283
doktrina V.Oykenning kishilik jamiyatiga faqat ―markaziy boshqaruv‖ va
―erkin bozor xo‗jaligi‖ tiplari xos, degan qoidaga asoslanadi.
Ijtimoiy bozor xo„jaligida davlatning roli.
Raqobat
sharoitlari
avtomatik tarzda yuzaga kelmaydi, balki muayyan shart-sharoitlarning
bo‗lishini taqozo etadi. Iqtisodiy tartib, Oykenning tasdiqlashicha, o‗z-
o‗zidan o‗rnatilmaydi, uni iqtisodiy faoliyat o‗zi keltirib chiqarmaydi. Uni
davlat o‗rnatadi. Iqtisodiy siyosat prinsiplarini asoslab bergach, V.Oyken,
davlat xo‗jalik – ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‗ullanmasligini, balki
amal qilish qoidalarini o‗rnatishi va ularni hayotga tatbiq etish kerakligini
ko‗rsatib o‗tadi. Davlat to‗g‗ridan to‗g‗ri tartiblash yo‗li bilan hal qilib
bo‗lmaydigan vazifalarini, iqtisodiyotga doimo aralashishni o‗z zimmasiga
olmasligi kerak.
Bu yerda asosiy narsa, L.Erxard qayd qilib o‗tganidek,
davlatning
iqtisodiy faoliyati bilan xususiy tadbirkorlik o‗rtasida optimal nisbatni
topishdir. Davlatning azaliy va bosh vazifasi fuqarolarga erkin amal qilish
huquqini beruvchi qoidalarni ishlab chiqish. Davlatning roli, Repke-Erxard
obrazli qilib ko‗rsatib berganidek, futbol maydonidagi hakamga o‗xshaydi,
u o‗yinchilar muayyan qoidaga amal qilyaptimi, yo‗qmi kuzatib boradi,
lekin o‗zi bevosita o‗yinda ishtirok etishga haqi yo‗q. Boshqacha aytganda,
davlat ―ijtimoiy bozor xo‗jaligining‖ amal qilish shart-sharoitlarini qo‗llab-
quvvatlab turishi uchun erkin raqobat ―qoidalarini‖ kuzatib turishi,
narxning tashkil topish shart-sharoitlarini nazorat qilib turishi, monopol
narxlar o‗rnatilishining oldini olishi, xususiy mulk muhofazasini
kafolatlashi kerak.
Neoliberalizmning ―ijtimoiy bozor xo‗jaligi‖
modeli barcha
fuqarolarining
ijtimoiy
xizmatlardan
foydalanishda,
farovonligini
oshirishda ularga teng huquq va teng imkoniyatlarni yaratib berish bo‗yicha
davlatning faol ijtimoiy funksiyasi g‗oyasiga asoslanadi. Bunda nafaqat
jamiyatdagi turli qatlamlar o‗rtasida aksionerlar sonining oshishi, balki
barcha ijtimoiy institutlarning yuksak barqarorligi, mehnatkashlarning
ertangi kunga bo‗lgan ishonchi va boshqalar nazarda tutiladi.
Iqtisodiy va ijtimoiy siyosat. Raqobatning ijtimoiy roli.
Ijtimoiy
bozor xo‗jaligida uyg‗un iqtisodiy va ijtimoiy siyosat amal qiladi. Ijtimoiy
siyosatni qolgan barcha iqtisodiy siyosatning oddiy ilovasi sifatida qarash
kerak emas, deb yozadi V.Oyken. Bu siyosat, eng avvalo,
iqtisodiy tartib
siyosati bo‗lishi kerak. O‗z fikrini ifodalab, u ijtimoiy nuqtayi nazardan
kerakli bo‗lmagan narsaning o‗zi yo‗q, deb ta‘kidlab o‗tadi. ―Iqtisodiy
siyosatning hech bir chora-tadbirlari yo‗qki, ular birdaniga bevosita yoki
284
bilvosita ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqarmagan va ijtimoiy ahamiyatga
ega bo‗lmagan bo‗lsin‖.
Iqtisodiy siyosatning vazifalari yuksak darajada faol va ular boshqa
omillar bilan bir qatorda iqtisodiy hayotda aniqlovchi omil bo‗lishi kerak.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari o‗sib borishi bilan birga ijtimoiy siyosat
(bozor iqtisodiyotining shart-sharoitlari va xususiyatlariga muvofiq) ish
bilan bandlikni ta‘minlash, mintaqalarda daromadlar tengsizligini tugatish,
ancha yuqori ijtimoiy ta‘minot, ishchilarning korxonalarni boshqarishda
qatnashish tartibini takomillashtirish va boshqa muammolarni ilgari surdi.
Tartib tizimini takomillashtirish sifatida raqobat har tomonlama
rivojlantirib boriladi. Raqobatni rivojlantirish muayyan institutsional shart-
sharoitlarning bo‗lishini taqozo etadi. Bu shartlar monopolizm bilan
kurashish, mayda va o‗rta tadbirkorlikka ko‗maklashish, har bir kishiga o‗z
qobiliyatini, ijodiy imkoniyatlarini ro‗yobga chiqarish
uchun sharoitlarni
yaratib berish orqali qo‗llab-quvvatlab turiladi. Raqobat iqtisodiy o‗sishga,
mehnat unumdorligini oshirishga, texnika taraqqiyotiga olib keladi.
Raqobat u mustaqil xo‗jalik yuritish vositasi, turli sohalarda optimal
yechimlarini topishga rag‗batlanturuvchi kuch, kundalik turmush va dam
olishni tashkil etish shakli sifatida ijtimoiy funksiyani ham bajaradi.
Klassik maktab va keyingi avlod vakillari ―iqtisodiy jarayonlar ―siyosiy‖
iqtisod sohasida kechishini, u boshqa, shu jumladan, siyosiy omillar
ta‘siriga uchrashini‖ unchalik hisobga
olmagan va u yetarlicha
baholanmagan.
Hozirgi davrda iqtisodiy erkinlik va ijtimoiy adolat to‗g‗risidagi
tasavvur butunlay o‗zgargan. Ijtimoiy bozor xo‗jaligi uchun L.Erxard
fikriga ko‗ra ―bozorda mutonosiblikni ushlab turishda nafaqat texnik,
avtomatik mexanizmlar, balki ma‘naviy, axloqiy tushunchalar ham
muayyan ahamiyatga ega. Faqat erkin shakllanadigan baho orqali talab va
taklif o‗rtasidagi muvozanatni ushlab turish ijtimoiy tuzumni oqlash yoki
uning g‗oyaviy boyligini to‗ldirish uchun yetarli emas‖.
Germaniya iqtisodiyoti rahbarlari o‗zlari olib borayotgan yo‗lning
to‗g‗ri ekanligini asoslab berish, shu jumladan, neoliberallarning
konsepsiya va takliflariga umuman mos kelmaydigan
chora-tadbirlarni
amalga oshirish uchun ijtimoiy bozor xo‗jaligining g‗oya va shiorlaridan
keng va mohirona foydalandilar.
Hozirgi davrda Germaniyada ijtimoiy siyosatning quyidagi
maqsadlari rasman shakllanmoqda:
1) ijtimoiy adolatni ta‘minlash: yaratilgan boyliklarni jamiyat a‘zolari
o‗rtasida adolatli taqsimlash;
285
2) ijtimoiy himoya, ya‘ni aholini ishsizlik, kasallik, baxtsiz voqea kabi
ijtimoiy xatarlardan saqlash;
3) barcha ijtimoiy guruhlarning amal qilib turgan (ijtimoiy) tartib bilan
hamjihatligiga erishish.
Dostları ilə paylaş: