Apparaturalar. Fizioterapiyaning rivojlanish tarixi. Fizioterapevtik kabinetlar tuzilishi


 Davolovchi xususiyatga ega bo’lgan lazer nurlanish



Yüklə 107,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix07.01.2024
ölçüsü107,1 Kb.
#205766
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
10-Lecture

 
2. Davolovchi xususiyatga ega bo’lgan lazer nurlanish.
Lazer
 
— 
inglizcha so'zdan olingan bo'lib
, Light Amplification by Emission of 
Radiationnmg so'zining abbreviaturasi "Majburiy nurlantirish yordamida 
yorug‘likning kuchayishi" 
ma’nosini bildiradi. Yorug'likning kogerent oqimini
 
paydo qilish uchun stimullangan kvantomexanik samaradan foydalaniladi. Lazer 
nuri uzluksiz — doimiy amplitudali yoki yuqori ekstremal aniqlikka ega bo‘lgan—
impulsli bo’lishi mumkin. Ko‘pgina konstruksiyalarda boshqa bir manbadan 
nurlanish olish maqsadida optik kuchaytirgich sifatida lazerning ishchi elementidan 
foydalaniladi. Kuchaytirilgan signal to’lqin uzunligi, fazasi va polyarizatsiyasiga 
ko‘ra juda aniq bo’ladi. Bu esa optik bog’lanish moslamalari uchun muhim 
hisoblanadi.
 


Lazerning yaratilish tarixi. 
Lazerlar kvant mexanikasi vatermodinamika fanlari 
asosida yaratilgan. Birinchi marta amalda qo’llangan lazer 1960-yilda Teodor 
Mayman tomonidan Kaliforniya shtatida joylashgan Xyuza (Hughes Aircraft) 
kompaniyasi laboratoriyasida kashf etildi. Mayman lazerni yaratishda 694 nanometr 
to’lqin uzunligini beradigan yoqut tayoqchani qo’llagan. Taxminan shu vaqtda Eron 
fizigi Ali Yavan gazli lazerni taqdim etdi va shu kashfiyoti uchun unga Albert 
Eynshteyn mukofoti berilgan.
Tasnifi: 
1.
Gazli lazerlar: geliy-neonli lazer, argonli lazer. 
2.
Molekulyar lazerlar: SO
2
dagi lazer, SO dagi lazer, eksimer gazli lazerlar, 
alyumo-ittriyli lazer, titan- sapfirli lazer. 
3.
Tashqi reduktorli lazerlar. 
4.
Erkin elektronli lazerlar. 
Quyosh nuridan hosil bo’luvchi lazerlar 
Lazer apparati 
to‘rt ko‘rinishdagi davolovchi omillar bilan ta’sir qilib, o‘ziga 
xos quyidagi tabiiy anologik kvant ta’sir kuzatiladi: doimiy magnit maydon, qizil 
spektrli ko‘rinadigan diapazondagi impulsli nurlantirish, keng maydonli infraqizil 
nurlantirish, impulsli infraqizil nurlantirish. Bu to‘rt davolovchi komponent bir 
vaqtning o‘zida ta’sir qiladi, bunda bularning har biri bir-birining davolovchi 
samarasini oshiradi. Lazer nurlarining tibbiy-biologik ta’siri subhujayra va hujayra 
darajasida boradi. Lazerning ta’sir qiluvchi faktori bo’lib yo'naltirilgan nur oqimi 
xizmat qiladi. 
Lazerning to‘qimalar bilan o‘zaro ta’siri quyidagicha amalga oshadi: 

Yüklə 107,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin