Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ijodiy 
faoliyat


145
VIII–IX asrlarda musulmonlar orasida 
Qur’on oyatlari va hadislarni noto‘g‘ri tu-
shungan toifalar paydo bo‘ldi. Ular goh Allohni insonga 
o‘xshash tasvirlar, goh uning xususiyatlarini inkor etar, 
payg‘ambarlar, Qur’oni karim sha’niga noloyiq fikrlarni 
bildirar edi. Mana shunday sharoitda sunniylik yo‘nalishi 
olimlari ayrim oqimlarning buzg‘unchi g‘oyalariga bir qa
-
tor raddiyalar berganlar. Natijada Abu Mansur Moturidiy 
(870–944) moturidiya ta’limotiga asos solgan.
Moturidiy sof diniy aqida doirasidan chiqmagan 
holda aql-idrokni ulug‘laydi va mantiqan asoslangan 
bilimning ahamiyatini alohida ta’kidlaydi. Moturidiyga 
ko‘ra, inson hayotiy imtihonlar uchun yaratilgan. Shu 
bilan bir vaqtda unga ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli 
o‘tish va to‘g‘ri yo‘lni topish uchun keng imkoniyatlar 
ham berilgan.
Inson o‘z xatti-harakatlarini tanlashda ixtiyorlidir. 
Buyuk alloma o‘z qarashlari bilan hanafiylik ta’limoti
-
ning Turon xalqlari an’analari, urf-odatlari bilan cham
-
barchas bog‘liqligini ko‘rsatib berdi. 
Eng e’tiborlisi, islom olamining aksariyat mintaqa
-
larida, Suriya, Iroq, Turkiya, Pokiston, Hindiston, Shi
-
moliy Afrika kabi mamlakatlarda moturidiylik ta’limoti 
hozir ham oliy, o‘rta ta’lim tizimida va diniy o‘quv yurt
-
larida mustaqil fan sifatida o‘qitib kelinadi.
Ash’ariya ta’limoti.
Ushbu ta’limotga Abul Hasan 
Ash’ariy (873–936) asos solgan. Imom Ash’ariy um
-
rining yarmini adashgan oqimlarga qarshi kurashga 
bag‘ishlagan. Ash’ariya ta’limoti ham sunniylik aqida
-
siga muvofiq ta’limot hisoblanadi. Ushbu ta’limot ham, 
asosan, mo‘taziliya, qadariya, jabariya 
kabi adashgan guruhlarning aqidaviy 
g‘oyalariga qarshi turgan. Ash’ariya 
ta’limoti, asosan, Iroqda, so‘ngra sal
-
juqiylar hukmronligi davrida Xurosonda 
rivojlangan.
Abu Mansur 
Moturidiy maqbarasi. 
Samarqand
Keyingi davrda 
paydo bo‘lgan 
«soxta salafiylik», «Hizbut 
tahrir» kabi yo‘nalishlarni 
fiqhiy mazhablarga teng-
lashtirib bo‘lmaydi. Chunki 
ular shar’iy masalalarda o‘z 
mustaqil yechimlarini ber-
gan tizimga ega emas. Ular-
ga noqonuniy diniy-siyosiy 
harakat sifatida qarash 
mumkin.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin