286
XIV BOB. XALQARO SAVDO NAZARIYALARI
14.1. Mutlaq ustunlik nazariyasi
Adam Smit
turli mamlakatlarda tovarlarni ishlab chiqarishda
mutlaq xarajatlardagi farq xalqaro savdo rivojlanishining asosini tashkil
etadi, degan tezisni asoslab berdi. Unga ko‗ra ba‘zi mamlakatlar boshqa
mamlakatlarga nisbatan
tovarlarni kam xarajat sarflab, samarali ishlab
chiqaradi. Boshqacha qilib aytganda, ushbu mamlakatlar mazkur
tovarlarni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega.
Mutlaq ustunlik
yuqori mehnat unumdorligida va tovarlarni ishlab chiqarishga ketadigan
kam xarajatlarda namoyon bo‗ladi.
A. Smit savdoni sun‘iy ravishda cheklab qo‗yishga qarshi chiqdi
va qaysi mamlakatning mahsuloti arzon bo‗lsa, o‗sha mamlakat bilan
savdo qilishning afzalligi to‗g‗risida aytib o‗tadi.
Masalan, A.Smit qayd
qilib o‗tganidek: ―Agar Fransiyaning vinosi Portugaliya vinosidan
yaxshi va arzon bo‗lsa yoki uning gazlamasi
Germaniya gazlamasidan
yaxshi bo‗lsa, unda Buyuk Britaniya uchun o‗ziga kerakli chet el vinosi
va gazlamasini Portugaliya yoki Germaniyadan emas, balki Fransiyadan
sotib olish foydali‖. Shuningdek, Shotlandiyada uzum yetishtirish shart
emas, chunki u yerda vino Portugaliyaga nisbatan 30 barobar qimmat.
Vino qayerda arzon bo‗lsa uni o‗sha yerdan sotib olish maqsadga
muvofiq.
A.Smitning asosiy g‗oyasi – mutlaq xarajatlar g‗oyasidir. Unga
ko‗ra mutlaq xarajatlari kam bo‗lgan mamlakatlardan
tovarlarni import
qilish, ishlab chiqarish xarajatlari past tovarlarni esa (ularni xarid
qilayotganlarga nisbatan) eksport qilish kerak.
A.Smitning tasdiqlashicha, har xil sun‘iy ta‘sir ko‗rsatish va
qarshiliklarga qaramasdan ikki mamlakat o‗rtasida savdo aloqalarining
olib borilishi tabiiy, normal hol hisoblanadi, u doimo foydali, garchi har
ikkilasi uchun foyda hamisha bir xil bo‗lmasa ham. ―Har
bir aqlli oila
boshlig‗ining qoidasi shundan iboratki, chetdan sotib olishdan ko‗ra,
uyda tayyorlash qimmatga tushadagan narsalarni uyda tayyorlamaslikka
harakat qilish. Tikuvchi o‗ziga etik tikishga harakat qilmaydi, balki uni
etikdo‗zdan sotib oladi. Etikdo‗z o‗ziga kiyim tikishga urinmaydi, balki
tikuvchining xizmatiga murojaat qiladi‖.
287
A.Smit bo‗yicha bu qoida bir butun mamlakat uchun qo‗llanilishi
kerak. Agar qandaydir bir xorijiy mamlakat bizni muayyan tovar bilan,
uni o‗zimizda ishlab chiqarishga
nisbatan ancha arzon narxda
ta‘minlashi mumkin bo‗lsa, biz birmuncha ustunlikka ega bo‗lgan
sohalarda ishlatilayotgan sanoat mehnati mahsulotining ma‘lum qismi
uchun ushbu tovarni undan sotib olish ancha foydali. Aynan shuning
uchun mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini tanlashda,
A.Smit bozorning roliga katta e‘tibor bergan bo‗lishiga qaramay, u
ushbu masalani ko‗rib chiqishda mamlakatning tabiiy (ob-havo sharoiti,
ba‘zi bir tabiiy resurslarga ega bo‗lish va b.) va qo‗lga kiritilgan (odatda,
texnologik ishlab chiqarish bilan bog‗liq bo‗lgan) ustunliklarini hisobga
olishni zarur, deb hisoblaydi. Eksport
qiluvchi mamlakat qachonki,
mutlaq
ustunlikka
ega
bo‗lgan
tovarlarni ishlab
chiqarishga
ixtisoslashgan bo‗lgandagina tashqi savdodan yuqori foyda ko‗rishi
mumkin.
Lekin A.Smitning bu nazariyasida barcha tovarlarni ishlab
chiqarishda bir yoki bir necha mamlakatlar mutlaq ustunlikka ega bo‗lsa,
bunday vaziyatda qanday bo‗ladi, degan savol ko‗rib chiqilmagan.
Mazkur nazariya, agar mamlakatlar tovarlarni
ishlab chiqarishda hech
qanday mutlaq ustunlikka ega bo‗lmasa, ular xalqaro savdoda
qatnashishi mumkinmi, degan savolga ham javob bermaydi.
Dostları ilə paylaş: