6.
Nazorat (kontrol) tugmachasi yoki tashlash tugmasi (кнопка сброса).
7.
Milliampermetrni nolga keltirish dastagi.
8.
UDT (ДПС кнопка включение)™ yoqish tugmasi.
9.
Tokdan o‘chirish tugmachasi, yon tarafida
tok uzatgich simlar uchun
uyachalar mavjud.
10.
Kanallarni o‘zgartiruvchi dastagi.
Apparatni yoqish:
1.
Kuchlanishni 127 yoki 220 VT ga o‘rnatish.
2.
«O‘chirish» («Выкл») tugmachasini o‘chirish.
3.
Impulslar chastotasi muolajaga moslab "qo‘pol" yoki "yumshoq” holatga
qo‘yish.
4.
Apparat buzilmaganligini tekshirib ko'rish:
— o‘chirish tugmasi "yoqish” (Vkl) holatiga keltiriladi.
Bunda yashil chiroqcha
yonadi, 2 — 3 daqiqa kutiladi. Keyin tok kuchi dastagi soat millari bo‘yicha sekin
buraladi va "nazorat" (kontrol) tugmachasi bosiladi. Apparat buzilmagan bo'lsa,
milliampermetr ko'rsatkichi ko'tariladi (tok kuchi oshadi). Tekshirish tugagach
"nazorat" tugmachasi qo'yib yuboriladi va tok kuchi dastagi chap tarafga oxirigacha
buraladi.
5.
Zaruriyat tug'ilganda impulsli tokka UDT (DPS) ulanadi, 0 dan 0,5 mA
gacha. Buning uchun UDT (DPS)
tugmachasi bosiladi, uning kattaligi UDT dastagi
bilan boshqariladi.
6.
Elektrodlar tayyorlanib, apparatga ulanadi.
7.
Tok kuchi dastagi sekinlik bilan soat millari bo‘yicha
kerakli holatga
qo‘yiladi.
8.
Muolaja soati yoqiladi.
Muolaja tugagach, tok kuchi dastagi sekinlik bilan soat
millariga teskari holatga
keltiriladi (ya’ni tok kuchi nolgacha kamaytiriladi.
Dostları ilə paylaş: