A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot



Yüklə 51,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü51,46 Kb.
#205727
1   2   3
“MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA O‘QUVCHILAR PDF

Reyting tizimining vazifalari quyidagilardan iborat: 
a) o‘quvchilarda Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim
ko‘nikma va malakalarini shakllanganligi darajasini nazorat qilish; 
b) o‘quv fanlari bo‘yicha o‘quvchilarning doimiy ravishda darslarga 
tayyorgarlik bilan kelishini ta’minlash; 
v) o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalarini baholashda 
haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholash prinsiplariga rioya etilishini 
ta’minlash; 
g) o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malaka saviyasini shakllanish sur’atini 
muntazam ravishda tahlil qilib borish; 
d) o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalari darajalarini taqqoslash 
va ta’lim jarayonida o‘zaro musobaqa muhitini yaratish; 
e) o‘quvchilarni ta’limning keyingi bosqichiga tayyorlash, kasb tanlashga 
yo‘llash ishlarini mukammallashtirish; 
j) o‘quvchilar bilimlari, ko‘nikma va malakalarini shakllanishida yuzaga 
kelishi mumkin bo‘lgan bo‘shliqlarning oldini olish, ularni aniqlash va bosqichma-
bosqich bartaraf etilishini amalga oshirish; 
z) o‘quvchining to‘laqonli bilim olishi uchun unga eng maqbul pedagogik, 
didaktik, psixologik sharoitni yaratish; 
i) o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakaning mustahkamlab borilishini 



ta’minlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash, ruhlantirish va ilhomlantirish. 
REYTING TIZIMINING NAZORAT TURLARI VA ULARNI AMALGA 
OSHIRISH 
O‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim 
standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o‘tkazish 
nazarda tutiladi: 
joriy nazorat — so‘rovlar, nazorat ishlari yoki testlar tarzida o‘quvchilarning 
bilimlari, ko‘nikma va malakalari muntazam nazorat qilinadi; 
oraliq nazorat — chorak tamom bo‘lganda va o‘quv dasturining tegishli 
bo‘limi tugallangandan keyin o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalarini 
baholash uchun amalga oshiriladi. U yozma nazorat ishi yoki testlar shaklida 
o‘tkaziladi. Ushbu nazoratda foydalaniladigan materiallar o‘quv fani o‘qituvchisi 
tomonidan tayyorlanadi. 
Oraliq nazoratda nazorat ishlarining miqdori va mavzulari o‘quv dasturiga 
asoslangan mavzuiy rejada belgilanadi hamda muddati va shakli ko‘rsatiladi; 
bosqichli nazorat — o‘quv yili tamom bo‘lgandan keyin og‘zaki, yozma 
imtihon hamda test sinovlari shaklida amalga oshiriladi. Uning asosida reyting 
aniqlanadi va o‘quvchini navbatdagi sinfga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul 
qilinadi. 
Bosqichli nazorat materiallari namunalari O‘zbekiston Respublikasi Xalq 
ta’limi vazirligining Respublika ta’lim markazi tomonidan tayyorlanadi. Nazorat 
ishlari materiallari namunalariga ijodiy yondashgan holda o‘quv fani o‘qituvchilari 
bosqichli nazorat materiallariga o‘zgartirishlar kiritishi va ularni uslubiy 
birlashmalar muhokamasidan o‘tkazib, joriy etishlari mumkin; 
yakuniy nazorat — o‘qish tugallangandan keyin davlat attestatsiyasi 
shaklida o‘tkaziladi. 
O‘QUVCHILARNING BILIM SAVIYASINI BAHOLASH VA YAKUNIY REYTING 
KO‘RSATKICHLARINI ANIQLASH 
1. Reyting tizimida o‘quvchining har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi 
ballar orqali ifodalanadi. 



2. Har bir nazorat turi qanday shaklda o‘tkazilishidan qat’i nazar, besh (5) 
ballik (“5”, “4”, “3”, “2”, “1”) usulda butun sonlar yordamida baholanadi. 
O‘quvchilarning har bir nazorat turi bo‘yicha bilimini baholash va reyting 
ko‘rsatkichini aniqlash ularning o‘quv fani mavzusi bo‘yicha tasavvurga ega 
bo‘lishi, mavzuning mohiyatini tushunib yetishi va aytib bera olishi, olgan 
bilimlarini amalda qo‘llay olishi, mustaqil mushohada yurita olishi, ijodiy fikrlay 
olishi va xulosa qabul qila olishi, masalalar hamda mustaqil ishlarni bajarishi kabi 
mezonlarga qarab amalga oshiriladi. 
3. Haftasiga 2 va undan ortiq soat o‘qitiladigan o‘quv fanlari bo‘yicha 
choraklik va yillik baholar belgilanadi: 
Chorak davomida joriy va oraliq nazoratlarda olingan ballar asosida 
choraklik baho, choraklik baholar va bosqichli nazoratda olingan ball asosida yillik 
baho aniqlanadi. 
Bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan o‘quv fanlari bo‘yicha yillik baholar 
choraklik baholarga qarab belgilanadi. 
4. Haftasiga 0,5 va 1 soat o‘qitiladigan o‘quv fanlari bo‘yicha yarim yillik va 
yillik baholar belgilanadi: 
- yarim yil davomida joriy va oraliq nazoratlarda olingan ballar asosida 
yarim yillik baho; 
- yarim yillik baholar va bosqichli nazoratda olingan ball asosida yillik baho 
aniqlanadi. 
Bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan o‘quv fanlari bo‘yicha yillik baholar 
yarim yillik baholarga qarab belgilanadi. 
5. Baholash o‘quvchini sinfdan-sinfga o‘tkazish uchun asos bo‘ladi. 
O‘quvchini keyingi sinfga o‘tkazish ijobiy baho olgan taqdirda amalga 
oshiriladi. Maktab pedagogika kengashi qarori bilan o‘quvchilar qoniqarsiz baholar 
bilan sinfdan-sinfga o‘tkazilishi mumkin. 
O‘quvchining yillik reyting ko‘rsatkich ballarini aniqlash usuli o‘quv fani 
xususiyatidan kelib chiqqan holda o‘qituvchi tomonidan belgilanadi. 



O‘quvchilarning nazorat turlari bo‘yicha olgan ballari hamda choraklik 
(yarim yillik) va yillik (yakuniy) baholari, shuningdek, yillik reyting ko‘rsatkich 
ballari sinf jurnaliga qayd etiladi. 
O‘quvchining choraklik (yarim yillik), yillik (yakuniy) baholari va yillik 
reyting ko‘rsatkich ballari uning tabelida qayd etiladi. 
O‘quvchilarning o‘quv yili davomida nazorat turlari bo‘yicha olgan ballari 
hamda yillik (yakuniy) baholari asosida har bir o‘quv fanidan yillik reyting 
ko‘rsatkichi aniqlanadi: 
Bunda o‘quvchining yillik (yakuniy) bahosi: 
“5” bo‘lganda — 86, 90, 95 va 100 reyting ko‘rsatkich ballaridan biri; 
“4” bo‘lganda — 71, 75, 80 va 85 reyting ko‘rsatkich ballaridan biri; 
“3” bo‘lganda — 56, 60, 65 va 70 reyting ko‘rsatkich ballaridan biri 
qo‘yiladi. 
Yillik reyting ko‘rsatkich ballari yuqorida qayd etilgan ballardan iborat 
bo‘lib, uni belgilashda boshqa raqamlardan foydalanilmaydi, minimal 55 ball 
bundan mustasno. 
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun choraklik (yarim 
yillik) baholar asosida yillik baho, shuningdek yakuniy nazoratda olingan ball va 
yillik baho asosida yakuniy baho aniqlanadi. 
Yakuniy davlat attestatsiyasi belgilanmagan o‘quv fanlari bo‘yicha yillik 
baho yakuniy baho hisoblanadi. Yakuniy baholar bitiruvchiga beriladigan umumiy 
o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaga qayd etiladi. 
AFZALLIKLARI 

reyting tizimi o‘quvchilar bilim kursatkichlari darajasini, malakasini 
shakllantirish, o‘quvchini o‘qishga va foydali mehnatga bo‘lgan munosabatini 
ob’ektiv kompleks baholab beradi; 
• reyting, o‘quvchi shaxsini sifat ko‘rsatkichini aniqlaydigan sonli 
ko‘rsatkichdir; 
• O‘quvchilarni doimiy baholash va ular olgan baholarni taqqoslab borish; 
• O‘quvchilarda o‘qishga intilishga va o‘zaro bellashishga imkoniyatni 



shakllantirish, ularni shu ruhda tarbiyalash; 
• O‘quv yurtlarida o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini to‘g‘ri 
baholash; 
• O‘quvchilar bilim saviyasi va malaka ko‘nikmalarini haqqoniy baholash; 
• O‘quvchilarni darslarga qatnashish intizomini yaxshilash va ularning 
fanlar bo‘yicha uzluksiz tayyorgarligini tashkil etish; 
• O‘quvchi va o‘qituvchining o‘z faoliyatini oldindan rejalashtirish, o‘quv 
jarayonining borishini tezkor tahlil qilish, o‘z faoliyatida zaruriy o‘zgartirishlar 
kiritish imkoniyatini yaratish. 
O‘quvchilar bilimini nazorat qilishning reyting tizimi afzalliklari yana 
shundan iboratki, u ijobiy motivatsiya hosil qiladi, o‘qishda muvaffaqiyatga 
erishish uchun intilish, o‘quv faoliyat bilan muntazam shugullanib borishga 
moyillik kelib chiqadi. 
XULOSA 
Reyting tizimi o‘quvchilarning bilim sifatini haqqoniy baholash, ularning 
bilimini o‘zaro taqqoslash orqali o‘quv jarayonida musobaqa, ya’ni bellashish 
muxitini yaratish imkonini beradi. 
Reyting tizimida o‘quvchilarning bilimi doimiy ravishda nazorat qilinadi va 
baholab boriladi. 




Yüklə 51,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin