1-BOB. IShLAB ChIQARIShNI KOMPLEKS AVTOMATLAShTIRIShDA
ROBOTLARNING ROLI. ROBOTLAR BO‘YIChA UMUMIY
TUShUNChALAR
1.1. Robotlar haqida umumiy tushunchalar va ta’riflar.
“Robot” so‘zi birinchi marotaba 1920 yilda chex yozuvchisi K. Chapekning
“RUR” (Rossum universal robotlari) pesasida ishlatilgan. Robot tushunchasi keng
doiradagi turli sistemalar va qurilmalar bilan bog‘liq.
Robotning turli xil avtomatik sistemalar va qurilmalardan asosiy farqi, unda
odam harakatlariga o‘xshash harakatlar qila oladigan organning ya’ni mexanik qo‘l
(manipulyatorlar) ning borligi va u yordamida robot tashqi muhitga ta’sir qilish
imkoniyati borligidir. Robot odam o‘rniga turli xil manipulyatsiyalarni qila
oladigan mashina – avtomatdir. (1.1 – jadval).
1.1 – jadval.
Robotlarning funksional imkoniyatlari.
Funksiyalar
Odamning funksional
organlari
Robotdagi analog
Fikrlash
Markaziy nerv sistemasi
Boshqarish sistemasi
Tashqi muhit bilan aloqa
Sezish organlari
Sezish elemantlari (datchiklar
va sensorlar)
Ish va harakat
Qo‘l, oyoq va h.
Manipulyatorlar va
harakatlanish qurilmasi
Hayot ta’minoti
Qon aylanish va hazm
qilish organlari
Energiya manbalari
Robotlar manipulyatorlar deb ataladigan mashinlar sinfiga kiradi.
Manipulyatorlar – ko‘p zvenolardan iborat mexanizm bo‘lib, odam qo‘li
harakatlarini imitatsiya qilishga mo‘ljallangan qurilmadir, u masofadan operator
yoki programmali boshqarish sistemasi tomonidan boshqariladi [1, 2, 7].
6
Asosiy tushunchalar va ta’riflar.
Sanoat roboti
(SR) - ishlab chiqarish jarayonida harakat va boshqaruv
funksiyalarini bajarish uchun mo‘ljallangan bir nechta xarakatlanish darajasiga ega
bo‘lgan manipulyator ko‘rinishidagi ijro qurilmasidan hamda qayta dasturlanuvchi
dasturiy boshqaruv qurilmasidan tashkil topgan statsionar (qo‘zg‘almas) yoki
ko‘chma avtomatik mashina. Texnik adabiyotda bundan ham qisqaroq ta’rif
uchraydi: Canoat roboti (SR) - sanoatda ishlatishga mo‘ljallangan qayta
dasturlanuvchi avtomatik manipulyator.
Robototexnik tizim
deb, shunday texnikaviy tizimga aytiladiki, unda
energiya, massa va axborotlar bilan bog‘liq o‘zgartirishlar va aloqalar sanoat
robotlaridan foydalanilgan holda aks etadi.
Sanoat robotlari tomonidan o‘rnini bosa oladigan funksiyalari va ular bajara
oladigan operatsiyalarga ko‘ra robotlashtirilgan texnologik majmua va
robotlashtirilgan ishlab chiqarish majmualari farqlanadi.
Bitta sanoat roboti o‘zaro harakatda bo‘ladigan bir yoki bir nechta
texnologik jihozlardan hamda majmua ichidagi ishning to‘la avtomatik siklini va
boshqa ishlab chiqarishlarning kirish va chiqish oqimlari bilan aloqalarni
ta’minlovchi yordamchi jihozlar yig‘indisidan iborat ishlab chiqarish vositalarining
avtonom harakat qiluvchi to‘plamiga robotlashtirilgan texnologik majmua deyiladi.
Yig‘ish, payvandlash, bo‘yash kabi texnologik jarayonlarga oid asosiy
operatsiyalarni bajaruvchi bitta sanoat robotidan hamda majmua ichidagi
texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan siklini to‘la ta’minlovchi yordamchi
jihozlar yig‘indisidan iborat avtonom harakat qiluvchi ishlab chiqarishning
texnologik vositalari to‘plamiga
robotlashtirilgan ishlab chiqarish majmuasi
deyiladi.
Sanoat robotining ijro qurilmasi
– robotning harakat funksiyalarini
bajaruvchi qurilma. Uning tarkibiga manipulyator (M) va boshqarish qurilmasi
(BK) kiradi.
7
Sanoat roboti manipulyatorining ishchi a’zosi (organi)
– robotning tashqi
muhit bilan bevosita o‘zaro aloqasini amalga oshiruvchi qurilma bo‘lib, odatda
qisqichlash qurilmasi yoki ishchi asbobni bildiradi.
SRning boshqarish qurilmasi
- berilgan programmaga ko‘ra ijro qurilmasiga
boshqaruvchi ta’sirlarni shakllantirish va chiqarib berish uchun mo‘ljallangan.
SRning o‘lchov qurilmasi
- boshqarish qurilmasi uchun robot va tashqi
muhit holatlariga oid informatsiya yig‘ishni amalga oshiradi.
Xizmat ko‘rsatuvchi sanoat roboti
- yordamchi o‘tish va transport
operatsiyalarni bajaruvchi robotdir. Masalan, yuklovchi – yuk tushiruvchi va
transport robotlari.
Operatsion SR
– texnologik operatsiyalar va ularning elementlarini,
masalan, payvandlash, yig‘ish, bo‘yash va shunga o‘xshash operatsiyalarni
bajaruvchi robotdir.
Ishlab
chiqarishni
robotlashtirish
– robotlardan keng ko‘lamda
foydalanuvchi yangi texnologiyalar, yangi jihozlarni yaratish hamda ishlab
chiqarishni tashkil qilish va boshqarish prinsiplarini ishlab chiqish.
CRni dasturiy boshqarish
– sanoat robotining ijro qurilmasi hamda u bilan
ishlayotgan texnologik jihoz ustidan avtomatik boshqarish.
Ishchi fazo (atrof)
– SR ning ishlash jarayonida robot manipulyatori ishchi
organi harakatda bo‘la oladigan fazo.
SR ishchi zonasining geometrik xarakteristikasi –
robot ishchi zonasining
chiziqli yoki burchak o‘lchovlari, kesim yuzasi yoki hajmi, yoki ularning
birgalikda olingan to‘plami.
SRning bazaviy koordinatalari sistemasi
– robot ishchi zonasining geometrik
xarakteristikalari beriladigan koordinatalar sistemasi.
SRning xarakatchanlik darajasi soni
- SR manipulyator kinematik
zanjirining erkinlik darajasi soni hamda robot harakat qurilmasining erkinlik
darajasi soni bilan aniqlanadi.
8
SRning nominal yuk ko‘tarish qobiliyati
- ishlab chiqarish predmeti yoki
ishchi asbobning qisqichlab, ushlab turilishi kafolatlangan massasining eng katta
qiymati bilan xarakterlanadi.
Ishchi organining pozitsiyalashtirish xatoligi
– ishchi organ pozitsiyasining
boshqarish programmasi tomonidan berilgan holatiga nisbatan chetlanishi.
SRning pozitsiyalashtirilgan boshqarilishi
– robot ijro qurilmasining
harakatini vaqt bo‘yicha ishchi fazo nuqtalarining oralarida nazorat qilmagan holda
shu nuqtalarning tartiblangan chekli ketma – ketligi orqali programmalashtiruvchi
programmaviy boshqarish turi.
SRni siklli boshqarish
–
nuqtalar ketma – ketligini rele turidagi harakat
qurilmalari yordamida programmalashtiruvchi robotni pozitsion boshqarish turi
(ost sinfi).
SRni konturli boshqarish
- robotlarning sinalayotgan qurilmalari harakatini
ishchi fazoda tezlik bo‘yicha uzluksiz nazorat qilgan holda traektoriya shaklida
programmalashtiruvchi boshqarishning programmaviy turi.
SRni adaptiv boshqarish
– boshqarish algoritmini bevosita boshqarish
jarayonida tashqi muhit va robot holatlari funksiyasiga bog‘liq holda o‘zgartirib
turadigan boshqarish turi.
SRlarini guruhlab boshqarish
– odatda EHM asosida boshqarishning
umumiy sitemasiga birlashtirilgan bir nechta robotlarni boshqarish jarayoni.
SRlarni programmalash (dasturlash)
– sanoat robotini boshqaruvchi
programmani tuzish, uni boshqarish qurilmasiga kiritish hamda sozlash jarayonlari.
SRni o‘qitish
– odam operator tomonidan robotning foydalanayotgan
qurilmasi harakatini oldindan boshqarish va bu harakat parametrlarini boshqarish
qurilmasiga joylash orqali robot harakatini programmalash jarayoni
Dostları ilə paylaş: |