321
Yetarlicha iste‟mol qilmaslik bo„yicha bahs-munozaralar
Iqtisodiy o‗sish nazariyasiga qiziqish bilan parallel tarzda bozor
iqtisodiyoti ish bilan to‗liq ta‘minlanganlikni ham yarata oladimi hamda
mavjud zaxiralardan to‗la quvvatda foydalana
olish uchun davlat
iqtisodiyotga
aralashishi
lozimmi,
degan
xavotirlarning
ham
shakllanishiga olib keldi. Merkantalistlar mahsulot ishlab chiqarish va
xizmatlarni taqdim etish salohiyatini belgilab beruvchi kuchlarni tubdan
anglab yetishni va ishlab chiqarish darajasi o‗zining potensial darajasiga
ko‗tarilganligini aniqlab olishni istar edilar. Ko‗pchilik merkantalistlar
shaxsiy va umumiy qiziqishlar o‗rtasidagi fundamental qarama-
qarshiliklarni yaxshi bilishar edi va shuning uchun hukumat
iqtisodiyotga aralashmasa, u tanazzulga yuz tutishiga ishongan edilar.
Ularning bahsi ikki xil ko‗rinishda edi:
birinchisi, Djon Boden fikrini
qo‗llab-quvvatlovchilar
bo‗lib,
unga
ko‗ra
shaxsiy
qiziqish
monopoliyaga olib kelardi va monopoliya o‗z navbatida ishlab
chiqarishni cheklab qo‗yardi; ikkinchisi esa, muayyan alohida shaxslar
xorijiy mollarni sotib olishsa yoki saqlasa, mahalliy mahsulotga bo‗lgan
talab pasayib, iqtisodiyot zaiflashishi mumkin, degan fikrni ilgari surgan
edilar.
Merkantalistlar iqtisodiyot to‗lov balansi me‘yorini namoyish etishi
va davlatning pul zaxirasini ta‘minlovchi oltin miqdorining oshishiga
olib kelishi uchun hukumat mahalliy va xorijiy
savdoni tartibga solishi
kerak, degan fikrda edilar. Merkantalizm klassik iqtisodiyotni shakl-
lantirganidan so‗ng iqtisodiyotga hukumatning aralashuviga bo‗lgan
munosabat ham keskin o‗zgardi. Ilgarigi merkantalistlardan farqli
o‗laroq, Adam Smit raqobatbardosh bozor kuchlari ―ko‗rinmas qo‗l‖
tomonidan boshqarilishiga qaramasdan umumiy manfaatlar uchun
xizmat qilishi sababli shaxsiy manfaatlardan ko‗ra sezilarli darajada
kuchliroq ekaniga ishonar edi. U boshqa merkantalistlarning monopoliya
ishlab chiqarishni pasaytiradi, degan fikriga qo‗shiladi,
ammo uni
nazorat qilishga mo‗ljallangan usullar, ya‘ni hukumatning savdo va
monopoliyalarni nazorat qilishi masalani yaxshilash o‗rniga yanada
yomonlashtirishini ta‘kidlab o‗tgan. Shunday qilib, u mavjud
zaxiralardan to‗liq foydalanish uchun eng maqbul siyosat bu "lesse-
fer"ga va raqobatga tayanish, degan fikrni ilgari suradi. Smit bozorlarni
gullab-yashnashiga zamin yaratuvchi "lesse-fer" siyosati ish taqsimotini,
ixtisoslashuvni va texnologik taraqqiyotni qo‗llab-quvvatlash orqali
iqtisodiy o‗sishni yuzaga keltiradi. deb ta‘kidlablaydi. O‗sishni
yuzaga
keltirish borasida fikr yuritganda Marks ham ushbu tendensiyaga alohida
322
urg‗u berib o‗tgan. Lekin Marks o‗z tahlillaridan turli xulosalar
chiqargan. U o‗z e‘tiborini iqtisodiy o‗sishga sabab bo‗luvchi olingan
foydaning noteng taqsimotiga va uning siyosiy va ijtimoiy sohalarga
bo‗lgan ta‘siriga qaratgan.
Smit va boshqa klassik iqtisodchilar merkantalistlarning
g‗oyalariga qarshi chiqishdi. Ular jamg‗arilgan mablag‗lar avtomatik
tarzda sarmoya
xarajatlariga aylantiriladi, degan fikrni ilgari surishgan,
chunki mablag‗ni jamg‗araman degan qarorga kelishning o‗zi sarmoya
kiritaman degan qarorga teng, deb ta‘kidlashgan. "Lesse-fer" iqtisodiyoti
mavjud zaxiralardan to‗liq foyladanish imkonini yaratadi, degan taklif
fanda Sey Qonuni, deb yuritiladi va bu klassik
va neoklassik iqtisodiy
g‗oyaning markaziy elementiga aylandi. Klassik iqtisodchilar ham savdo
balansini yuritish orqali oltin zaxirasini boyitish lozim, degan
merkantalistik bahslarga qarshi hujum tashkil etishgan hamda
mamlakatning boyligi qandaydir bir qimmatbaho metall yordamida
emas, balki sof ishlab chiqarish orqali o‗lchanishini ta‘kidlashgan va
erkin savdoga yo‗l ochish bilangina davlat xorijiy raqobatdan ustun
kelishi mumkinligiga e‘tibor qaratishgan.
Klassik iqtisodchilar, xususan, Smit va J.S. Mill bozor kuchlari a‘lo
darajada ishlamasligini va alternativlariga qaraganda
yaxshiroq faoliyat
olib borgan bozor saqlanib qoladi, degan fikrga qo‗shilishadi. Tomas
Maltusdan tashqari 1800-yildan 1930-yilga qadar olib borilgan biznes
doiralari tahlillari bid‘at, deb qaralgan va Karl Marks, Mixail Tugan-
Baranovskiy va J.A. Xobson kabi iqtisodchilar
faoliyatiga asosiy
bo‗lmagan oqim sifatida qarab kelingan. Bozorlar iqtisodiyotni nazorat
qilishi mumkin, degan klassik yondashuv iqtisodiy talabni monetar va
moliyaviy kuchlardan haqiqiy kuchlarga yo‗naltirdi hamda makro-
iqtisodiy masalalarning klassik tahlili haqiqiy va nominal kuchlar
o‗rtasidagi dixotomiyani qabul qildi
79
.
Dostları ilə paylaş: