148
Turonda islomga qadar ham bir necha
asrlar davomida shakllangan ta’lim tizimi
mavjud edi. Mintaqada islom dini mafkurasining o‘r
-
natilishi natijasida mahalliy ta’lim tizimida
«madrasa»
deb atalgan oliy ta’lim muassasalari paydo bo‘ladi. Shu
ma’noda, ilk oliy o‘quv yurti VIII–IX asrlarda Buxoroda
paydo bo‘lgani ham bejiz emas. Ulardan eng mash-
huri Farjak madrasasi bo‘lib, u 937-yili yonib ketgan.
Samarqandda X asrda 17 ta madrasa tashkil etilgan.
Maktabdan yuqori bosqichdagi ta’lim dargohlari to
«madrasa» nomi qat’iylashguncha
«majlis»
deb ata-
la
boshlangan va ularda
shayx, hakim yoki ustoz
deb
atalgan ilmli kishilar dars berganlar.
S. P. Tolstov «Qadimiy Xorazm sivilizatsiyasini izlab» asarida Xorazmdagi Jon-
bosqal’a va Tuproqqal’adan topilgan zardushtiylarning
ibodatxonalari haqida
shunday yozadi: «Inshootlarning o‘rtasida qo‘sh devorlar bilan qurshalgan va
ichkariga aylanma yo‘lagi bo‘lgan to‘g‘ri burchakli bino bo‘lgan. Xonalardan 140 ta
teriga va yog‘ochga yozilgan turli mazmundagi hujjatlar hamda 138 ta katta-ki-
chik haykalchalar topilgan».
Dostları ilə paylaş: