332
asosiy kapitalning ―yoshi‖ va boshqa omillar ta‘sirini
aks ettiruvchi
mufassal jadval tuzildi. Turli omillarning amal qilishi bir-biriga
chirmashib ketdi. Ba‘zi omillar iqtisodiy o‗sishga to‗g‗ridan to‗g‗ri ta‘sir
ko‗rsatsa, ba‘zilari bilvosita ta‘sir ko‗rsatadi.
Amerika iqtisodchisi barcha omillarni ikki guruhga ajratadi:
«jismoniy» (mehnat va kapital) va «unumdorlik» (texnologiya,
joylashish, ko‗lami, ixtisoslashuv). O‗z navbatida, yiriklashtirilgan
omillar ancha
mayda shakllarga ajratiladi; masalan, kapital – uy joy,
xalqaro aktivlar, imorat-inshootlar va asbob-uskunalarni o‗z ichiga olsa,
mehnat esa, ishchilarning soni, jinsi, yoshi bo‗yicha tuzilishi, ta‘lim va
ishlatilgan vaqtni o‗z ichiga oladi. Mehnatni o‗lchashda
ketma-ketlik
uslubidan foydalaniladi. Avvalo, ishlovchilarning umumiy soni keyin
unumdorlikka ta‘sir etuvchi ishlovchilarning sifat tavsifi hisobga olinadi
va shunga o‗xshash.
Denisonning statistik raqam, hisob-kitob
va xulosalarini aniq
tasavvur etish uchun uning «Iqtisodiy o‗sish sur‘atidagi farqlar
tadqiqoti» kitobida 12 mamlakat misolida alohida davrlar uchun berilgan
tuzilgan quyidagi jadvalni ko‗rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: