Shartnoma tuzish.
Mazkur bosqich tanlov asosida savdolami
tashkil etish va o‘tkazish doirasidan tashqariga chiqadi. Ammo,
bu jarayoni yuqoridagi bosqichlar bilan tutashgan bo‘lib, butun
tanlov asosida elektron savdolarni tashkil etish samaradorligi tahlil
etish uchun, shartnoma tuzish jarayonini ham ko‘rib chiqadi.
Masalan, Avstraliyada, davlat xaridini elektron tarzda tashkil etish
infratuzilmasi ishlab chiqilgan bo‘lib, keyingi bosqich sifatida
shartnomalarni tuzish va uni bajarilishi ustidan nazoratni amalga
oshirish, avtomatlashtirish jarayoni ustida ishlar amalga oshiril-
moqda.
Bu bosqichda shartnomalarni va zaruriy hujjatlami standart-
lashtirish va unifikatsiyalash talab etiladi. Shuningdek, huquqshu-
noslarning faolligi, huquqiy hujjatlarda kerakli o'zgarishlarni
amalga oshirish va avtom atlashtirish vositalaridan sam arali
foydalanish talab etiladi.
Davlat shartnomalarini ijro etishda materiallaming shaffofligini
ta’minlash va albatta, joriy hisobot materiallarini intemetda nashr
etib borish ancha samarali yo‘nalish hisoblanadi.
Davlat xaridini elektron tizimini ishlab chiqish bosqichlari.
Endi tanlov asosida savdolarni ta sh k il etish jaray o n in in g
boshlanish qismiga qaytib, turli m am lakatlarning yangi texno-
logik bazaga o ‘tish yo'lida erishgan yutuqlari bilan tanisham iz.
Intemet-texnologiyalar asosida davlat xaridini amalga oshirish
samaradorligini oshirmoqchi bo‘lgan barcha mamlakatlar, savdolar
haqidagi bir vaqtda ham elektron nashrlarda, ham qog‘ozli
nashrlarda e’lonlar berishdan boshlashganlar.
AQShda federal agentlik savdolar haqida e ’lonni Commerce
Business Daily ham da uning elektron variantini intemetda nashr
qilishlari shart.
Meksikada davlat xaridi tizimidagi savdolar haqida e’lonlar
Federal O fficial G azette va davlat xaridiga bag'ishlangan
Compranet vebsaytida nashr etiladi.
Avstraliyada maxsus idora — Department of Contract and
Management Services (CAMS) tashkil etilgan bo‘lib, u elektron
davlat xaridiga oid barcha materiallarni internetda e’lon qilib boradi
(www.contracts.wa.gov.au).
Argentina, Kanada, Kolumbiya, Koreya kabi davlatlarda davlat
xaridi bilan bog‘liq barcha savdolar internet bilan bir qatorda
«qog'ozli» m atbuotda e’lon qilinib boriladi. Shunisi e’tiborliki,
e’lonlar intem etda qog'ozli variantga nisbatan ancha oldinroq
nashr etiladi. Internetda tipografiyalardagi kabi nashr bilan bog'liq
vaqt yuqotishlari uchramaydi.
Tanlov hujjatlarini olish va tanlov shartlarini aniqlashtirish
kabi bosqichlar internet orqali samarali amalga oshiriladi. Shuni
ta’kidlash joizki, tanlov hujjatlari hamma mamlakatlarda ham
tekinga berilmaydi. Joriy qilinigan to'lovlar sezilarsiz miqdorda
kichik bo'lib, kredit kardlar yordamida tezda to ‘lovni amalga
oshirish mumkin.
Avstraliyada davlat xaridini elektron tarzda tashkil etish ancha
ilg‘or bo‘lib bu ham texnik jihatdan, ham buyurtmachi va mol
yetkazib beruvchi o ‘rtasidagi muloqotni zamonoviy texnologiyalar
asosida tashkil etilganligida yaqqol namoyon bo'ladi. Shartnomalar
haqida axborot mavjud bo‘lgan vebsaytdan tanlov uchun zarur
barcha hujjatlar to ‘plamini topish va undan foydalanish mumkin.
Bunda saytdan foydalanuvchiga turli tuman yordamlar, aniqliklar
yaratilgan bo'lib, qiziqtirgan savolni elektron pochta orqali so‘rash
imkoniyati mavjud.
Ancha murakkab muammolar keyingi ikki bosqichda, ariza
berish va k o n v e rtla rn i ochish ja ra y o n id a yuzaga keladi.
Murakkablik mualliflikni aniqlash, ariza ochilguncha maxflylikni
ta’minlash bilan bog'liqdir. Bu bosqichda tashkil etilgan va tashkil
etilayotgan milliy davlat xaridi tizimlarida «raqamli imzo» texno-
logiyasidan, yoki ochiq kalit (PKI - Public Key Infrastucture)
infratuzilmasidan foydalaniladi.
PKI texnologiyasi haqida batafsil to ‘xtalmasdan, ta ’kidlash
lozimki, ushbu texnologiya yordamida mol yetkazib beruvchi
kompaniya davlat sertifikat markazi — davlat buyurtm achisi
tom onidan mol yetkazib beruvchilarni autentifikatsiya qilish
maqsadida tashkil etilgan markazidan ro'yxatdan o ‘tadi. Avstra-
liyada bu tashkilot Government Public Key Authority (GPKA)
— degan nom olib,
keyinchalik Gatekeeper Policy Advisory
Committee (GPAC) — degan nom bilan atala boshladi. Ushbu
Qo‘mita tarkibida Avstraliya Sanoat vazirligi, Federal va munisipial
hukumat organlari vakillari ham kiritilgan. Markaziy sertifikat
markazining joylarda filiallari mavjud bo‘lib, ular ro'yxatdan
o ‘tkazish va sertifikat berish huquqiga egadirlar. G PA C ning oltita
filiali mavjud bo‘lib, yana oltita sertifikatlashtirish markazlari
litsenziya olish arafasida.
Raqamli imzo va PKI texnologiyasidan foydalanish imko-
niyatini, albatta, qonuniy asosdan ta ’minlash lozim. Bunday
qonuniy aktlar, 1999—20 0 1 -yillarda, AQSh, Kanada, Hindiston,
Meksika, Chili, Argentina, Kolumbiya va Avstraliyada qabul
qilingan. 2002-yilda «Elektron raqamli imzo haqida»gi Qonun
Rossiyada ham qabul qilindi. Ushbu qonun elektron raqamli
imzoni, qog'ozli asosdagi imzo bilan tenglashtiruvchi shart-
sharoitlarni belgilab beradi.
Davlat xaridini elektron tarzda tashkil etishining xorijiy mam-
lakatlarda mavjud model va usullarini tahlili quyidagicha xulosa
qilish imkonini beradi:
1.
Davlat xaridini elektron tarzda tashkil etishning asosiy ikkita
strategik yo'nalishini ko'rsatish mumkin:
— elektron savdolami tashkil etishining bir modeli sifatida;
— hukumataning davlat xaridini tashkil etish jarayonlarini
samarasini oshirish tashabbusi sifatida.
Bu sohada katta yutuqlarga erishgan mamlakatlami ko‘rsatib
o ‘tish o ‘rinlidir. Dastlabki yo'nalish bo‘yicha AQSh, keyingi
yo‘nalish bo‘yicha Avstraliya boshqa mamlakatlarga nisbatan ancha
oldingi o'rinlami egallaydi. Strategiyani tanlash bo£yicha omillar
tahlili shuni ko‘rsatadiki, O'zbekiston uchun ikkinchi yo‘nalishni
tanlash istiqbolli hisoblanadi.
2. Davlat xaridini tashkil etish tizimida savdolarga tayyorgarlik
va uni olib borish texnologiyasi turli mamlakatlarda deyarli bir xil
va uni samarasini oshirish usullari ham o‘xshashdir:
— savdolar haqidagi e’lonni internet bilan bir vaqtda matbuotda
ham e ’lon qilish va tanlov hujjatlarini internet orqali olish;
— tanlovga ishtirok etish uchun taqdim etiladigan arizalami
qabul qilish uchun raqamli imzo va sertifikatlashtirish mexanizm-
larini joriy etish.
3. Davlat xaridini tashkil etishda zamonoviy texnologiyalarni
qo‘llash, tanlov hujjatlarini unifikasiyalash va tanlovlami o'tkazish
uslubiyotini yagonalashtirishga xizmat qiladi.
4. S hartnom alam i bajarilishini kuzatish tizimini avtomat-
lashtirish ayrim mamlakatlardagina tashkil etilgan va bunda internet
texnologiyalarni qo ‘llash orq ali sezilarli samaraga erishish
imkoniyatlari mavjud.
0 ‘zbekistonda davlat moliyasini islohotlari va davlat xaridini
tashkil etishni takomillashtirish b o ‘yicha bir qator ishlar amalga
oshirilmoqda. Jumladan, davlat xaridini elektron tarzda tashkil
etish asosiy istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasida ushbu sohada huquqiy bazani
shakllantirish maqsadida qator qonunlar qabul qilindi, jumladan:
«Elektron imzo to ‘g‘risida» (11.12.2003-yil), «Elektron tijorat
to‘g‘risida» (29.04.2004-yil), «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»
(29.04.2004-yil), «Elektron to ‘lovlar to‘g‘risida» (16.12.2005- yil)
va boshqalar.
Shuningdek, mazkur qonunlar ijrosini ta’minlash yuzasidan
hukum at tom onidan qator qarorlar qabul qilindi. Jum ladan,
0 ‘zbekiston Respublikasi V azirlar mahkamasining «Elektron
tijoratni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi (30.01.2007
yil 21-sonli), «Elektron tijoratni amalga oshirishda to'lovlar
o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
(12.06.2007 yil 120-sonli) va ushbu Qarorga ilova etilgan, 2007—
2008- yillarda elektron tijoratni amalga oshirishda to ‘lovlar
o ‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari rejasi
qabul qilindi. Ushbu qaror asosida, 0 ‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi g‘aznachiligi, boshqa vazirlik va idoralar bilan
hamkorlikda, davlat byudjetining g‘azna ijrosini amalga oshirishda
elektron tijorat mexanizmlarini tartibga soluvchi m e’yoriy-huquqiy
hujjatlami ishlab chiqdi va ushbu hujjatlar tasdiqlanish bosqichida
ko‘rib chiqilmoqda.
Bundan tashqari, 0 ‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respub
likasi o‘rtasidagi texnik hamkorlikning natijasi sifatida, 0 ‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi, 0 ‘zbekiston Respublikasi Savdo-
sanoat palatasi va boshqa manfaatdor idoralar, Koreya Respub-
likasidagi manfaatdor idoralari bilan birgalikda,
2009—2010-
yillarda bajarilishi lozim bo'lgan loyihalami (Koreya tomoni tajribasi
asosida) ishlab chiqdilar.
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Savdo-sanoat
palatasi va boshqa manfaatdor idoralar, Koreya Respublikasidagi
vakolatli idoralar bilan birgalikda 0 ‘zbekiston Respublikasida
elektron xaridning axborot tizim i loyihasini ishlab chiqish
imkoniyatlari ko'rib chiqimoqdalar (Koreya tomoni tajribasi asosida
— «Korean On-line Procurement System» — KONEPS).
Shuningdek, «Uzbekistan Development Gateway (UzDG)»
kom ponenti doirasida Iqtisodiy islohotlar m arkazi qoshida,
0 ‘zbekistonda birinchi internet elektron tender maydoni pilot
loyihasi tashkil etildi. Loyiha doimiy ravishda davlat va xalqaro
tashkilotlar tom onidan yangilanib turiladigan tender takliflari
bo‘yicha savdolarga xususiy sektorni ishtirokini ta ’minlashga
xizmat qilmoqda. Loyiha hamkorlari 0 ‘zbekiston Savdo-sanoat
palatasi, U NDP bo‘lib, unda o‘zbek, rus, ingliz tillarida tender
savdolari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Tenderlar www.dgmarket.uz vebsaytida tashkil etilgan bo‘lib,
unda dunyoning 177 mamlakatidagi ochiq tenderlam i topish va
tanishish imkoniyati mavjud. Albatta, ushbu vebsayt orqali biz
yuqorida xorijiy mamlakatlar tajribasida ko‘rib o ‘tgan barcha
operasiyalami to‘laqonli bajarish imkoniyati bo ‘lmasada, ammo
mazkur tanlanagan yo'nalish kelajakda respublika davlat xaridi
tizimini tubdan takomillashtirish uchun bosilgan ilk qadam sifatida
e’tiborga loyiqdir.
Yuqorida ko'rib o‘tilgan chora-tadbilar respublikada elektron
savdo tizimini rivojlantirish uchun huquqiy bazani shakllantirishda
muhim qadamlar bo‘lib hisoblanadi.
Elektron savdolar tizimi, bizning respublikamizda o ‘zining
rivojlanish bosqichini boshdan kechirmoqda va tez orada ushbu
tizim zamonoviy ilg'or tajribalar asosida yangi bosqichga chiqishiga
umid qilamiz.
Dostları ilə paylaş: |