Biologik to‘qimalarda fizik-kimyoviy o‘zgarishlarning yuzaga kelishi
galvanizatsiyaning birlamchi ta’sirida namoyon bo’ladi. Ionlarning to‘qimalardagi
nisbati ularning miqdori va sifatiga bogliq. Doimiy tok ta’sirida kationlar katodga,
anionlar anodga qarab harakatlanadi. Ion harakatining tezligi har xil, bu kimyoviy-
fizik xususiyatiga (zaryad, radius, gidratatsiya) bog‘liq. Hujayralararo to‘siq elektr
tokining o‘tish yo’lida ionlar harakatiga to‘sqinlik qiladi. Kislota-ishqor holati
o‘zgaradi, natijada to‘qimada H+ katod OH ion anod joylashadi, pH o‘zgarib,
fermentativ, biokalloid holatga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: