Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

151
4 3 – 4 4 - m av z u l a r :
AQL-ZAKOVAT BILAN BUNYOD 
ETILGAN BOY MA’NAVIYAT
Yurtimiz allomalari diniy bilimlar bo‘yicha ham yuksak darajaga erish-
ganlar. Masalan, Ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy, Forobiy, Beruniylar 
Qur’oni karim, hadis, islom tarixi va huquqshunosligi bo‘yicha ham asarlar yozganlar. 
Musulmon olamidagi dastlabki o‘quv dargohlari — madrasalar VIII asrning oxirlari
-
da o‘sha davrdagi ilmiy-madaniy markazlar hisoblangan Buxoro, Samarqand, Nasaf, 
Termiz, Xiva, Shosh, Marg‘ilon kabi qadimiy shaharlarda faoliyat ko‘rsata boshlagan. 
Bunday ilm dargohlari o‘zining natijasini ko‘rsatib, yurtimizdan buyuk mufassirlar 
(Qur’onni tafsir qiluvchilar) va muhaddislar (hadis to‘plovchilar) yetishib chiqqan. 
Muhammad (s.a.v.)ning olti yuz mingga yaqin hadislarini yodida saqlagan bu
-
yuk alloma Imom Buxoriy «Hadis ilmining sultoni» degan sharafli unvonga sazovor 
bo‘lgan. Buyuk muhaddisning «al-Jome as-sahih» (Sahih, ishonchli to‘plam) asari 
Qur’oni karimdan keyingi o‘rinda turadigan ikkinchi muhim manba sifatida islom ola
-
mida yuqori bahoga sazovor bo‘lib kelmoqda.
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
1. Agar Yevropa uyg‘onish davri – Renessansning natijalari sifatida adabiyot 
va san’at asarlari, arxitektura durdonalari, tibbiyot va insonni anglash 
borasidagi yangi kashfiyotlar yuzaga kelgan bo‘lsa, Turonda bu jarayon qaysi fanlarning 
rivojlanishi bilan namoyon bo‘ldi?
2. Islom diniga e’tiqod kuchli bo‘lgan IX-XI asrlarda nima uchun u dunyoviy fanlarning 
rivojlanishini qo‘llab-quvvatlagan?
Ma’lumot uchun
TARIXNI O‘ZGARTIRGAN SHAXSLAR 
Dunyoda xalqlar ko‘p, davlatlar ko‘p. Minglab millatlar va turli-tuman 
elatlar ham. Ulardan har birining dunyo tamadduniga qo‘shgan o‘z hissasi 
bor, ma’lum miqdordagi ulushi bor. Bu ulushni esa kimdir ko‘proq, kimdir 
kamroq qo‘shib yashamoqda. Bu tabiat qonuni, rivojlanish tamoyilidir.
Biz shu zamin egasi, shu xalq vakili sifatida dunyo tamadduniga qo‘sh-
gan ulkan ulushimiz bor, deb ayta olamiz. Qomusiy olim sifatida Beruniy, 
tibbiyot madadi Abu Ali ibn Sino, aniq fanlarda Xorazmiy, diniy ilmda Imom 
Buxoriy, harb ilmida Amir Temur, osmon ilmida Mirzo Ulug‘bek, she’riyat va 
badiiy adabiyotda Navoiy oldini kesib o‘tadigani hali-hanuz topilmasa kerak.
Keyingi mavzularimiz mana shu haqida…


Imom Buxoriy hadis ilmi olimlaridan biri 
Is’hoq Rohuvaihning huzurida bo‘lgan. U 
ba’zi shogirdlariga: «Koshki sizlar Nabii sollallohu alay
-
hi vasallamning sunnatlarini jamlagan muxtasar, sahih 
kitob jam qilsangiz edi!» – dedi. Bu Imom Buxoriyning 
qalbiga o‘rnashib qoldi va u hadislarni jamlashni bosh
-
ladi. Bu hadislarni 600 000 ta hadisdan chiqarib olib, 
kitobiga faqat sahih hadislarni jamladi. Hadislarning
roviysi (yetkazuvchi, rivoyat qiluvchi, aytuvchi) haqi
-
dagi ma’lumotlarni ham berish ularning ishon chliligini 
ta’minlash uchun asos bo‘lgan. Har bir roviyning tarji
-
mayi holini yozar, har bir hadisni yozishdan oldin pokla
-
nib, ibodat va duolar qilar edi. Imom Buxoriy hadislarni 
qabul qilishi uchun hadis qator talablarga javob berishi 
zarur bo‘lgan. Hadis aytuvchining musulmon bo‘lishi, 
yoshi, ya’ni voyaga yetganligi, aqlining rasoligi, gunoh 
ishlardan saqlanganligi, ilmga amal qilishi, eshitgan 
xabarining rostligini aniqlab keyin birovga aytadigan 
odam bo‘li shi, shu bilan birga, xotirasining kuchliligiga, 
yolg‘ondan uzoq bo‘lishi kabi talablarga amal qilgan. 
«Al-Jome as-sahih» 16 yil mobaynida yozib tugatildi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin