X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar


 Sanoat robotlarini avtomatik boshqarish tizimlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/134
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205903
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   134
ROBOTLAR VA ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR -Дарслик-2020

4.2. Sanoat robotlarini avtomatik boshqarish tizimlari 
Robotlarni avtomatik boshqarish sistemalarining asosiy xususiyati shundan 
iboratki, robot odam ishtirokisiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri avtonom boshqariladi. 
Operatorning funksiyasi robotni o‘rgatish, ishga tushirish va ishlatishni davriy 
ravishda kuzatishdan iborat. 
Avtomatik boshqarish sistemalarida boshqarish qonuni boshqarish 
programmasi 
ko‘rinishida shakllantiriladi. Bunda berilgan programmani 
ishlatishning turli rejimlari bo‘lishi mumkin: o‘zgarmas programma asosida 
boshqarish, ishlash sharoitiga qarab programmani adaptiv o‘zgartirib boshqarish va 
robotni barilgan programma yo‘qligida boshqarish.
Birinchi avlod robotlari o‘zgarmas programma asosida ishlaydi. Bu usul 
eng soda boshqarish usuli bo‘lib, ayniqsa rostlashning ochiq siklida qulaydir. 
Murakkab hollarda berk boshqarish prinsipi qo‘llaniladi. 
Ikkinchi avlod robotlarida adaptiv boshqarish prinsipi qo‘llaniladi. Bunday 
robotlardi sezuvchan sensor qurilmalari bo‘ladi va ular tashqi muhit o‘zgarishiga 
moslasha oladi.adaptiv robot uchun tashqi muhit to‘liq aniqlanmagan bo‘ladi. 
Uchinchi avlod robotlarida intellektual boshqarish sistemalari qo‘llaniladi. 
Bunda robotlar tashqi muhitni qabul qila oladi, uning modelini qurishi va ish 
faoliyatini amalga oshirishi uchun qaror qabul qilishi imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ular odamga xos bo‘lgan, ayrim murakkab intellektual funksiyalarni 
bajarishlar mumkin. 
Robotlarning birinchi avlodlari sanoatda yaxshi o‘zlashtirilgan va ular juda 
ko‘p sonda ishlab chiqariladi. 
Robotlarning ikkinchi va uchunchi avlodlari, hozirgi vaqtda kam yaratilgan 
va ular qimmat turadi. Ular ekstrimal sharoitlarda qo‘llaniladi, ya’ni odam faoliyat 
ko‘rsata olmaydigan sharoitlarda ishlatiladi. Bunday robotlarni aniq 


62 
mashinasozlikda, elektronika sanoatida, asbobsozlikda qo‘llash bo‘yicha ishlar olib 
borilmoqda. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin