13
cheklaydi va kerakli ishchi zonani shakllantirish uchun qo‘shimcha ishlar o‘tkazish
zarur bo‘ladi.
Ikkinchi avlod
- adaptiv robotlar, ular tashqi muhit o‘zgarishlariga moslasha
oladi. Adaptiv robotlarning birinchi avlod programmali
robotlarga qaraganda
funksional imkoniyatlari keng bo‘ladi. Tashqi muhit bo‘yicha informatsiyani
olishda turli xil sensor qurilmalardan foydalaniladi. Masalan, sun’iy ko‘z
sistemalari, taktil sensorlar, lokatsion datchiklar va h.
Uchinchi avlod
– intellektual robotlar. Bunday robotlar tashqi muhitni o‘zida
aks
ettira oladi, avtomatik ravishda bajarilishi kerak bo‘lgan harakatlar bo‘yicha
qaror qabul qilish imkoniyatiga ega. Intellektual robotlar odamga o‘xshash turli
intellektual va oldindan rejalashtirilgan harakat funksiyalarini bajaradi.
Dostları ilə paylaş: