Hatto o ‘zgarishlar uncha katta boMmasa ham, baribir rahbarlar
tashqi
muhitni hisobga olishga majbur, chunki tashkilot ochiq tizim
sifatida resurslar,
energiya, kadrlar ta’minoti va iste’molchilar
bilan munosabati jihatidan tashqi hayotga bog‘liq. M enejer uning
tashkilotiga ta ’sir etuvchi tashqi omillami aniqlab bilishi shart
va,
bundan tashqari, tashqi ta ’sirlarga moslashishning uslublarini
taklif eta olishi kerak. Shu jihatdan tashkilot biologik organizmga
o‘xshaydi (tashkiliy darvinizm).
Tashqi muhitni aniqlash asosan,
tashkilotning muvaffaqiyatiga ta ’sir etuvchi tashqi muhitni hisobga
olishni taqozo etadi. Masalan,
Jerald Bella
fikriga ko‘ra: «Tashkilot
tashqi muhitiga iste’molchilar, raqobatchilar, hukumat muassasalari,
ta’minotchilar, moliya tashkilotlari va mehnat resurslari manbalari
kabi tashkilot operatsiyalariga ta ’sir etuvchi elementlar kiradi».
2.3. Bevosita va bilvosita ta’sir muhiti om illari
Tashqi muhitni aniqlashning bir
uslubi omillami ikki asosiy
guruhga ajratishdir:
bevosita t a ’sir muhiti
va
bilvosita t a ’sir muhiti.
Bevosita ta’sir muhiti omillariga ta ’minotchilar, m ehnat resurslari,
davlat boshqarish qonunlari, iste’molchilar, raqobatchilar kiradi.
Bilvosita ta ’sir muhiti omillariga tashkilot operatsiyalariga to ‘g ‘ridan-
to ‘g ‘ri va tez ta’sir
etmaydigan, lekin baribir ta ’sirga ega bo‘lgan
omillar kiradi. Ularga iqtisodiy holat, fan-texnika taraqqiyoti (FTT),
ijtimoiy-madaniy va siyosiy o ‘zgarishlar, boshqa mamlakatlardagi
voqealar kiradi.
Tashqi muhit xarakteristikalari:
tashqi muhit omillarining
o‘zaro bog‘liqligi; tashqi muhitning murakkabligi; muhitning
harakatchanligi; tashqi muhitning noaniqligi.
Har bir guruh omillarini k o ‘rib o ‘tamiz.
Bevosita ta ’sir muhiti:
Ta’minotchilar.
Tashkilotning
materiallar, jihozlar, energiya,
kapital va ish kuchi bilan ta ’minlaydigan boshqa tashkilotlar
bilan bog‘liqligi, muhitning tashkilotning
muvaffaqiyatli faoliyati
va operatsiyalariga bevosita ta ’sir ko‘rsatishi misoldir. Boshqa
davlatlardan resurslar sotib olish narx,
sifat va miqdor jihatidan
qulay boTishi mumkin, lekin bir vaqtning o ‘zida almashish kurslari
o ‘zgarishi yoki siyosiy notinchlik kabilar xavf solib turadi.
Dostları ilə paylaş: