Soliq nazoratini olib borishda tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish


ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ



Yüklə 47,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix07.01.2024
ölçüsü47,9 Kb.
#206187
1   2   3   4
127-130

 
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
 

 

http://www.newjournal.org/

Выпуск журнала № – 20
Часть–4_ Май–2023
 
128 
2181-3187 
hollarda yuzaga keluvchi barcha bartaraf qilib bo‘lmaydigan noaniqliklar hamda 
ziddiyatlar tadbirkor foydasiga (davlat foydasiga emas) talqin qilinishi nazarda 
tutilgan
1

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida ham soliq solish prinsiplaridan 
biri sifatida “Soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsipi” ko‘zda tutilgan 
bo‘lib, unga muvofiq soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlaridagi uchraydigan barcha 
turdagi bartaraf qilib bo‘lmaydigan noaniqliklar hamda qarama-qarshiliklar 
tadbirkorning foydasi uchun talqin qilinadi. Ya’ni bir so‘z bilan aytganda 
qonunchilikdagi kamchiliklar yuzasidan tadbirkorlik subyekti javobgar bo‘lmasligi 
lozimdir. Mazkur tartib-qoidalar yurtimizda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va 
ularning qonuniy manfaatlari davlatimiz tomonidan himoya qilinishining huquqiy 
asoslari mustahkamlab qo‘yilganlgini tasdiqlaydi, desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak
2

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Soliq kodeksida soliq to‘lovchilarning 
huquqlari belgilagan bo‘lib, unda ko‘zda tutilishicha soliq to‘lovchilar mazkur 
kodeksida hamda soliqlar haqidagi boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilab qo‘yilgan 
boshqa turdagi huquqlarga ega bo‘lishlari mumkin. Soliq to‘lovchilarning belgilangan 
huquqlari orasida soliq nazorati va soliq tekshiruvlari jarayonida tadbirkorlik 
subyektlarining huquqlari himoya qilinishiga va kafolatlanishiga ham alohida e’tibor 
qaratilgan. Shuningdek, Soliq kodeksi bilan belgilangan qoidalarga ko‘ra, soliq 
to‘lovchi jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari soliq idoralari hamda boshqa 
vakolatga ega bo‘lgan tashkilotlar mas’ul xodimlarining tegishli majburiyatlari asosida 
ta’minlanadi hamda soliq to‘lovchilarning qonuniy huquqlarini ta’minlash bilan 
bog‘liq bo‘lgan majburiyatlarini bajarmaganlik yohud lozim bo‘lgan darajada 
bajarmaganlik esa O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida ko‘zda tutilgan 
javobgarliklarga sabab bo‘ladi
3

Tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini hamda huquqlarini himoyalash 
kafolatlarini kuchaytirish, ularning faoliyatiga davlat organlarining asossiz 
aralashuvini oldini olish, xususiy mulk daxlsizligining huquqiy mexanizmlarini yanada 
mustahkamlash, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari huquqlarining ustuvorligi 
prinsipini ta’minlash maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik 
subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili 
institutini ta’sis etish to‘g‘risida”gi farmoni bilan mamlakatimizda Prezident huzurida 
1
O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining 
kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni 
mazmun-mohiyati asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
2
O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-136-sonli qonuni bilan qabul qilingan Soliq 
kodeksining 11-moddasi va 2019-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-599-sonli qonuni bilan amalga kiritilgan yangi tahrirdagi Soliq 
kodeksining 13-moddasi mazmun-mohiyati asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
3
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-599-sonli qonuni bilan amalga kiritilgan yangi 
tahrirdagi Soliq kodeksining 21-moddasi mazmun-mohiyati asosida muallif tomonidan tayyorlandi.



Yüklə 47,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin