X
о
<
cc
=3
>-
13
m
i
о
>
=3
ОС
ш
CD
00
tü
>-
ОС
2
О
13-chizma. Tanlov asosida savdolami tayyorlash va tashkil
etishning uamunaviy modeli.
Qog'ozli nashrlar bilan bir vaqtda, tanlov e’lonlarini internetda
joylashtirish, barcha potensial ishtirokchilar uchun axborot olishni
ta ’minlovchi yechim hisoblanadi. Elektron e ’lonni har qanday
mol yetkazib beruvchi, internetga ulangan holda o ‘z ofisidan turib
tanishib chiqish imkoniyatiga ega.
Bundan tashqari, mol yetkazib bemvchini qiziqtirishi mumkin
bo‘lgan tanlovlarni maxsus qidiruv dasturlari orqali avtomatik
tarzda aniqlash mumkin.
Internetda nashr etish
deganda, odatda, davlat buyurtmachisi
yoki unga tegishli idora vebsaytining elektron doskasida e’lon
berishga aytiladi. Nashr etish joyini markazlashtirish yoki tanlovlar
haqidagi e’lonni yagonalashtirish orqali samaradorlikni oshirish
mumkin.
Bunday e’lonlarning prototipini alohida tayyorlash mumkin
b o ‘lib, buyurtm achi faqatgina shablonda qoldirilgan bo‘sh
maydonlami to'ldiradi.
Agar eionlarni tayyorlash va hujjatlami tayyorlashni tanlov
materiallarini tayyorlash bo‘yicha yagona tizimga joylashtirilsa,
unda tanlov hujjatlari maydonidagi m a’lum otlardan foydalanib,
e’lon matnini avtomatik tarzda shakllantirish mumkin bo‘ladi.
Buyurtmachi uchun faqat tanlov haqidagi e’lonni nashr etuvchi
tugmachani bosish qoladi.
Tanlov hujjatlarini taqdim etish.
Odatda, tanlov hujjatlarini
taqdim etish bir qancha mayda qadamlardan tashkil topgan bo'ladi
va ular orasidan quyidagilami ajratib ko‘rsatish mumkin:
— buyurtmachi tomonidan tayyorlangan tanlov hujjatlarini
tiraj etish;
— mol yetkazib beruvchini tanlov hujjatlarini olishi yoki sotib
olishi.
Mol yetkazib beruvchilarni tanlov hujjatlarini sotib olish
amaliyoti, afsuski, ko‘plab mamlakatlarda qo‘llanilgan va hamon
qo‘llanilib kelinmoqda.
Bunda hujjatlar to'plam ining bahosi, uni tayyorlash va tiraj
etish bilan bog‘liq xarajatlar yig‘in d isid an tashkil topadi.
H ujjatlarni tayyorlashning avtom atlashgan tizim in i ishlab
chiqish orqali, yuqoridagi xarajatlam ing birinchisini sezilarli
miqdorda pasaytirish mumkin, hujjatlar to ‘plam ini intem etda
joylashtirish orqali esa, ikkinchi turdagi xarajat m iqdorini
pasaytirish mum kin.
Agar ushbu m a’lumotlar mol yetkazib beruvchi uchun qiziqarli
bo‘lsa, unda u tanlov hujjatlari to ‘plamini o'ziga yozib oladi.
Tanlov shartlarini tushuntirish.
Bu bosqichda, odatda, ikki xil
holat yuzaga keladi: yoki mol yetkazib beruvchiga nim adir
tushunarsiz b o 'lib , u buyurtm achiga m u ro jaat etadi, yoki
buyurtmachining o‘zi tanlov shartlari (hujjatlar to ‘plami)dagi ayrim
holatlami tushuntirishni zarur deb topadi.
Birinchi holatda, tanlov b o ‘yicha mol yetkazib beruvchi
savollariga buyurtm achi m utaxassislari tom onidan berilgan
tushuntirishlami elektron xatlami barcha qiziquvchilarga jo‘natish
orqali muam moni samarali tarzda hal etish mumkin.
Ikkinchi holatda, tanlovning barcha ishtirokchilarini operativ
tarzda xabardor qilish uchun, oydinlik kiritilgan hujjatlar haqida
vebsaytda e ’lon qilish, yoki ariza berganlar va qiziqish bildirgan
barcha tomonlarga elektron pochta jo ‘natish zarur bo'ladi.
Internet tezlik va samaradorlik nuqtai nazaridan, xaridni tashkil
etishda qolgan barcha mavjud variantlardan ustunlikka ega.
Tanlov arizalarini yig'ish va ro ‘yxatdan o ‘tkazish.
Avto-
m atlashtirish nuqtayi nazaridan bu eng murakkab bosqich
hisoblanadi. «Qog'ozli» savdolarda an ’anaviy hujjatlar to ‘p-
lam ini, m ol yetk azib beru v ch i, h u jjatlard a mol yetkazib
beruvchini aniqlovchi m uhr va imzo bilan buyurtm achiga
jo'natadi. U shbu hujjatlar to ‘plami muhrlangan bo‘lib, muddati-
dan oldin ochilmaydi.
Hujjatlami internet orqali jo ‘natishda esa imzo chekuvchini
aniqlashga imkon beruvchi mexanizm ishlab chiqiJgan. Bu —
elektron imzo turi bo'lib, «raqamli imzo» deb yuritiladi. Raqamli
imzo texnologiyasi elektron hujjatni aynan kim imzolaganini
aniqlash imkonini beradi.
Bunda qalbaki imzo qo‘yish imkoniyati umuman mavjud emas
va hujjatni faqat kimga jo ‘natilgan bo‘lsa, o ‘sha o‘qishi mumkin
bo'ladi (bu holatda tanlov tashkilotchilari). Ushbu holat ko‘plab
mamlakatlarda raqamli imzoni, qo‘l orqali chekilgan imzo bilan
bir qatorda foydalanishga imkon beruvchi qonuniy aktlami qabul
qilishiga olib keldi.
Konvertlami ochish va g‘olibni aniqlash. Ushbu bosqichda
avtomatlashtirish va internet-texnologiyalarni qo'llash orqali
optimallashtirish mumkin bo'lgan ikkita qadamni ajratib ko‘rsatish
mumkin:
— noto‘gcri tuzilgan arizalami bekor qilish;
— topshirilgan mezonlar bo‘yicha takliflami guruhlash.
Ammo maxsus avtomatlashtirilgan tizimni qo'llashning o ‘zi
ham tanlov hujjatlarini noto‘g‘ri to‘ldirishni oldini oladi. Takliflami
jadvallar ko‘rinishida turli guruhlarga ajratish yoki solishtirishni
kompyuterda samarli tarzda amalga oshirish mumkin.
Bunday holatda, davlat buyurtmachisi eksperti oldiga tanlovga
taqdim etilgan arizalarni tahlil etishda ijodiy tarzda yondoshuvni
amalga oshirish qoladi xolos, barcha vaqt va kuch talab qiluvchi
ishlar avtomatlashtirilgan tizim oraqli amalga oshiriladi.
Biz yuqorida talov natijalarini matbuotda e’lon qilishni alohida
bo‘lim sifatida ko‘rib o‘tmadik, ammo shuni ta ’kidlash lozimki,
natijalami intemetda nashr etish tezlik va samaralilik bo‘yicha
«qog‘ozli» nashrdan ancha ilg‘or usul hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |