146
Islom dinida
tasavvuf va
tariqat degan tushunchalar
ham bor.
Tasavvufning chin
mohiyati nafsni poklash,
axloqni sayqallash, ma’na-
viy
kamolotga erishish
dan
iborat. Mazkur maqsadlar-
ga erishish uchun olimlar
tomonidan maxsus mak-
tablar — tariqatlar tuzilgan.
«Tariqat» arab tilidagi so‘z
bo‘lib, «yo‘l» ma’nosini ang-
latadi. Bugungi kunda ta-
riqatlar soni ko‘p bo‘lib, ular-
ning
eng yiriklari Yassaviya,
Kubraviya va Naqshbandi-
yadir. Muhimi, ularning bar-
chasi
ona yurtimizda yuza-
ga kelgan.
Bilasizmi?
Tasavvuf va unga o‘zak
dosh
bo‘lgan sufiy, mutasav
vif
atamalarining kelib chiqishi
arab tilidan «jun, yung»
ma’nosini bildiruvchi «suf»
so‘zidan olingan.
1. Tasavvufga berilgan ta’rifni o‘qing. Ta’rifdagi
«yomon axloqlar» deganda nimani tushunasiz?
2. Nima uchun bunday yomon axloqlardan
qutulish kerak deb
o‘ylaysiz?
3. Xuddi tibbiyot ilmi badan sog‘lig‘iga oid ma’lumotlarni o‘r-
gatganidek, tasavvuf ham qalbning, ham ruhning yomon
axloqlardan xalos bo‘lishi yo‘llarini o‘rgatadi,
degan fikrni
asoslash ga harakat qiling.
Ijodiy faoliyat
O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz
1. Turon hududida islom dinining keng yoyilishiga xizmat qilgan omillarni sanang.
Dinning
yoyilishida madrasalarning o‘rni qanday edi?
2. Islom dinining yuksalishida yurtdoshlarimizning xizmatlari qanday bo‘lgan?
3. Ularning bugungi kundagi ahamiyati qanday?
4. «Tarixdagi ajdodlarimiz xizmatining bugungi kundagi ahamiyati» mavzusida qo‘shimcha
ma’lumotlar asosida taqdimot tayyorlang.