Apparaturalar. Fizioterapiyaning rivojlanish tarixi. Fizioterapevtik kabinetlar tuzilishi


nurni  yutish, o‘tkazish, qaytarish va tarqalish



Yüklə 107,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix07.01.2024
ölçüsü107,1 Kb.
#205766
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
10-Lecture

nurni 
yutish, o‘tkazish, qaytarish va tarqalish. 
Nurni yutish —
bunda to'qima atom va molekulalari lazer nuri energiyasini 
yuqori harorat, kimyoviy, akustik energiyaga va yana qayta lazer nuri energiyasiga 
aylantiradi. Bunda to‘Iqin uzunligi, teri pigmentatsiyasi va to‘qima turi muhim 
ahamiyatga ega. 
Nurni o tkazish —
lazer energiyasi to‘qima orqali o‘zgarishsiz o‘tadi. 
Qaytarilish
— qaytgan lazer nuri to‘qimaga ta’sir qilmaydi. 


Tarqalish —
individual molekula va atomlar lazer nurlarini qabul qilib
ma’lum yo‘nalishda yo'naltiradi. 
Zaruriy xavfsizlik qoidalari. Hatto juda past chastotali lazer nurlari ham 
ko'rish o‘tkirligiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. 400 — 700 nm to’lqin uzunligidagi 
lazer nuri ko‘z gavharidan oson o'tadi va fokuslanadi, bir necha sekundda ko'rlikka 
sabab bo’lishi mumkin. Yuqori quvvatli lazer nurlari teri qoplamlari jarohatlanishiga 
sabab bo‘lishi mumkin. Bularning oldini olish uchun quyidagi xavfsizlik qoidalariga 
rioya qilish zarur: 

 
lazer apparatini ishlatuvchi personal ish vaqtida himoyalovchi ko'zoynak 
taqishi zarur; 

 
lazerni ko‘zga yo‘naltirish taqiqlanadi; 

 
optik nur o‘tkazgich yorig‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri qarash taqiqlanadi; 

 
optik nur o‘tkazgich doimo yopiq holda bo‘lishi kerak; 

 
ish xonasidan barcha nur qaytaruvchi buyumlar chiqarilishi kerak
xonada yong‘inga xavfli biror-bir material bo‘lmasligi kerak. 
Lazer terapiya. 
Lazer terapiyada past intensivlikdagi lazer nurlantirish 
qo’llaniladi. Bu nurlantirish hayot uchun zarur bo’lgan jarayon, ya’ni to'qimalarning 
kislorodni o‘zlashtirish jarayonida qatnashuvchi ferment- akseptorlar spektri bilan 
mos kelishi kerak. Lazer nurlari muhim biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etuvchi 
fermentlar faolligini oshirib, hujayralar membranasi yangilanishiga olib keladi. Bu 
lazer nurlarining biostimulyatsiyalovchi ta’siri asosidagi mexanizmlardan biridir. 
Shuningdek, lazer nurlari organizm ichki muhitiga kiritilganda hujayralarning o‘z-
o‘zini regulyatsiya qilish jarayoni faollashadi va hujayralarning hayot faoliyati 
tiklanadi, ya’ni organizmning o‘z kuchi mobilizatsiyalanadi. Past chastotali lazer 
nurlari mikrosirkulyatsiyani yaxshilab, to‘qimalarning kislorodni o‘zlashtirishi va 
shu bilan birga qayta tiklanishiga sharoit yaratadi.

Yüklə 107,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin