O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

R.F. Xarrod (1900–1978)
va amerikalik iqtisodchi 
E.D. Domarlar
(1914-y. tug„ilgan)
tomonidan ishlab chiqilgan model 
hisoblanadi. Ular taklif qilgan model hamohang bo‗lib, ularni odatda, 
Xarrod-Domar modeli, deb atash qabul qilingan. Mazkur model ikki 
shartga asoslanadi: 
1)
milliy daromadning o‗sishi 
faqat kapital jamg„armasi 
funksiyasi
hisoblanadi, kapital qaytimining ko‗payishiga ta‘sir 
ko‗rsatuvchi barcha boshqa omillar (bandlikning ko‗payishi, fan-texnika 
yutuqlaridan foydalanish darajasi, ishlab chiqarishni tashkil qilishni 
yaxshilash) hisobga olinmaydi. Demak, Xarrod va Domar modeli – bu 
bir omilli model
. Ayni paytdagi kapital sig‗imida kapitalga bo‗lgan 
talab faqat milliy daromadning o‗sish sur‘atiga bog‗liq, deb faraz 
qilinadi; 
2)
kapital sig‗imi ishlab chiqarish omillari baholari nisbatiga 
bog‗liq emas, balki faqat ishlab chiqarishning texnik sharoitlari bilan 
aniqlanadi.
Keynschilik nazariyasida investitsiyalar iqtisodiy o‗sishning asosiy 
omili hisoblanadi.
Jamg‗armalarning milliy daromaddagi hissasi doimiy, deb qaraladi. 
Jamg‗armalar S va investitsiyalar I tengligi – barqaror iqtisodiy 
o‗sishning zarur shartlaridan biri hisoblanadi. Agar jamg‗armalar 
investitsiyalardan oshib ketsa, unda ortiqcha zaxira kelib chiqadi, asbob-
uskunalardan to‗liq foydalanilmaydi, ishsizlik ko‗payadi. Bu hol 


326 
iqtisodiy o‗sishning pasayishiga olib keladi. Agar investitsiyalar 
jamg‗armalardan ortib ketsa, iqtisodiyotning ―zo‗riqib‖ ketishiga va 
narxlarning oshib ketishiga olib kelishi mumkin. 
Muammo shundan iboratki, qisqa muddatli (―statik‖) va uzoq 
muddatli (―dinamik‖) davrlarda jamg‗armalar va investitsiyalar 
o‗rtasidagi nisbatlar bir xil ko‗rinishda bo‗lmaydi. Qisqa muddatli 
davrda jamg‗arma va investitsiyalar yakuniy summasi bo‗yicha teng 
keladi. Uzoq muddatli davrda esa boshqacha vaziyat kuzatiladi. 
Bugun ajratilgan (taklif) jamg‗armalar, ertaga amalga oshirilishi 
mo‗ljallangan investitsiyalar qo‗yilmalariga (talab) muvofiq kelishi 
kerak. Joriy taklif va kutilgan talabning mos kelishi, bugungi 
jamg‗armalarni va ertangi investitsiyalarni muvofiqlashtirish juda katta 
muammo hisoblanadi.
Agar konyunkturaga oid mulohazalarni hisobga olmasak, unda uzoq 
muddatli davrda bir tomondan, real jamg‗armalar va kutiladigan 
investitsiyalar 
nazarda 
tutiladi, 
ikkinchi 
tomondan, 
o‗rtacha 
ko‗rsatkichlarga emas, balki o‗sib boruvchi ko‗rsatkichlar, yakuniy 
(o‗sib boruvchi) omillarga e‘tibor qaratiladi, ularning ta‘sirida 
investitsiyalar tashkil etiladi. 
Bir omilli Xarrod-Domar modeli uzoq muddat davrdagi iqtisodiy 
o‗sish muammosini yechib berishga qaratilgan yordamchi vosita bo‗lib 
xizmat qiladi. Mazkur model dinamikada bo‗ladigan o‗zaro aloqalar 
xarakterini ochib berishga, ularni ancha aniq tasavvur qilishga yordam 
beradi. 
Dinamikadagi iqtisodiy o‗sish tenglamasi. Xarrod-Domar formulasi 
quyidagi ko‗rinishga ega: 
Y = S / K, yoki Y 

K = S, 
bu yerda: Y – iqtisodiy o‗sish sur‘ati, S – milliy daromaddagi 
jamg‗arma hissasi, K – kapitalning yaratilgan mahsulotga bo‗lgan 
nisbati (kapital sig‗imi koeffitsiyenti). 
Ko‗rsatilgan tenglamadan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, 
iqtisodiy o‗sish sur‘ati (Y) milliy daromaddagi jamg‗arma hissasining 
(S) kapital sig‗imi koeffitsiyentiga (K) bo‗lgan bo‗linmasiga teng. Y 


ifodasi milliy daromaddagi sof investitsiya hissasini bildiradi. 
Nega bunday bog‗liqlik hisobga olinadi?
1. Sof jamg‗armaning milliy daromadga bo‗lgan nisbati, S. 
Sof jamg‗arma hissasi qancha ko‗p bo‗lsa, umuman olganda, 
investitsiyalar miqdori shuncha ko‗p bo‗ladi. Ularning o‗sishi qancha 


327 
yuqori bo‗lsa, iqtisodiy o‗sish sur‘ati ham shuncha yuqori bo‗ladi: 
investitsiyalar o‗sishi bilan iqtisodiy o‗sish sur‘ati o‗rtasida to‗g‗ri 
bog‗liqlik mavjud. 
2. Kapital sig‗imi koeffitsiyenti, ya‘ni kapitalning mahsulotlarga 
bo‗lgan nisbati, K. 
O‗sish sur‘ati kapital sig‗imi bilan bog‗liq. Kapital sig‗imi qancha 
yuqori bo‗lsa, iqtisodiy o‗sish sur‘ati shuncha past bo‗ladi. Aksincha
kapital sig‗imi darajasi qancha past bo‗lsa (texnika taraqqiyoti, 
strukturali o‗zgarishlar tufayli), o‗sish sur‘ati shuncha yuqori bo‗ladi. 
Kapital sig‗imi koeffitsiyenti bilan iqtisodiy o‗sish sur‘ati o‗rtasida 
teskari bog‗liqlik mavjud. 
O‗sish sur‘atining son ko‗rsatkichlarda ifodalanishi. Xarrod-Domar 
formulasi qanday ishlashini AQSh misolida ko‗rib chiqamiz.
O‗sish sur‘ati kapital qo‗yilmasining o‗sishiga va uning 
samaradorligiga (qaytimiga) muvofiq aniqlanadi. Ish bilan band 
bo‗lganlar sonining o‗sish sur‘ati kapitalning o‗sish sur‘ati bilan bir xil, 
deb faraz qilinadi. Oddiy va tushunarli bo‗lishi uchun raqamlar yaxlit 
ko‗rinishda beriladi. AQSh milliy daromadi 4000 mlrd. doll., milliy 
kapitali 12000 mlrd. doll. (1988-y.)ga teng, deb olamiz. 
Sof investitsiyalar sof jamg‗arma S miqdori bilan muvofiq ravishda 
uzoq vaqt mobaynida 9% teng bo‗lgan, yoki milliy daromad 
miqdorining 0,09 foizini tashkil etgan. Bu 360 mlrd. doll.ni tashkil etadi 
(0,09 

4000). 
Barcha kapitalning mahsulotga (milliy daromadga) bo‗lgan nisbati 
ko‗rinishida kapital sig‗imi koeffitsiyenti K ga teng bo‗ladi: 3 (12000 : 
4000). 
Bu ko‗rsatilgan miqdorlarni Xarrod-Domar modelida ifodalasak, 
quyidagi natijaga ega bo‗lamiz: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin