ir vaziyatlarda odamlar uchun
qulay sharoit yaratib berib, qiyinchiliklarini oson qilishga
uringan. Abu Hanifa erkinlik tamoyilining homiysi edi. Ti-
jorat va boshqa sohalarda inson huquqi va erkinliklarini
himoya qilib keldi. Masalan, turmush qurishda erkak va
ayolga
teng huquq berilishi, yetim bolalarning huquqlari
va bosh qalar.
Mazhab (arab. —
yo‘nalish, yo‘l, ta’limo
t),
shariat mazhablari —
islomda diniy
huquq
tizimlari v
a
yo‘nalishlari.
142
Abu Hanifa No‘mon
ibn Sobit (699, Kufa —
767, Bag‘dod) — sunniy musulmon
-
lar tomonidan hurmat bilan «Imomi
A’zam» deb ataladi. Hanafiylik maz
-
habi sharafiga shunday nomlan
-
gan. Faqih, muhaddis. «Abu Hani
-
fa» uning kunyasi, «Imomi A’zam»
(«Ulug‘ imom») ulug‘ligining e’tirofi
uchun berilgan unvon.
Imomi A’zam shu qadar go‘zal
xulqli
inson ekanki, zamondoshlari
u kishining fazilatlarini tan olib, «eng
chiroyli xulq Imomi A’zamning xulqi
-
dir», deb e’tirof qilgan. Doimo chi
-
royli va pokiza kiyimlarda yurgan.
Shunday
baland maqomga erish
-
gan zot nihoyatda tavozeli, xokisor,
kamtar bo‘lgan. U o‘ziga yomonlik
qilganlarni ko‘rganida: «Biz
-
larni yomonlagan kishilarning
gunohini
Alloh kechirsin, biz
-
larni yaxshi ko‘rganlarni Alloh
rahmat qilsin», — deb duo qi
-
lar ekan.
Dostları ilə paylaş: