O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Kobb-Duglasning ikki omilli modeli



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

15.3. Kobb-Duglasning ikki omilli modeli 
Iqtisodiy o‗sishga turli omillar ta‘sirida, jumladan, mehnat va 
kapital omillari, ularning yuqori unumdorligi natijasida erishish 
mumkin. Bunda har ikki omilning ishlab chiqarish hajmini 
ko‗paytirishga bo‗lgan ta‘siri har xil bo‗ladi.
 
 
Mehnat va kapital omillari o‗rtasidagi ratsional nisbat ishlab 
chiqarish funksiyasi yordamida aniqlanadi. Eng qulay vaziyat 
foydalanayotgan har bir omil Me‘yorli unumdorlikka erishganda yuzaga 
keladi. Ishlab chiqarish funksiyasiga asoslangan holda amerikalik 
iqtisodchi P.Duglas va matematik X.Kobb
iqtisodiy o‗sish modelini 
ishlab chiqdilar. Mazkur model ikki omilli – mehnat va kapital bo‗lib, u 
ushbu omillarining ishlab chiqarish hajmini yoki milliy daromadni 
ko‗paytirishdagi ulushni hisoblashga imkon beradi. Kobb–Duglas 
modeli quyidagi ko‗rinishga ega:
 
Y = AK
a
L
b

bu yerda: Y – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori (milliy 
daromad), K – kapital qo‗yilmasi, L – sarflangan yalpi mehnat, A – 
mutanosiblik koeffitsiyenti, a – mahsulot (daromad)dagi kapital hissasini 
ko‗rsatuvchi koeffitsiyent, b - mahsulot (daromad)dagi mehnat hissasini 
ko‗rsatuvchi koeffitsiyent. Mazkur model mualliflari 1899-1922-yillar 
davrida AQSh ishlab chiqarish sanoatida ish bilan bandlikning, asosiy 
kapitalning va ishlab chiqarishning dinamikasi to‗g‗risidagi statistik 


331 
ma‘lumotlar asosida (empirik usulda) ishlab chiqarish funksiyasining 
quyidagi parametrlarini aniqlab berdi: 
Y = 1.01 

 K
0,25 

 
L
0,75

Kapital sarflarning 1%ga ko‗payishi ishlab chiqarish hajmining 1/4 
ga yoki 0.25 foizga oshishini keltirib chiqaradi; mehnat sarflarining 1% 
ga ko‗payishi mahsulot ishlab chiqarishni muvofiq ravishda – 3/4 yoki 
0.75 foizga oshiradi. Koeffitsiyent a, agar kapital sarflari 1%ga 
ko‗paysa, ishlab chiqarish (milliy daromad) necha foizga o‗zgarishini 
ko‗rsatadi. Xuddi shunga o‗xshash, koeffitsiyent b, agar mehnat sarflari 
1% ga ko‗paysa daromad necha foizga o‗sishini bildiradi. a + b 
yig‗indisi, K va L omillari bir vaqtda 1% ga ko‗payganda ishlab 
chiqarish yoki milliy daromad hajmi necha foizga oshganini ko‗rsatadi. 
Agar a + b = 1 desak, (Kobb va Duglas ishlab chiqqan modelni 
ko‗rilayotgan davrga qo‗llasak, bu yig‗ma formuladan ko‗rinib 
turganidek, 1 ga teng), bu K va L ning bir vaqtda 1 foizga oshishi Y ning 
ham 1 foizga oshishini keltirib chiqarishini bildiradi. Lekin a + b > 1 
yoki a + b < 1 vaziyatlari ham yuzaga kelishi mumkin. Bunday 
vaziyatlarda kapital va mehnat omillari qaytimining ko‗payishi yoki 
kamayishiga qarab ularni o‗zaro almashtirish mumkin. Amaliyotda 
omillarning bunday o‗zaro almashinishi texnologik o‗zgarishlar bilan 
bog‗liq. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin