IV bob. DAVLAT XARIDINI TASHKIL ETISH
STRATEGIYALARI
§ 9. Davlar xaridini elektron tizimini ishlab chiqish
strategiyalari
O'zbekiston Respublikasida davlat xaridini tashkil etishning
yaqin kelajakdagi asosiy istiqbolli yo'nalishi bu — internet va
zamonoviy texnologiyalarga asoslangan elektron xarid hisoblanadi.
Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilot
mutaxassislari davlat
xaridini elektron tarzda tashkil etish loyihalari buyicha rivojlangan
va rivojlanayotgan mamlakatlaming tajribalari haqida m a’Iumotlami
to‘plab, uni tizimlashtirmoqdalar.
Davlat xaridini elektron tarzda tashkil etish va uni rivojlantirish,
dunyo miqyosida savdoni elektron tarzda tashkil etish an ’anasining
tabiiy davomi hisoblanadi.
Zamonoviy tarmoq texnologiyalaridan davlat xaridini tashkil
etishda foydalanish, xaridni qog'ozli hujjat aylanmasiga asos
langan a n ’anaviy tarzda tashkil etishga nisbatan bir qancha
yutuqlarga ega. Tanlov hujjatlarini «qog‘ozli» tashkil etish, tanlov
haqida matbuotda e’lon
nashr etish, tovar yetkazib beruvchilar
bilan muloqot, tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni to ‘plash
kabi texnologiyalarni ideal tarzda tashkil etilganda ham, ushbu
jarayon davlat buyurtmachisidan ancha kuch va vaqt talab etadi.
Agar hujjatlarga tuzatish va
aniqlik kiritish talab etilsa, unda
barcha jarayonlarni deyarli boshdan qayta boshlash kerak bo‘ladi.
A n’anaviy usulda xaridni tashkil etishda tovar va xizm atlar
yetkazib beruvchilarga ham ancha noqulayliklar mavjud, masalan,
tanlov haqida ma’lumot topish, hujjatlar to ‘plamini sotib olish,
uni aniqlashtirish va to‘ldirish, arizalarni taqdim etish zarur.
Internet-texnologiyalarni joriy etish, savdoni o ‘tkazishga
tayyorgalik jarayonlarini va tanlov
savdolarini samaradorligini
sezilarli darajada oshiradi, tanlovda ishtirok etishni soddalashtirish
va uning shaffofligini oshirish hisobiga tovar va xizmatlar yetkazib
beruvchilar sonini ortishiga olib keladi. Davlat buyurtmasini
jo y la s h tiris h b o ‘y ich a sav d o larg a m am lak atn in g chekka
hududlaridagi kichik va o ‘rta korxonlar ham ishtirok etish
im koniyati oshadi.
Natijada raqobat kuchayib, ancha foydali
takliflar yuzaga chiqadi.
Jahon banki dunyodagi yirik xalqaro moliya instituti sifatida,
bugungi kunda ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlarga davlat
xaridini tashkil etishda elektron savdolar
tizim ini joriy etish
bo‘yicha ko ‘maklashmoqda. Mazkur yordam maslahat shaklida
b o ‘lib,
uning yo‘nalishlarini quyidagi 11-chizmadan ko‘rish
mumkin.
Barcha materiallar Jahon bankining saytida (www, worldbank,
org/eprocurem entforum ) nashr etiladi va barcha xohlovchilar
undagi munozaralarda ishtirok etishi mumkin. Odatda, ushbu
materiallami tayyorlash va undagi muammolar buyicha bahslarda,
dunyoning turli mamlakatlaridan elektron davlat xaridi tizimi
bilan
shug‘ullanuvchi mutaxassislar ishtirok etadilar. lshchi guruh
rahbarlari o ‘z mamlakatlarida bajarilishi ko‘zda tutilgan strategik
lo y ih a la r, tak tik qadam lar, jarayonda
yuzaga chiqayotgan
m uam m olam i vebsayt foydalanuvchilariga taqdim etadilar.
Dostları ilə paylaş: