1.6. Robotining modul qurish prinsipi
Hozirgi vaqtda agregat – modul tipidagi sanoat robotlarini qurish
tendensiyasi keng qo‘llanilmoqda, bunda robotlar bir nechta mustaqil unifikatsiya
qilingan modullar asosida quriladi.
Modul qurish prinsipini sanoat robotining hamma funksional tashkil
etuvchilari manipulyatorga, boshqarish qurilmasiga, harkatlanish qurilmasiga
tatbiq etish mumkin.
Sanoat robotlarini an’anaviy qurishga qaraganda agregat – modul qurish
prinsipi quyidagi afzalliklarga ega:
-
robotlarning tajribada va seriyada chiqariladigan nusxalarini
loyihalash va yasash muddatlari qisqaradi;
-
robotlarning texnik xarakteristikalari yaxshilanadi, ishonchliligi
oshadi;
-
robotlarni eksplutatsiya qilishga va ta’mirlashga sarflanadigan
xarajatlar kamayadi.
Agregat – modul sanoat robotining harakatlanish darajalari soni, kinematik
strukturasi turli konstruktiv modullarni bir - biriga ulash asosida hosil qilinadi.
har bir konstruktiv modul alohida mustaqil yoki boshqa modullar bilan birga
turli kombinatsiyalarda ishlatilishi mumkin.
18
Konstruktiv modul bir necha mexanizmlardan va yuritmalardan, hamda
energetik va informatsion kommunikatsiyalardan tashkil topadi, bir yoki bir necha
harakatlanish darajalarini olishni ta’minlashi mumkin.
Turli kinematik strukturali va harakatlanish darajasidagi agregat – modul
tipidagi sanoat robotlarini konstruktiv modullar to‘plami asosida, konkret
texnologik talablarni hisobga olgan holda oson yaratish mumkin.
Agregat – modul qurish
prinsipi maxsuslashgan sanoat robotlari qurishga
imkon beradi, bu robotlar esa konkret texnologik masalani to‘liq yechadilar va
ortiqcha funksiyalarga ega emaslar, shuning uchun ularning qiymati arzon bo‘ladi.
Agregat – modul sanoat robotlarining qismlari avval yaratilgan qismlardan
tanlanadi, bu esa loyihalash xarajatlarini kamaytiradi.
Sanoat robotlarini agregat – modul qurish prinsipining struktura sxemasi
1.6– rasmda keltirilgan.
Agregat – modul prinsipida qurilgan sanoat robotlariga “Pirin” (Bolgariya);
“Senior”, “Yunior” (Shvesiya); “RPM – 25”, “GNOM”, “LM 40” (Rossiya)
robotlari misol bo‘la oladi.
“RPM – 25” agregat – modul roboti tarkibiga quyidagi modullar kiradi:
statsionar va qo‘zg‘almas asos, siljish, ko‘tarish, radial yurish va boshqa modullar
kiradi. Bu modullarni kombinatsiya qilib 95 ta modifikatsiyadagi sanoat robotlarini
olish mumkin [18-23].
Modul konstruksiyali robotga “GNOM” robotini misol qilib keltirish
mumkin. Bu robot 10 ta modullardan tashkil topgan, ular turli chiziqli, burchak
harakatlarini qiladi va yig‘uv, yordamchi operatsiyalarni bajaradi, detallarni va
ishchi asboblarni manipulyatsiya qilishda ishlatiladi. Uchta qisqich moduli
(elektromagnit, vakuum va mexanik) va modul prinsipida qurilgan elektron
boshqaruv sistemasiga ega.
Modul prinsipining qo‘llanilishi “GNOM” robotining 350 ga yaqin
modifikatsiyalarini komponovka qilish imkoniyatini beradi va bu sanoat robotlari
turli harakat darajalari soniga, yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega, ular yuqori
unumdorlik va ishlab chiqarish jarayonlarining moslashuvchanligini amalga
19
oshirish, ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning murakkab masalalarini yechish
uchun asosiy omillarni hosil qiladi. Sanoat roboti manipulyatorining
unifikatsiyalangan modullari 1.7 – rasmda keltirilgan:
Dostları ilə paylaş: |